Reja:
1. Muloqot haqida tushuncha.
2. Muloqot turlari va shakllari.
3. Muloqot madaniyati.
Tayanch so’z va iboralar: muloqot, muloqot turlari, munosabat, pedagogik muloqot, dilkashlik, xushmuomalalilik, mulohaza, madaniyat, axloq, kasbiy muloqot, muomala.
Muloqot haqida tushuncha. Insonning rivojlanishini, ijtimoiylashishini, individni shaxs bo‘lib shakllanishini, uning jamiyat bilan bo‘lgan aloqasini muloqotsiz aslo tasavvur etib bo‘lmaydi. Muloqot ham o‘ziga xos ehtiyoj. Polshalik psixolog E.Melibruda aytganidek, shaxslararo munosabatlar biz uchun havodek muhimdir. Go‘daklik va o‘smirlik davrlarida muloqot etakchi faoliyatga, ya’ni yangi psixologik xususiyatlarning shakllanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi faoliyat sifatida gavdalanadi.
Muloqot – odamlar o‘rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog‘lanishlar rivojlanishining ko‘p qirrali jarayonidir. Muloqot (munosabat) birgalikda faoliyat ko‘rsatuvchilar o‘rtasida axborot ayirboshlashni o‘z ichiga oladi. Bunda munosabatning kommunikativ jihati hisobga olinadi. Kishilar munosabatga kirishishda avvalo tilga murojaat qiladilar. Muloqotning yana bir jihati munosabatga kirishuvchilarning o‘zaro birgalikdagi harakati – nutq jarayonida faqat so‘zlar bilan emas, balki harakatlar bilan ham ayirboshlashdan iborat. Masalan, munosabatga kirishar ekanmiz, u bizni qoniqtirsa, imo-ishora bilan muloqotda bo‘lamiz. Munosabatning keyingi jihati muloqotga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok eta olishlaridir. Masalan, biz bir kishi bilan muloqotga kirishishdan avval uni hurmat qilib yoki mensimasdan munosabatda bo‘lamiz. Demak, muloqot jarayonida kommunikativ (axborot uzatish), interaktiv (o‘zaro birgalikda harakat qilish) va perseptiv (o‘zaro birgalikda) idrok etish amalga oshiriladi.
Muloqotning tizimida o‘zaro bir-biriga bog‘liq jihatlari ajratiladi:
Perseptiv jihat – bu muloqot jarayonida o‘zaro bir-birini idrok qilish orqali tushunishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |