1-mavzu. Kirish. Metrologiyaasoslari


Shtangen- va mikrometrik o‘lchash asboblari


Download 0.98 Mb.
bet6/9
Sana10.11.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1764363
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-mavzu

14.3. Shtangen- va mikrometrik o‘lchash asboblari


Shtangenasboblar. Shtangenasboblar - o‘lchash va belgi qo‘yish uchun mo‘ljallangan asboblarning katta guruhidir. Bu asboblarni boshqa asboblardan farqlovchi xususiyati shuki, bularda har bir 1 mm da bo‘linmalari bor shkalali lineyka (shtanga) qo‘llanadi, millimetrini o‘nli va yuzli qismlari esa asosiy shkaladan yordamchi (qo‘shimcha) - nonius shkalasi yordamida o‘qiladi. Nonius - ozgina intervallarga (10 - 20) ega bo‘lgan yordamchi shkaladir. Noniusning birinchi chizig'i yordamchi shkalaning faqat boshlanishi emas, balki asosiy shkala bo‘yicha o‘lchamning indeksi (ko‘rsatishi) bo‘lib xizmat qiladi. Agar noniusning birinchi (nol) chizig'i asosiy shkalaning birorta chizig'iga to‘g'ri kelsa, o‘lcham qiymati asosiy shkaladan o‘qiladi. Zero noniusning nol chizig'i asosiy shkalaning birorta chizig'iga to‘g'ri kelmasa, o‘lcham qiymati ikki qismdan iborat bo‘ladi.
O‘lchamning butun, 1 mm ga karrali qismi asosiy shkaladan o‘qiladi. Bu qiymat noniusning nol chizig'i asosiy shkaladan qanday qiymatni ko‘rsatishiga qarab, uning chap tomonidan o‘qiladi. Unga o‘lchamning kasr qismi qo‘shiladi. Buning uchun noniusni qaysi bir chizig'i asosiy shkalaning biror chizig'iga to‘g'ri kelganligi aniqlanadi va shunga qarab, kasr qismi hisoblanadi.
Shtangenasboblarning turlari ko‘p bo‘lib, eng tarqalganlari shtangensirkul, shtangenchuqurlik o‘lchagichi va shtangenreysmaslardir.
Shtangensirkul - metal lineyka va uning bir tomoniga qo‘zg'almas qilib mahkamlangan hamda lineyka sirti bo‘ylab harakatlanuvchi qo‘zg‘aluvchi o‘lchash jag‘laridan iborat o‘lchash asbobidir. O‘lchash jag'larining ishchi yuzalari lineykaga tik joylashgan (14.7-rasm).

14.7-rasm. Shtangensirkullar: a) ШЦ – I rusumli; b) ШЦ-II rusumli.
Shtangen chuqurlik o‘lchagichlarining (14.8-rasm, a) konstruksiyasi shtangensirkullardan qo‘zg'almas jag'lari yo‘qligi bilan farqlanadi. Siljiydigan jag' o‘rniga noniusli (3) ramka (2) da o‘lchash paytida tayanch bo‘lib xizmat qiluvchi asos (4) o‘rnatilgan. O‘lchash jarayonida asos (4) detal ustiga qo‘yiladi va shtanga (1) ichki yuzani tagiga taqalguncha suriladi. Nol o‘lchami lineyka (1) ni uchi asos (4) bilan baravarlashganiga to‘g'ri keladi.
Chuqurlik shtangeno‘lchagichlari 500 mm dan oshmaydigan ko‘lamni qamraydi. Nonius bo‘linmalarining qiymati 0,1 yoki 0,05 mm ga teng. Shtangenreysmasning (14.8-rasm, b) konstruksiyasi asboblar va belgi qo‘yiluvchi (o‘lchanuvchi) detallar o‘rnatilgan yassi yuzadan o‘lchash va belgi qo‘yish uchun moslashtirilgan. Shtangenreysmas qo‘zg'almas jag'lar o‘rniga taxtada o‘rnatish uchun og'ir asos bilan jihozlangan. Asosga tik holda lineyka o‘rnatilgan. Noniusli (5) ramka almashinuvchi belgi qo‘yish jag'lari (chizg'ichlar) hamda balandliklarni o‘lchash uchun maxsus uchliklar yoki milli o‘lchash kallaklari o‘rnatish uchun maxsus tutqich bilan jihozlangan.
Vertikal yuzalaiga belgi qo‘yishda shtangenreysmasni chizg'ichi shkala va nonius bo‘yicha asosdan kerakli balandlikka o‘rnatiladi. Undan keyin, shtangenreysmas taxtaga, belgi qo‘yish chizg'ichi esa detalga bosilib, siljitiladi. Natijada detal yuzasida chizg'ich uchining izi qoladi. Shtangenreysmaslarning turlari 2500 mm gacha bo‘lgan o‘lchamlarni qamraydi. Eng ko‘p tarqaganlari 250 mm; 400 mm gacha va noniusining bo‘linmalari qiymati 0,05 mm ga tenglaridir.
a b
14.8-rasm. Shtangen chuqur o‘lchgich (a) va shtangenreysmas (b) larning umumiy ko‘rinishi.
Shtangenasboblar bilan o‘lchash xatoligi tashqi yuzalar o‘lchanganda nonius bo‘linmasining ikkitasiga, ichki yuzalarni o‘lchaganda uchtasiga teng bo‘ladi. O‘lchash xatoliklarining asosiy sabablari shkaladan o‘lchamni pa- rallaks, shtangensirkul yordamida o‘lchaganda esa qo‘shimcha, Abbe ta- moyiliga rioya qilmaslik natijasida yuzaga kelgan o‘qib olish xatoliklaridir. Parallaks natijasida hosil bo‘lgan xatoliklar sababi - nonius va shkalaning chiziqlari bir tekislikda yotmasligidir. Shu sababdan operatorning ko‘zi har xil burchak ostida qaraganda chiziqlarni ko‘rinarli siljishi kuzatiladi. Abbe tamoyili shundan iboratki, o‘lchov bilan solishtirish usuli bo‘yicha o‘lchaganda o‘lchanayotgan o‘lcham o‘lchovga nisbatan (ya'ni, shkalaga) ketma-ket joylashsa, parallel joylashganga nisbatan o‘lchash xatoligi kam- roq bo‘ladi. Shtangensirkul va shtangenreysmas yordamida o‘lchaganda o‘lcha- nuvchi o‘lcham o‘lchovga nisbatan parallel joylashadi, shtangen chuqurlik o‘lchagichi bilan o‘lchaganda ketma-ket joylashadi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling