1-mavzu. Kirish. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, uni o‘rganishning nazariy-metodologik tamoyillari. Mustaqillikka erishish arafasida o‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar. Reja
Download 65.31 Kb.
|
1 mavzu sirtqi (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. O‘zbekistonning eng yangi tarixini davrlashtirish. O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganishning ahamiyati.
- 4. Аholi turmush tarzining og‘irlashuvi. Orol fojiasi. O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy hayotning keskinlashishi. Farg‘ona voqealari.
1-MAVZU. KIRISH. O‘ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI, UNI O‘RGANISHNING NAZARIY-METODOLOGIK TAMOYILLARI. MUSTAQILLIKKA ERISHISH ARAFASIDA O‘ZBEKISTONDAGI IJTIMOIY-SIYOSIY JARAYONLAR. Reja: 1. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining fan sifatida tutgan o‘rni. Uning o‘rganish obʼyekti va predmeti. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining metodologik, ilmiy-nazariy asoslari, usullari va tamoyillari. 2. O‘zbekistonning eng yangi tarixini davrlashtirish. O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganishning ahamiyati. 3. XX asr 80-yillari o‘rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va maʼnaviy hayotidagi inqirozli holat. Markazning O‘zbekistonda amalga oshirgan qatag‘on siyosati. “Paxta ishi”, “O‘zbeklar ishi” nomli soxta ishlar. 4. Аholi turmush tarzining og‘irlashuvi. Orol fojiasi. O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy hayotning keskinlashishi. Farg‘ona voqealari. 5. Islom Karimov – O‘zbekiston rahbari. Mustaqillik Deklaratsiyasining qabul qilinishi O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining fan sifatida tutgan o‘rni. Uning o‘rganish obʼyekti va predmeti. Tarix fani ijtimoiy taraqqiyot va o‘tmishga oid turli xil voqelik hamda hodisalarning izchil rivojlanishi, ularning qachon, qayerda, qanday holatda yuz bergani, insoniyatning paydo bo‘lishi va uning tadrijiy-evolyutsion rivojlanishi, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy jarayonlar hamda madaniy-maʼnaviy hayot jabhasi va boshqalarni o‘rganadi. Shuningdek, O‘zbekiston tarixi umumjahon-insoniyat tarixining ajralmas qismi hisoblanib, o‘z navbatida, ahamiyatga molik voqeliklarga juda boydir. O‘zbekiston tarixi fani mana shu voqeliklarni boshidan kechirgan qadim va yaqin ajdodlarimizning hayoti qanday bo‘lganini, jahon tarixi taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissalarini xolisona va haqqoniy tarzda o‘rganadi. Taʼkidlash lozimki, tarixiy, milliy-madaniy, axloqiy va diniy qadriyatlarni o‘rganish, tiklash va yangi asoslarda rivojlantirish – yoshlar, taʼlim va tarbiya tizimidagi talabalarning dunyoqarashida milliy g‘urur hamda o‘zlikni anglash, ular ongi-shuurida vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini yanada mustahkamlash bugungi davrning muhim talabi bo‘lib hisoblanadi. Аynan shuning uchun ham oliy taʼlim tizimida “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanini har tomonlama chuqur o‘qitish maqsadida yangi avlod o‘quv dasturlari, o‘quv qo‘llanmalar va darsliklar yaratilib, bu boradagi ilmiy tadqiqotlar natijalari o‘quv jarayoniga joriy etilmoqda. 1991-yildan O‘zbekiston tarixida boshlangan yangi mustaqillik davrini o‘rganish, shu davrda ro‘y bergan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, iqtisodiy hayot, madaniy-maʼrifiy yangilanishlar masalasini o‘rganish – o‘sib kelayotgan avlod, yuksak maʼnaviyatli shaxsni tarbiyalashda, shubhasiz, katta ahamiyat kasb etadi. Masala mohiyatining dolzarbligini hisobga olib, 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab respublika Oliy o‘quv yurtlarida O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanini o‘qitish jarayoni boshlandi. Shubhasiz yaqin o‘tmish tarixini xolisona va ilmiy jihatdan o‘rganish tarixchilar oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Tarixiy haqiqatning to‘la ro‘yobga chiqishi, haqqoniy tarix yozilishida tarix fanining predmeti va obʼyektining to‘g‘ri belgilanishi muhim ahamiyatga egadir. Chunki O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani uchun ham boshqa barcha fanlar qatori predmet va obʼyekt masalasi asosiy masala bo‘lib hisoblanadi. Zero, fanning o‘rganish predmeti va obʼyekti aniq bo‘lmasa, uning oldidagi vazifa noaniq bo‘lib, maqsadga erishish mushkul bo‘ladi. Bunday holat o‘quv jarayoni samaradorligiga ham salbiy taʼsir ko‘rsatadi. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani boshqa ijtimoiy va tabiat fanlaridan farqli o‘laroq mustaqil fan hisoblanadi. Shuningdek, u barcha fanlar orasida alohida o‘z o‘rni va mavqeyiga ega. U barcha fanlar tarixini ham o‘z ichiga olgan holda ularning rivojiga katta taʼsir etadi. Bu uning o‘rganish predmeti va obʼyekti hamda vazifasida to‘la namoyon bo‘lmog‘i kerak. Tarix fani o‘z xususiyatiga ko‘ra, birinchidan, o‘zining butun diqqat eʼtiborini faqat yaqin o‘tmishga qaratadi, undan saboq beradi, xulosa chiqaradi, o‘tgan davrning hayot tarzi, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-maʼrifiy, iqtisodiy jarayonlarini o‘rganadi. Ikkinchidan, O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani boshqa ijtimoiy fanlarga nisbatan ancha aniq fandir. U matematika usulidan ham keng foydalanadi. Tarixiy voqea va hodisalar qatʼiy aniqlikda, davriy ketma-ketlik – xronologik asosda o‘rganiladi. Shuningdek, tarixiy voqea va hodisalar, hujjat va dalillarning haqiqiy va haqiqiy emasligi, ular qachon, qayerda, qanday tarixiy muhit va sharoitlarda tarixan voqeʼ bo‘lgani aniqlanadi. Va nihoyat, bo‘lib o‘tgan voqeliklarning aniq sabab va oqibatlari, shu bilan birga, ularning aniq shakl-shamoyillari va holati aniqlanadi. Uchinchidan, O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani mamlakatimiz yaqin o‘tmishidagi siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy hayotining ahvoli, holatini o‘rganadi, ulardan kelajak uchun saboq va xulosa chiqaradi. Mustaqillikka erishishidagi murakkab siyosiy ahvol tahlil etilgan holda istiqlolning qanchalik ulug‘ neʼmat ekanligi ko‘rsatib beriladi. Bu esa kelajak avlod uchun dasturilamal sifatida xizmat qiladi. To‘rtinchidan, O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani ko‘p qirralik va xilma-xillik xususiyatiga ega. U jamiyat taraqqiyotining va inqirozlarining faqat bir tomoninigina emas, balki jamiyatning hamma tomonlarini uzviy, o‘zaro bog‘liqlikda, bir butunlikda o‘rganadi. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani mamlakatning yaqin o‘tmishdagi voqeliklari, insoniyat hayoti, jamiyat taraqqiyotini tahlil qiladi. Uning o‘rganish predmetiga esa mana shu makondagi jamiki voqelik va jarayonlar, ulardagi umumiy aloqadorlik va yaxlit birlik hamda qonuniyatlar hodisasi va jarayonlar, umuman, xalq va insonning yaratuvchanlik faoliyati kiradi. Shu o‘rinda taʼkidlash lozimki, butun bir xalqlar, elatlar, millatlar va davlatlarga taalluqli bo‘lgan murakkab ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlar tarixda o‘z aksini topadi. Tadqiqotchilarning eʼtirof etishlaricha, inson har qanday tarixning predmeti hisoblanadi. Har bir voqea, hodisa inson (yoki uning bir guruhi – xalq) xatti-harakati, uning ko‘zlagan maʼlum maqsadga intilishi jarayonida sodir bo‘ladi. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining o‘rganish makoni – obʼyekti mamlakatning eng yangi tarixi davri hisoblanadi. Mazkur davr respublika mustaqillikka erishganidan to shu bugungi kunga qadar bo‘lgan hayot tarzini qamrab oladi. Tarixiy obʼyekt (makon)ga nisbatan O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining maqsadi, vazifasi, yo‘nalishi va harakat (faoliyat) doirasi yoki chegarasi belgilanadi. Maʼlum bir maʼnoda obʼyekt bilan predmet bir-biriga juda yaqin tushuncha bo‘lsa-da, ular tarix fanida tutgan o‘rni va vazifasi bilan farqlanadi. Obʼyekt aniq tarixiy davr, makon, zamon va geografik mintaqaviy chegaralar, maʼlum bir xalq, millat, mamlakat tarixi bilan bog‘liq bo‘lib, maʼlum hudud doirasidagi voqea va hodisalarning bir butun va yaxlitlikda o‘z ichiga oladi. Predmet esa mana shu bir butun obʼyekt ichidagi aniq siyosiy, tarixiy-madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardan iborat bo‘ladi. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani fan sifatida ijtimoiy-siyosiy, umuminsoniy xarakterdagi fan bo‘lib, inson va millat o‘z o‘tmishini bilishi, o‘zligini anglashi hamda kelajagini belgilashida asosiy dasturilamal hisoblanadi. Shu bilan birga, u ijtimoiy-siyosiy hayot sohasidagi yagona fan ham emas. Jamiyat, umuman, insoniyat o‘tmishini o‘rganuvchi boshqa soha fanlari ham bor. Masalan, arxeologiya, etnologiya, geologiya, antropologiya, demografiya, madaniyat, iqtisodiyot va boshqa fanlar shular jumlasidandir. Аmmo boshqa fanlarning hammasi tabiat, jamiyat ham, avvalo, katta tarixda aks etadi. Soha tarixi fanlari ham tarix fanining o‘rganish obʼyekti va predmeti hisoblanadi. Tarix fani boshqa, ayniqsa, ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan mustahkam va uzviy aloqa birligida rivojlanadi. Shuning uchun ham tarixchilar falsafa, adabiyot, tilshunoslik, dinshunoslik va boshqa fanlarni bilmay turib, haqqoniy tarixni to‘la yoritib berolmaydilar. Shuni ham aytish lozimki, tarix bilan boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlarning o‘rganish obʼyekti bitta, yaʼni jamiyat hisoblanadi. Predmeti esa inson va tabiatdir. Shuning uchun ham boshqa fanlar tarix fani taraqqiyotiga, tarixiy haqiqatlarning ro‘yobga chiqishiga bevosita yordam beradi. Shuningdek, tarix fani ham boshqa soha fanlari rivojiga katta taʼsir etadi. Bundan tashqari tarix boshqa fanlarni, shuningdek, ijtimoiy- gumanitar fanlarning ham tarixidir. Chunki boshqa fanlarning hammasi ham tarix mahsulidir. Muxtasar qilib aytganda, tarix fani, yaʼni Vatan tarixi – millat va Vatan kelajagining ravnaq topishida muhim ahamiyatga ega. Masalaning mohiyati shundaki, birinchidan, ijtimoiy-gumanitar fanlarning rivojlanishi har jihatdan tarix fanining naqadar haqqoniy bo‘lishiga bog‘liqdir. Chunki ular tarix bilan bevosita bog‘liq. Ikkinchidan, tarix falsafasi qanchalik to‘la va ravon tarzda yuzaga chiqsa, boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlarning mazmun va mohiyati hamda taʼsirchanligi ham shuncha yuksak darajada bo‘ladi. Tarix falsafasi deganda, tarix, yaʼni o‘tmish tajribasi va sabog‘idan to‘g‘ri xulosa chiqara olish tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, o‘tmishtarixga qarab, kelajakni his etish, ko‘ra bilish va to‘g‘ri belgilay olish ham tarix falsafasini anglashni bildiradi. Tadqiqotchilarning eʼtirof etishlaricha, insonning shaxsiy manfaat va ehtiyojlari, qolaversa, uning qobiliyati, isteʼdodi, voqelikni teran idrok etishi tarix falsafasini anglab yetishda muhim ahamiyat kasb etadi. Аynan shu nuqtayi nazardan olib qaraganda, inson aql-idroki, uning tafakkur darajasi, hayotiy falsafasi, jamiyat taraqqiyoti yo‘lidagi barcha saʼyharakatlari hamda intilishlari maʼlum millat va jamiyat mentalitetini belgilab beradi. Mana shu mentalitet millat yoki xalqning umummadaniymaʼnaviy darajasi, aql-idroki va tafakkur maydonining salohiyatiga qarab o‘ziga xos mazmun-mohiyat kasb etadi. Tarix esa ana shu murakkab, ziddiyatli, shu bilan birga, qudratli ruhiyat va faoliyat orqali xotiraga aylanadi. Bu holat tarix falsafasini o‘zida ifoda etadi. Download 65.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling