1 Mavzu. Kirish. Konchilik sanoatida mehnat muhofazasining huquqiy asoslari va uni tashkil qilish


- Mavzu. Konlarda lahim o`tish ishlarida xavfsizlik qoidalari


Download 172.62 Kb.
bet10/36
Sana05.01.2022
Hajmi172.62 Kb.
#231662
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36
Bog'liq
xavsizlik metodichka

5 - Mavzu. Konlarda lahim o`tish ishlarida xavfsizlik qoidalari
71. Sun’iy tarzda tutib turish talab etiladigan jinslarda gorizontal va qiya qazilmagohlarni kovlash paytida doimiy mahkamlash inshooti o’rnatilgunga qadar vaqtinchalik mahkamlash inshootidan foydalanish kerak. Doimiy mahkamlash inshootining zaboy peshidan qanchalik uzoqlashishi loyihada ko’rsatilishi kerak.

Juda bo’sh va nomustahkam (sochiluvchan, yumshoq va oquvchan) jinslarda kovlash ishlari oldindan mahkamlash usuli yordamida bajarilishi kerak.



Izoh: Agar mahkamlanadigan qazilmagohni kovlash uzoq muddatga to’xtatilgan bo’lsa, kovlangan uchastkada doimiy mahkamlash inshooti zaboyga taqab o’rnatilishi kerak.

72. Nishablik va bremsberglarni o’tkazishda odamlarning harakatlanishi uchun 57-bandga muvofiq bajarilgan yurish yo’llari kovlanishi yoki jihozlanishi kerak.

73. Tosh yoki beton mahkamlash inshootini qurishda vaqtinchalik mahkamlash inshootidan foydalanish zaruriyati loyihada (mahkamlash inshooti pasportida) belgilanadi.

74. Qiya qazilmagohni kovlash, chuqurlashtirish yoki ta’mirlash paytida zaboyda ishlayotganlar konstruktsiyasi shaxta bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan kamida ikkita mustahkam to’siqlar bilan tepadan vagonetka va boshqa predmetlar tushib ketishi xavfidan himoyalanishi kerak. To’siqlardan biri qazilma og’zida, ikkinchisi esa ish joyidan ko’pi bilan 20m balandlikda o’rnatilishi kerak.

75. SHaxta stvollarini kovlash, chuqurlashtirish va mahkamlash ishlariga ishlarni tashkil etish loyihasi ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi kerak.

76. SHaxta vertikal stvolining chuqurlashtiriladigan qismi loyihaga muvofiq ishchi gorizontdan mustahkam tokcha yoki stvol zumpfi ostida qoldiriladigan tselik bilan izolyatsiyalanishi kerak. TSelik pastdan yaxlit ishonchli mahkamlash inshooti bilan mahkamlanishi kerak.

77. Stvol (shurf) ni kovlash paytida zaboydagi ishchilar zaboy yaqinida joylashgan saqlovchi tokcha bilan tepadan predmetlar tushib ketishi xavfidan himoyalanishi kerak.

78. Stvolni kovlash va doimiy mahkamlash inshootini qurishda stvolni mahkamlash ishlari bajarish uchun qo’llaniladigan osma polka mustahkam va badьyalar o’tishi uchun mo’ljallangan voronkasimon teshiklarga, shuningdek ish paytida uni stvolga mahkamlash uchun moslamalar (paletslar, domkratlar va h.) ga ega bo’lishi kerak. Polka va qurilayotgan stvol mahkamlash inshooti yoki qolip o’rtasidagi oraliq, gumbaz qolipining chiqib turuvchi qobirg’alaridan hisoblaganda, ko’pi bilan 120 mm bo’lishi va ish paytida zich bekitilishi kerak. Badьyalar o’tishi uchun mo’ljallangan voronkasimon teshiklarning balandligi kamida 1600 mm bo’lishi kerak. Yo’naltiruvchi ramkalar osma ship teshiklaridan 0,5 m balandlikda to’xtashi kerak.

Polkalarni ko’chirish va quvur bo’g’inlarini uzaytirish paytida stvol zaboyida ishlash ta’qiqlanadi. Polkalarni kuzatib turuvchi va quvurlarni uzaytiruvchi shaxslardan tashqari barcha ishchilar yuzaga ko’tarilishlari kerak. Polka, osma uskunalar, osma metall qolipni ko’chirish va quvurlarni uzaytirish ishlari texnik nazorat xodimi ishtirokida bajarilishi kerak. Osma polkani ko’chirish maxsus signallar bo’yicha bajarilishi kerak.

Osma polka yangi joyga ko’chirilgandan keyin uning ustida turib va zaboyda bajariladigan ishlar polka va tortib turuvchi rama badьyalar bo’yicha markazga olinib, mahkamlangandan va ko’tarish mashinasining chuqurlik ko’rsatkichiga yangi belgilar qo’yilgandan keyingina davom ettirilishi mumkin.

Osma polkada unda ishlayotganlarni tepadan tushadigan predmetlardan himoyalash uchun pishiq va ishonchli ustyopma bo’lishi kerak. O’tkazgichlarni uzaytirish paytida o’tkazgich qo’yiladigan tirkama qurilmani, o’tkazgich avvaldan o’rnatilgan tirkamaga mahkamlanmasdan, bo’shatish (uzish) ta’qiqlanadi.

79. Vertikal qazilmaning zaboydan doimiy mahkamlash inshootigacha bo’lgan qismi loyihaga muvofiq vaqtinchalik mahkamlash inshooti bilan mahkamlanishi kerak.

Vaqtinchalik yoki doimiy mahkamlash inshootining zaboyga nisbatan yo’l qo’yiladigan o’rnatilish masofasi qazilmaning yon jinslari va ishlarning xavfsizlik sharoitlaridan kelib chiqqan holda loyiha (mahkamlash pasporti) da belgilanadi.

80. Nomustahkam jinslardan tashkil topgan sharoitlarda yog’ochdan tayyorlangan doimiy mahkamlash inshootlaridan foydalangan holda vertikal stvollarni kovlash paytida vertikal progon (vandrut) lar va doimiy kashak (rasstrel) lar vertikal progon (vandrut) uzunligiga teng uzunlikdagi mahkamlash inshootining yangi bo’g’ini qurilishi bilan darhol o’rnatilishi kerak. Vertikal progon vaqtinchalik kashak (rasstrel) lar bilan mahkamlanishi kerak. Vertikal progonlarga kirmay qolgan pastki uchlar vaqtinchalik kashak (rasstrel) lar bilan mahkamlanishi kerak.

81. Yonmaydigan materiallar bilan mahkamlayotganda bo’shliqlarni yog’och materiallar bilan to’ldirish ta’qiqlanadi.

82. Mahkamlash inshooti qurilayotgan joy suvni chetga chiqarish qurilmalari yordamida tepadan chakka o’tishidan ishonchli himoyalanishi kerak.

83. Agar mahkamlash inshooti orqasida suv bo’lsa, uni stvolning suvni tutib qoluvchi qurilmalariga oqib tushishini ta’minlovchi drenaj amalga oshirilishi kerak.

84. Agar kon jinslari badьyalar yordamida chiqarilsa, stvol og’zining faqat badьya o’tishi uchun yetarli qismigina ochilishi kerak. Lyadalar faqat badьyalar o’tayotgan paytda ochilishi; ularning konstruktsiyasi badьya tushirilayotganda stvol ichiga kon jinslari bo’laklari yoki boshqa predmetlarning tushishiga yo’l qo’ymasligi kerak.

85. Kovlash kopyori o’rnatilgunga qadar stvol og’zi bekitilgan yoki odamlar o’tishi uchun panjarali eshiklar o’rnatilgan 2,5m balandlikdagi panjara bilan to’silgan bo’lishi kerak.

86. Badьyalar bortigacha 100 mm qolgunga qadar kirgizilishi kerak. Agar badьya bortining har qaysi tomonida tushirilgan yoychani bortdan kamida 40 mm balandlikda tutib turish uchun mo’ljallangan ikkitadan saqlovchi kulachok (tirgak) bo’lmasa, bunday badьyalardan foydalanish ta’qiqlanadi.

87. Lyadalar ochiq bo’lganda materiallarni badьyaga tushirish, shuningdek predmetlarni arqonga osish ta’qiqlanadi.

88. Zaboy portlatilib, shamollatilgandan keyin, kon jinslarini yig’ishtirish ishlari boshlangunga qadar, stvol va undagi uskunalar texnik nazorat xodimi tomonidan sinchiklab ko’zdan kechirilishi va uning ko’rsatmasi bo’yicha brigadir yoki tajribali ishchi tomonidan xavfsiz holatga keltirilishi kerak. SHundan keyin ushbu shaxs tomonidan ishchilarni zaboyga tushirishga ruxsat etiladi.

Stvolni ko’zdan kechirish paytida aniqlangan mahkamlash inshooti, osma uskunalar va narvonlarning shikastlanish holatlari zudlik bilan bartaraf etilishi, portlash natijasida mahkamlash inshooti orqasiga, polka yoki osma kovlash uskunalari ustiga tushgan kon jinslari bo’laklari olib tashlanishi kerak. Ayniqsa, vaqtinchalik mahkamlash inshooti bilan mahkamlangan uchastka puxta ko’zdan kechirilishi va tartibga keltirilishi kerak.

89. Bir vaqtda bajariladigan shaxta stvolini armaturalash va kopyorni montaj qilish yoki unga uskunalarni montaj qilish ishlari stvol og’zini maxsus bekitish ko’zda tutilgan loyiha bo’yicha amalga oshirilishi kerak.

Loyiha trest (kombinat, kon boshqarmasi) bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan bo’lishi kerak.

90. Stvolni armaturalash va osma polkalarni ko’chirish ishlarini saqlovchi polkalarsiz bajarish ruxsat etilmaydi.

91. CHuqurlashtirilayotgan stvoldagi saqlovchi tselikni o’yib olish yoki saqlovchi polkani buzish ishlari stvolni chuqurlashtirish to’liq yakunlangandan so’ng va stvololdi maydoncha kesib olingandan keyin bajarilishi mumkin.

Saqlovchi polkani buzish yoki tselikni o’yib olish ishlari vaqtinchalik mahkamlash inshootidan foydalangan holda ishlarni tashkil etish ko’zda tutilgan maxsus loyiha bo’yicha bajarilishi kerak. Kon ishchilari ishonchli tayanchga mahkamlangan saqlovchi belbog’lar bilan ishlashlari kerak.

92. Stvollarni kovlash va chuqurlashtirish paytida ishchilarni tepaga chiqarish bilan bog’liq avariya vaziyatlari uchun mo’ljallangan, eng ko’p odam ishlaydigan smenadagi barcha ishchilarni joylashishini ta’minlaydigan uzunlikdagi osma narvon bo’lishi kerak.

Osma narvon lebyodka arqoniga mahkamlanishi va osma polka ustida joylashgan bo’lishi kerak. Lebyodka kombinatsiyalangan (mexanik va qo’l) uzatmali bo’lishi va tormozlar bilan jihozlanishi kerak.

93. Stvollarni kovlash va chuqurlashtirishda har qaysi ko’tarish qurilmasida kamida ikkita mustaqil signal qurilmasi bo’lishi kerak. Bir vaqtning o’zida stvolda va osma polkada turib ishlarni bajarishda polka va zaboy signalizatsiyalari alohida ajratilgan bo’lishi kerak.

Osma polka va zaboy o’rtasida ikki tomonlama signalizatsiya bo’lishi kerak.

Stvolni kovlash va mahkamlash ishlarida band bo’lgan barcha ishchilar signallarni tushunishlari va ularni berishni bilishlari kerak.

Zaboydan signalni dastakchi qolib bevosita ko’tarish mashinasi mashinistiga berish ta’qiqlanadi. Har qaysi ko’tarish qurilmasida ijro signali faqat dastakchi tomonidan berilishi kerak.

Signal berish va badьyalarni qabul qilish, bo’shatish va jo’natishni nazorat qilish uchun zaboyda va polkada maxsus instruktajdan o’tgan mas’ul shaxslar tayinlanishi kerak.

Kon jinslarini ortish mashinalari yordamida shaxta stvollarini kovlashda kon jinslarini ortish va ko’tarish mashinalarida avtomatik blokirovka ko’zda tutilishi kerak.

94. Vertikal qazilmalarni kovlashda kon jinslarini pnevmatik greyfer yuklagich bilan yig’ishtirish paytida quyidagilar ta’qiqlanadi:

a) greyferning pnevmatik kommunikatsiyalarida siqilgan havo bo’lganda uni ko’zdan kechirish va ta’mirlash ishlarini bajarish;

b) greyfer yukdan bo’shatilayotganda badьya yaqinida turish;

v) zaboyning portlamagan shpur zaryadlari qolgan joylarida kin jinslarini yig’ishtirish ishlarini bajarish;

g) greyferdan shpurlarda qisilib qolgan burg’ilarni tortib chiqarish va badьyalarni stvol zaboyi bo’ylab ko’chirish uchun foydalanish.

95. Yuzadan turib boshqariladigan greyfer yordamida stvol zaboyidan kon jinslarini yig’ishtirish paytida zaboyda odamlarning bo’lishi ta’qiqlanadi.

96. Stvololdi maydonchadan bunkerning dozator kamerasi bilan aloqa shaxta stvolining zina bo’linmasi yoki zina bilan jihozlangan maxsus yo’lak bo’ylab amalga oshirilishi kerak.

97. SHaxta stvollarini maxsus usullar yordamida kovlash ishlarini bajarishda, mazkur Qoidalardan tashqari, «SHaxta stvollarini maxsus usullar yordamida kovlashda xavfsizlik qoidalari» ga rioya qilinishi lozim.



Download 172.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling