O‘lchash asboblariga maxsus shartli belgilar chizilgan bo‘ladi va bu belgilar asosida o‘lchash asbobining muhim fazilatlari borasida kerakli ma’lumotlarni olishimiz mumkin. Quyida shu belgilarning asosiylarini keltirib o‘tamiz.
Asosiy o‘lchash birliklari va ularning karrali va ulushli qiymatlari:
kА, kV, mA, mV, W, MW, Nz, kHz
O‘lchash zanjiridagi tokning turi:
~ o‘zgaruvchan tok zanjirida ishlaydi;
– o‘zgarmas tok zanjirida ishlaydi;
~ ham o‘zgaruvchan, ham o‘zgarmas tok zanjirida ishlaydi.
C. Xavfsizligi: Beshqirrali yulduzcha chizilgan bo‘lib, agar uning ichida hech qanday raqam bo‘lmasa, u holda 500 voltli kuchlanish ostida sinalgan bo‘ladi. Agar, raqam yozilgan bo‘lsa, masalan 2, bunda asbob 2000 volt kuchlanishida sinalgan bo‘ladi. D. Foydalanish holati:
– vertikal holatda joylashtiriladi, gorizontal holatda joylashtiriladi; 60° – qiya holatda joylashtiriladi.
E. Aniqlik klasslari: 0,5; 1,0 kabi.
О‘lchash vositalarining umumiy shartli belgilari
Nazorat savollari:
O‘chash jarayoni nima uchun amalgam oshiriladi?
O‘lchashning qanday turlari va usullarini bilasiz?
O‘lchash vositasi va o‘lchash asbobi nima? Ular qanday farqlanadi?
Etalon nima? Uning qanday turlarini bilasiz?
Shtangenasboblar qayerda va qanday o‘lchashlarda qo‘llaniladi?
Mikrometrik o‘lchash asboblarining qanday turlarini bilasiz?
O‘lchash asboblarining shkalasidagi belgilardan qaysilarini bilasiz?
Ular nima uchun qo‘yiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |