7 - Mavzu. Qazish, lahim o`tish va burg’ilash mashinalarini boshqarishda va ularning xizmat ko`rsatishidagi xavfsizlik
2.2.1. Burg’ilash ishlari texnik xujjatlarga (loyihalarga, burg’ilash-portlatish ishlari uchun ham, yoxud pasportlarga), quduqlarni burg’ilash esa har bir burg’ilash usuli (termik, sharoshkali va shu kabi) uchun namunaviy yo’riqnomalar asosida korxona tomonidan ishlab chiqilgan yo’riqnomalarga muvofiq ravishda bajarilishi kerak.
2.2.2. Burg’ilash stanogi pog’onaning qulash prizmasidan tashqari rejalashtirilgan maydonchaga o’rnatilishi, quduqlarni birinchi qatorini burg’ilashda esa uning zanjiri pog’onani yuqori chetidan kami bilan ikki metr uzoqda va chetga perpendikulyar holga keltirilib joylashtirilishi kerak.
Yig’ishtirilmagan portlatilgan kon massalaridan iborat tirak devor bilan ishlar bajarishda pog’onani yuqori chetidan burg’ulash stanogigacha bo’lgan masofa chegaralanmaydi.
Tirak devorsiz ish bajarishda quduqlarni birinchi qatori uchun burg’isi sharoshkali burg’ilash stanogini o’rnatish masofadan amalga oshirilishi kerak.
Stanok domkratining tagiga ma’dan va jinslar bo’laklarini qo’yish taqiqlanadi.
2.2.3. Machtasini ko’targan holda burg’ilash stanogini pog’ona bo’ylab harakatlantirishni tayyorlovchi zavodning foydalanishga oid yo’riqnomasiga muvofiq ravishda qiyalatish bilan amalga oshirishga ruxsat etiladi.
Burg’ilash stanogini elektr simlarining ostidan va o’tish joylaridan harakatlantirishda machtasi tushirilgan, burg’ilash asbobi yechilgan yoki ishonchli mahkamlangan bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |