1-mavzu. Kirish. Metrologiyaasoslari


Download 0.98 Mb.
bet1/9
Sana10.11.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1764363
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-mavzu


1-MAVZU. KIRISH. METROLOGIYAASOSLARI.

Reja:

1.1. O‘zbekiston o‘lchashlar birligini taminlash tizimi.

1.2. Metrologiya soxasida ishlatiladigan asosiy atmalar va tariflar.

1.3. Metrologik taminotning asosiy maqsadi.

1.4. Metrologiya soxasida ishlatiladigan birliklar va o‘lchov vositalari.


Tayanch so‘zlar: metrologiya, fizik kattalik, etallonlar, xalqaro birliklar tizimi (SI), o‘lchash vositalari, kompleks, komplekt.

Metrologiya va texnik o‘lchash-ishlab chiqarish aniqligini ta’minlash va maxsulot sifatini yaxshilashda muxim axamiyatga ega bo‘lib, metrologik xizmatni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, xalq xo‘jaligi tarmoqlarini tizimli rivojlantirishning asosiy shartlaridan biridir.


Metrologiya-fizik kattaliklarni o‘lchash, bu kattaliklarning birligini ta’minlash usullari va vositalari, hamda talab qilingan o‘lchash aniqligini olish usullari to‘g‘risidagi fandir.
Metrologiyaning asosiy vazifasi fizik kattaliklar, davlat etalonlari, namunali o‘lchash asboblarini belgilash, o‘lchash nazariyasini, metodlarini, vositalarini, nazorat va o‘lcham birliklarini baholash usullarini ishlab chiqish, o‘lchash asboblarining holatini baholash va o‘lcham birliklarini etalonlardan ishchi o‘lchov asboblariga uzatishlardan iboratdir.
Fizik kattaliklar amaliy yo‘l bilan aniqlanadi. Aniqlashda texnik vositalardan foydalaniladi. O‘lchash natijasida fizik kattalikning miqdori aniqlanadi. O‘lchash natijasida aniqlangan kattalik haqiqiy o‘lcham deb ataladi.
O‘lchov birliklarini ta’minlovchi davlat tizimi metrologik ta’minotning uslubiy asosi bo‘lib xizmat qiladi. Asosiy me’yoriy texnik hujjat-davlat standartlari hisoblanadi. Xalqaro o‘lcham tizimi (SI) bo‘yicha asosiy o‘lchov birliklari sifatida qabul qilingan:

  • metr-uzunlik birligi;

  • kilogramm-og‘irlik birligi;

  • amper-tok kuchi birligi;

  • sekund-vaqt birligi;

  • kelvin-termodinamik temperatura;

  • kandela-nur kuchi;

  • mol-moddalar miqdori.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling