1-mavzu. Kirish. O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi fanining o‘rganish obyekti, maqsadi va vazifalari. Reja
Download 1.53 Mb.
|
O\'TSQ O\'Q 2022 iyun Hamidova Sh, Eshniyazova M
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moddiy muloqot
- Motivatsion muloqot
Muloqot turlari. Muloqot odamlarning jamiyatda o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatlarining ichki psixologik mexanizmini tashkil etib, u hozirgi yangi demokratik munosabatlar sharoitida turli ishlab chiqarish qarorlarini yakka tartibda emas, balki birgalikda chiqarish ehtiyoji paydo bo‘lganligi hisobga olinganda, odamlarning mehnat unumdorligi va samaradorligini ta’minlovchi muhim omil ekanligini bildiradi. Fanda muloqotning quyidagi turlari farqlab o’rganiladi:
Moddiy muloqot deganda sub’yektning dolzarb ehtiyojlarni qondirish vositasi sifatida ayni paytda shug‘ullanayotgan faoliyatining mahsulotlari va predmetlarini ayirboshlash tushuniladi. Kognitiv muloqot deb shaxslarning hamkorlikdagi faoliyatida narsa va hodisalarni o‘rganish, ma’lumotlarni bilib olish jarayonida o‘zaro bilim almashinuviga aytiladi. Konditsion muloqotda psixologik va fiziologik holatlar ayirboshlanadi. Masalan, shifokor bemorning tushkun kayfiyatini ko‘tarishi yoki, aksincha, ona qizining o‘ksinib yig‘layotgan holatiga yig‘i bilan munosabat bildirishi va h.k. Motivatsion muloqot muayyan yo‘nalishda hamkorlikda harakat qilish uchun o‘zaro maqsadlar, qiziqishlar, motivlar va ehtiyojlar almashinuvi jarayoni bilan izohlanadi. Faoliyat muloqoti kognitiv muloqot bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, bunda harakatlar, operatsiyalar, ko‘nikma va malakalar ayirboshlanadi. Bu muloqot jarayonida ma’lumotlar uzatiladi, bilim doirasi kengayadi, qobiliyatlar rivojlanadi va takomillashadi. Muloqot maqsadiga ko‘ra biologik va ijtimoiy ko‘rinishda bo‘ladi. Biologik muloqot nasl qoldirish, organizmni rivojlantirish, himoyalash kabi tabiiy ehtiyojlarni qondirish bilan bog‘liq bo‘lsa, ijtimoiy muloqot esa shaxslararo munosabatlarni kengaytirish, mustahkamlash, takomillashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. Muloqot vositasiga ko‘ra bevosita va bilvosita bo‘lib, bunda jonli mavjudotning tabiiy organlari yordamida, ya’ni qo‘li, boshi, tanasi, tovushi yordamida axborot ayirboshlasa, bu bevosita muloqot bo‘ladi, agar muloqotni tashkillashtirish va ma’lumot almashishda maxsus qurol va vositalardan foydalanilsa, bu muloqot bilvosita deyiladi. Bevosita muloqot tirik mavjudotga tabiat tomonidan berilgan tabiiy organlar: qo‘llar, bosh, tana, tovush paylar va boshqalar yordamida amalga oshiriladi. Vositali muloqot muloqot va axborot almashinuvni tashkil etishda maxsus vosita va qurollardan foydalanish bilan bog‘liq. Bular yo tabiiy (yog‘och, erdagi izlar va h.k.) yo madaniy (belgilar tizimlari, matbuot, radio, televidenie, internet va h.k.) jismlar. To‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot shaxsiy aloqalar va muloqot aktining o‘zida qatnashayotgan odamlarning bir-birini bevosita idrok qilishini belgilaydi, ularga, masalan, jismoniy aloqalar, odamlarning bir-birlari bilan suhbatlashishlari, bir-birlarining harakatlarini bevosita ko‘rib turgan holda, ularga javob qaytarishlari kiradi. Bilvosita muloqot vositachilar sifatida ish yuritadigan boshqa odamlar orqali amalga oshiriladi. Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling