1 Mavzu. Kirish. Konchilik sanoatida mehnat muhofazasining huquqiy asoslari va uni tashkil qilish


- -Mavzu. Xavfsizlikning yagona qoidalari to`g’risida umumiy ma`lumotlar


Download 172.62 Kb.
bet9/36
Sana05.01.2022
Hajmi172.62 Kb.
#231662
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36
Bog'liq
xavsizlik metodichka

4 - -Mavzu. Xavfsizlikning yagona qoidalari to`g’risida umumiy ma`lumotlar

Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy atama va ta’riflar qo’llaniladi:

O’zbekiston Respublikasi «SANOATKONTEXNAZORAT» DAVLAT INSPEKTSIYaSI - Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspektsiyasi - respublika hududidagi barcha yuridik va jismoniy shaxslarning sanoatda ishlarni bexatar olib borish, yer osti boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishga doir qonun hujjatlari va normativ-texnik hujjatlar talablariga rioya qilishlari ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi

LITSENZIYa - konkret faoliyati turini litsenziya talablari va shartlariga rioya qilgan holda amalga oshirish uchun litsenziyalovchi organ tomonidan yuridik yoki jismoniy shaxsga berilgan maxsus ruxsatnoma.

XAVFSIZLIK SERTIFIKATI – ob’ektning sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi to’g’risida asoslangan xulosalarni o’z ichiga olgan hujjat.

FOYDALI QAZILMA KONI - yerning yuzasida yoki qa’rida miqdori, sifati va joylashishi jihatidan sanoatda foydalanish uchun yaroqli mineral moddalar to’plangan joy. Kelib chiqishiga ko’ra tabiiy (geologik jarayonlar natijasida hosil bo’lgan) va texnogen (inson faoliyati natijasida hosil bo’lgan) konlar ajratiladi. Texnogen konlar jumlasiga karьer va shaxtalarning otvallari, boyitish chiqindilari, metallurgiya zavodlarining shlaklari va h. lar kiradi.

SHAXTA – ruda, noruda va sochma holdagi konlarni yer osti usuli yordamida qazib olish uchun mo’ljallangan yagona ventilyatsiya tizimidagi yer osti kon yo’llari majmui. «SHaxta» atamasi «kon», «rudnik» tushunchalari bilan mazmunan bir xil hisoblanadi.

Qator hollarda karьer tarkibiga uning faoliyatini ta’minlovchi (konveyer liniyalarini joylashtirish uchun qiya stvollar, drenaj yo’llari va h.) yer osti kon yo’llari kirishi mumkin.

Ko’mir konlari uchun «karьer» atamasiga «razrez» atamasi to’g’ri keladi.

RUDNIK (KON) – rudalarni qazib olish bo’yicha tog’-kon sanoati korxonasi (ishlab chiqarish birligi). Bir nechta shaxta, karьerlardan tashkil topishi mumkin.

KORXONA – mustaqil ma’muriy-xo’jalik tuzilmasiga va yuridik shaxs huquqlariga ega mustaqil ishlab chiqarish-xo’jalik birligi.

IXTISOSLASHGAN TASHKILOT – muayyan ish turlarini bajarish huquqi (litsenziya) ga ega tashkilot.

ER OSTI KON ISHLARINI BOSHQARISH – yer qa’ri boyliklaridan oqilona foydalanish, yer osti kon yo’llari va otvallar majmuini shakllantirish hamda ularni ishchi va xavfsiz holatda saqlashni ta’minlovchi va konning geologik xususiyatlarini o’rganish va marksheyderlik o’lchovlari natijalariga asoslangan kon massasini parchalash, o’yish, ortish, tashish va taxlash jarayonlari o’rtasidagi o’zaro bog’lanishni tashkil etish.

KON AJRATMASI - Yer qa’ri foydali qazilmalaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyaga muvofiq tog’-kon korxonasiga foydalanish uchun berilgan maydoni, chuqurligi va balandligi cheklangan yer qa’ri geometrik uchastkasi.

ER AJRATMASI – yer yuzasining ob’ektlarni joylashtirish va tog’-kon korxonasi faoliyatini amalga oshirish uchun ajratilgan bir qismi.

LOYIHA – mahsulot yoki inshootni yaratish uchun g’oya, reja, hujjatlar majmui.

TEXNIK LOYIHA - texnika yoki ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatishga taalluqli hujjatlar majmui.

LOKAL LOYIHA – muayyan joyga talluqli loyiha.

O’YMA BIRLIGI – geologik sharoiti nisbatan bir xil va bitta qazib olish tizimi va o’yish texnologik sxemasi (kamar, blok va h.) bo’yicha ishlanadigan, hududidagi zahiralar yetarlicha ishonchli aniqlangan hamda foydali qazilmalar va ularning komponentlarini qazib olishning birlamchi hisobini yuritish imkoni bo’lgan minimal kon uchastkasi.

ER OSTI KON ISHLARI USTIDAN TEXNIK RAHBARLIK –kon ishlarini rivojlantirish rejalarini ishlab chiqish, ularning bajarilishini tashkil etish va korxona (shaxta) ning funktsional xizmatlari va tuzilmalari orqali ishlarning bexatar olib borilishi va yer qa’ri foydali qazilmalaridan oqilona foydalanishni hisobga olgan holda nazorat qilish.

ER OSTI KON ISHLARINING TEXNIK RAHBARI – korxona (shaxta, karьer) da yer osti kon ishlariga texnik rahbarlik qiluvchi mansabdor shaxs.

ISHLARGA RAHBARLIK QILISH – ishlarning tartibi va hajmi, bajaruvchilari, xavfsizlik choralari va ularning bajarilishini nazorat qilishni o’z ichiga olgan hamda bajaruvchilarga topshiriq (naryad) va boshqa og’zaki yoki yozma ko’rsatmalar berish yo’li bilan amalga oshiriladigan shaxta rahbariyati tomonidan belgilangan rejalarning bajarilishini tashkil etish bo’yicha xatti-harakatlar tizimi.

ISHLARNING RAHBARI – ayrim ish turlari ustidan rahbarlik qiluvchi muhandis-texnik xodim (uchastka boshlig’i va uning o’rinbosari, uchastka energetigi va mexanigi, usta va h.).

ISHLARNI BAJARUVCHI – ishlarni bevosita bajaradigan shaxs.

TEXNIK NAZORAT – mehnat xavfsizligi bo’yicha me’yorlar va qoidalarning bajarilishini nazorat qilish tizimi;

TEXNIK NAZORAT XODIMI – mehnatni muhofaza qilishga doir me’yorlar va qoidalarga rioya qilinishi ustidan nazorat qiluvchi mansabdor shaxs.

KON ISHLARIGA TEXNIK RAHBARLIK QILISH HUQUQI – tegishli ma’lumot olganligi to’g’risidagi hujjat bilan tasdiqlangan kon ishlari yoki ularning ayrim jarayonlarini boshqarish vazifasini bajarish huquqi. Ayrim texnik rahbarlar huquqlarining chegaralari lavozim yo’riqnomalarida belgilanadi.

ISHLARNI BAJARISH HUQUQI – bajaruvchilarning tegishli kasbni egallaganligi va muayyan amaliy ko’nikmalar olganligi to’g’risidagi hujjat bilan tasdiqlangan ayrim ish turlarini bajarish huquqi.

ISHLAB CHIQARISH SANITARIYaSI – qonunchilik hujjatlari va ularga tegishli mehnat jarayonida inson sog’lig’i va ish qobiliyatining saqlanishini ta’minlovchi ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, gigienik va sanitariya-texnik tadbirlar va vositalar tizimi.

Qoidalarning qo’llanilish sohasi va tartibi

2. Mazkur Qoidalar O’zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida», «Er osti boyliklari to’g’risida», «Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida», «Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi to’g’risida» gi Qonunlariga muvofiq ishlab chiqildi va foydali qazilmalarni yer osti usuli yordamida qazib olishda ishlarning xavfsiz olib borilishi bo’yicha yagona talablarni belgilab beradi.

3. Qoidalar O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan va foydali qazilma konlarini, shu jumladan kelib chiqishi texnogen bo’lgan, yer osti usuli yordamida qazib olish korxonalarini loyihalash, qurish, rekonstruktsiya qilish, kengaytirish va foydalanishni amalga oshiruvchi barcha korxonalar, tashkilotlar va muassasalar (idoraviy mansubligi va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar) uchun majburiy hisoblanadi.

Ishlab turgan konlar, shaxtalarni mazkur Qoidalar talablariga muvofiqlashtirish O’zbekiston Respublikasi «Sanoatkontexnazorat» Davlat inspektsiyasi (keyingi o’rinlarda - «Sanoatkontexnazorat» Davlat inspektsiyasi) bilan kelishilgan muddatlarda amalga oshiriladi.

4. SHaxtalarda ayrim ish turlarini bajarishda, mexanik va energetik uskuna va inshootlarni montaj qilish va ulardan foydalanishda rioya qilinishi shart bo’lgan boshqa Qoidalarning mazkur Qoidalarga zid bo’lmagan qismlari qo’llaniladi.

5. Mazkur Qoidalarning talablari foydali qazilmalar yer osti usuli yordamida qazib olinadigan korxonalar, ularning xizmatlari, ayrim mansabdor shaxslar, ish rahbarlari va bajaruvchilarining ishlab chiqarish faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlar (texnik foydalanish qoidalari, nizomlar, yo’riqnomalar va h.) da aks ettirilishi kerak.

6. Korxonalar tomonidan mazkur Qoidalarga rioya qilinishi ustidan nazorat «Sanoatkontexnazorat» Davlat inspektsiyasiga, korxona (kon, shaxta) larning ichida esa ularning rahbarlariga yuklatiladi.

7. Qoidalarni qayta ko’rib chiqish tartibi «Sanoatkontexnazorat» Davlat inspektsiyasi tomonidan belgilanadi

8. Ushbu tahrirdagi Qoidalar bosmadan chiqishi bilan O’zbekiston Respublikasi «O’zsanoatkontexnazorat» davlat qo’mitasi Kollegiyasi tomonidan 1996 yil 3 maydagi 8-sonli bayonnoma bilan tasdiqlangan va O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1996 yil 26 avgustda 277-raqam bilan ro’yxatga olingan «Ruda, noruda va sochma holdagi konlarni yer osti usuli yordamida qazib olishda yagona xavfsizlik qoidalari» o’z kuchini yo’qotadi.




Download 172.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling