1-mavzu. Kirish. O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi fanining o‘rganish obyekti, maqsadi va vazifalari. Reja
Download 1.53 Mb.
|
O\'TSQ O\'Q 2022 iyun Hamidova Sh, Eshniyazova M
Muloqot shakl (usul)lari. Muloqot demokratik, avtoritar, liberal shakli (usuli)da amalga oshadi. Demokratik usulda suhbatlar, munozaralar, mulohazalar o‘zaro tenglik, o‘zaro hurmat ruhiga bo‘ysundirilib, ta’sir o‘tkazish sohalari yashiringan holda bo‘ladi. Shu boisdan, tasodifan voqea va hodisalarning sodir bo‘lishi turlicha baholanadi, rag‘batlantiriladi yoki jazolanadi. Mana bunday odilona amalga oshirilgan muloqot ta’sirida o‘g‘il-qizlarda do‘stlik, dilkashlik, xushmuomalalilik, shaxsiy xatti-harakatida va mulohaza yuritishida mustaqillik, shaxsiy qarashlari saqlangan holda yangi norma va talablarga moslashish, o‘z faoliyati uchun javobgarlik, emotsional zo‘riqish davrida o‘z-o‘zini qo‘lga olishlik kabi muhim fazilatlar paydo bo‘ladi.
Muloqotning yana bir shakli avtoritar deb atalib, bunda shaxslararo teng huquqlilik, erkin xatti-harakat qilish, tashabbuskorlik o‘z ahamiyatini yo‘qota boshlaydi. Masalan, boshliq tomonidan xodimlarning yurish-turishi, xatti-harakati ko‘pincha cheklab qo‘yiladi. Boshliq tomonidan ta’sir o‘tkazishning asosiy metodi – jazolash hisoblanadi. Biroq onda-sonda rag‘batlantirish metodidan foydalanilganda ham, u xodimga ma’naviy ozuqa bermaydi. Mazkur usul oilada qo‘llanilsa, farzandlarda ota-onaga yaqinlik, mehr hissi kamayadi, keyinchalik bu tuyg‘u uzoqlashish, “begonalashish” kechinmasiga aylanadi. Oiladagi shaxslararo munosabatlar bolalarni qoniqtirmaydi; natijada odamovi, tund, ichimdagini top, tashvishlilik, xavotirlilik kabi sotsial norma va qoidalarga qiyinchilik bilan moslashishdan iborat xarakter xislatlari vujudga keladi. Shu sababdan oila a’zolari ruhiy dunyosida simpatiya (yoqtirish), empatiya (hamdardlik), samimiylik, hayrixohlik kabi yuksak insoniy his-tuyg‘ular juda nursiz ifodalanadi. Ko‘r-ko‘rona va so‘zsiz bo‘ysunishga asoslangan munosabatlar negizida yotgan tarbiyaviy ta’sir qo‘rqoq va irodasi kuchsiz shaxsni tarkib toptiradi. Muloqot shakli ichida liberal usuli ham ko‘zga tashlanib turadi. Bu usul muloqot jarayonida murosasoz, ko‘ngilchan bo‘lishlik, tashqi ko‘rinishdan iliq psixologik iqlimni, guruhiy moslikni o‘zida aks ettirgandek bo‘lib tuyuladi. Afsuski, liberallik, murasasozlik har qanday vaziyatni til topib hal qilishga, prinsipiallikdan uzoqlashishga, subutsizlikka olib keladi. Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling