1-mavzu. Kirish. Metrologiyaasoslari


(metrologik ko‘rsatkichlari)


Download 0.98 Mb.
bet8/9
Sana10.11.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1764363
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-mavzu

14.4. O‘lchash vositalarining asosiy parametrlari

(metrologik ko‘rsatkichlari)


Harq qanday o‘lchash asbobi metrologik parametrlarga ega bo‘ladi va ularni o‘lchash uchun qo‘llashda albatta ushbu parametrlarga alohida e’tibor berish lozim bo‘ladi. Ushbu metrologik parametrlar (ko‘rsatkichlar) ga quyidagilar kiradi:
Shkala bo‘linmalarining uzunligi — shkalaning eng kichik yonma-yon belgilarining o‘rtasidan o‘tgan faraziy chiziqning bo‘yidan o‘lchan gan masofadir (14.11-rasm).

14.11-rasm. O‘lchash vositalari asosiy parametrlarini tushuntirish sxemasi.
Shkala bo‘linmalarining qiymati — shkalaning yonma-yon belgisiga muvofiq bo‘lgan kattalikning ayirmasi. Masalan, optimetr uchun 1 mkm. O‘lchash vositasini darajalash tavsifi — jadval, chiziq yoki matematika ifodasi shaklida tuzilgan o‘lchash vositasining kirish va chiqish yo‘llariga muvofiq bo‘lgan kattaliklar qiymatlarining bog'lanishidir. Darajalash tavsifi o‘lchash natijalarini aniqlashtirish uchun olinadi.
Ko‘rsatuvlar ko‘lami (diapozoni) — shkalaning oxirgi va boshlang'ich qiymatlari bilan cheklangan qiymatlar doirasidir. Shu ko‘lam uchun joiz xatoliklar me'yorlanadi.
O‘lchash ko‘lami (diapozoni) — o‘lchash vositasidagi me'yorlangan joiz xatoliklari uchun o‘lchanayotgan kattalikning qiymatlar doirasidir. Masalan, IKV-3 optimetrining o‘lchash ko‘lami 0 - 200 mm.
O‘lchash vosilalarini qo‘llash me'yoriy (ishchi) sharoitlari — ta'sir etuvchi kattaliklar o‘z me'yoriy qiymatlariga (me'yoriy qiymatlar doirasiga) ega bo‘lgandagi o‘lchash vositalarining qo‘llanish sharoitlaridir. Masalan, normal harorat 20°C, bunda haroratning me'yoriy (ishchi) chegaralari 20°С + 1°С. O‘lchashlarning normal sharoitlari standartlar orqali joriy qilinadi.
O‘lchash vositalarining barqarorligi — metrologik xossalarining vaqtga nisbatan o‘zgarmasligini ifodalovchi o‘lchash vositasining sifatidir. Kontaktli asboblarning muhim tavsifi - o‘lchash uchligi bilan o‘lchanayotgan buyiim yuzasi kontakt qilgan joyida hosil bo‘lgan va o‘lchash chizig'i bo‘yicha yo‘nalgan o‘lchash kuchidir.
O‘lchash xatoligi. O‘lchash xatoligi deb o‘lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymatidan o‘lchash natijasining farqlanishi tushuniladi.
O‘lchash aniqligi - olingan natijalar o‘lchanayotgan kattalik chinakam qiymatiga yaqinligini ko‘rsatadigan o‘lchash sifatidir.
O‘lchashning mutlaq xatoligi — o‘lchanayotgan kattalikning birligi orqali ifodalangan o‘lchash xatoligi hisoblanadi.
O‘lchashning nisbiy xatoligi — mutlaq o‘lchash xatoligining o‘lchanayotgan kattalikning chinakam qiymatiga bo‘lgan nisbatidir.
O‘lchashning muntazam xatoligi — biror kattalikning qayta-qayta o‘lchash natijasida doimiy qoladigan yoki qonuniy ravishda o‘zgaradigan o‘lchash xatoligining tashkil etuvchisi hisoblanadi.
O‘zgartirish funksiyasi – buni analogli o‘lchash asboblarida shkala tenglamasidan ham bilishimiz mumkin. Tanlanayotgan asbobda o‘zgartirish funktsiyasi chiziqli bo‘lishi qaydnomalarni olishni osonlashtiradi, sub’ektiv xatoliklarni esa kamaytiradi.
Sezgirligi. Umuman sezgirlik – bu o‘lchash vositasining tashqi signalga nisbatan ta’sirchanligi, sezuvchanligidir. Umumiy holda sezgirlik o‘lchash vositasining chiqish signali orttirmasini, kirish signali orttirmasiga nisbatidan aniqlanadi:
S LimY /X Y /X;
X0
Bevosita ko‘rsatuvchi asboblar uchun sezgirlik asbob qo‘zg‘aluvchan qismining og‘ish burchagini o‘lchanadigan kattalik bo‘yicha birinchi hosilasi bo‘lib, quyidagicha ifodalanadi:
S = d /dx,
bu yerda d – asbob qo‘zg‘aluvchan qismining og‘ish burchagi.
Sezgirlik ostonasi – bu o‘lchanadigan kattalikning shunday eng kichik.
(boshlang‘ich) qiymatiki, u o‘lchash asbobining chiqish signalini sezilarli o‘zgarishiga olib keladi.
S = Хminnоm*100 %,
bu yerda, Хmin – o‘lchanadigan kaggalikning eng kichik (boshlang‘ich) qiymatidir.
Asbob ko‘rsatishining variatsiyasi – o‘lchanayotgan kattalikning biror qiymatini, o‘lchash sharoitini o‘zgartirmagan holda, takror o‘lchaganda hosil bo‘ladigan eng katta farqdir va u quyidagicha aniqlanadi (14.12 – rasm):
= (А0’ – А0”)/Ахmах*100 %,
bu yerda, АO, А0 – o‘lchanayotgan kattalikning (namunaviy asbob yordamida) takror o‘lchashdagi qiymatlari. Variatsiya asosan qo‘zg‘aluvchan qismi tayanchga o‘rnatilgan asboblarda ishqalanish hisobiga kelib chiqadi.

14.12 – rasm. Asbob ko‘rsatishining variatsiyasi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling