1-mavzu. Kirish. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, uni o‘rganishning nazariy-metodologik tamoyillari. Mustaqillikka erishish arafasida o‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar. Reja


Farg‘ona voqealari. 1989-yil o‘rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘zgarishlar


Download 65.31 Kb.
bet8/11
Sana08.11.2023
Hajmi65.31 Kb.
#1755922
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1 mavzu sirtqi (1)

4. Farg‘ona voqealari. 1989-yil o‘rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘zgarishlar. Maʼlumki, XX asrning 80-yillari oxirlariga kelib sovet tuzumi parchalanishi arafasida mamlakatdagi inqirozli vaziyat millatlararo munosabatlarning keskinlashuvida ham o‘z aksini topdi. Chunki uzoq yillar davomida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy sohalarda to‘planib qolgan muammolar millatlararo munosabatlarga taʼsir etmasdan qolmadi. Bunday nizolar O‘zbekistonni ham chetlab o‘tmadi. 1989-yil may-iyun oylarida Farg‘ona viloyatidagi millatlararo mojarolar respublikadagi siyosiy vaziyatning keskin tus olishiga olib keldi. Respublikaning o‘sha paytdagi O‘zbekiston kompartiyasining sobiq birinchi kotibi Rafiq Nishonov boshchiligidagi siyosiy rahbariyati yuzaga kelgan bu murakkab vaziyatni to‘g‘ri baholay olmagani uchun yoshlarning ommaviy chiqishlari, millatlararo to‘qnashuvlar sodir bo‘la boshladi. Shu narsa ayonki, deya yozadi Birinchi Prezident Islom Karimov “...o‘shanda barcha voqealarning ildizi – Farg‘ona vodiysida yashayotgan aholining og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli bilan chambarchas bog‘liq edi. Yuzaga kelgan qaltis vaziyatni bartaraf etish uchun, eng avvalo, viloyatda, umuman, vodiy viloyatlarida yangi ish o‘rinlarini yaratish, bir so‘z bilan aytganda, odamlarga taʼminot va daromad manbayini topib berish zarur edi.
1989-yilning iyul oyiga qadar Farg‘ona viloyati aholisining hayot darajasini oshirish, mehnatga yaroqli aholining bandligini taʼminlash bo‘yicha maxsus dastur ishlab chiqildi va bosqichma-bosqich amalga oshirildi. 1989-yil 24 mayda Quvasoy shahrida yoshlar o‘rtasida bo‘lgan bezorilik millatlararo (mahalliy yoshlar bilan mesxeti turklar o‘rtasida) to‘qnashuvni keltirib chiqardi va bu mojaro Farg‘ona vodiysida ommaviy tus oladi. O‘sha davrdagi respublikaning rahbariyati yuzaga kelgan bu murakkab vaziyatni to‘g‘ri baholay olmadi. Natijada oddiy mojaro Farg‘ona, Marg‘ilon, Toshloq, Qo‘qon, Аndijon, Namangan, Toshkent viloyatida aholining, ayniqsa, yoshlarning ommaviy chiqishlariga aylanib ketdi va millatlararo to‘qnashuvlarda namoyon bo‘ldi. Mamlakatimizga rahbar etib saylangan Islom Karimov hokimiyat tepasiga kelgach, eng avvalo, mamlakatda tartib o‘rnatishga kirishdi.
O‘zbekistonning turli mintaqalaridan chiqqan etnik nizolar va ijtimoiy tanglik o‘choqlari shaxsan Prezident ishtirokida bartaraf etildi”. Rahbar nafaqat siyosatchi bo‘lishi, balki dastlab uning irodali, qo‘rqmas shaxs sifatida shakllanganligi ham eʼtiborlidir. 1989-yilning 23-iyunida Islom Karimov mamlakat rahbari bo‘lib saylangan kunining ertasigayoq, yaʼni 24 iyun kuni Ministrlar Sovetida Farg‘ona voqealariga bag‘ishlangan katta majlis o‘tkazadi. Mazkur majlisdagi chiqishida yangi rahbar siyosiy yetakchiga xos barcha fazilatlarini namoyon etadi. Islom Karimov davlat rahbari sifatida masalani keskin qo‘yadi: “Biz bundan buyon eskicha yasholmaymiz va bunday yashashga zamonning o‘zi yo‘l qo‘ymaydi” deya taʼkidlaydi. Ertasigayoq respublika rahbari janjal-to‘polonlar ichida qolib ketgan Farg‘onaga boradi. Lovillab yonayotgan uylar, tahlika va sarosimaga tushgan shahar va qishloqlar, qahr-g‘azabga to‘lgan odamlarning ichiga dadil kirib boradi. Ular bilan chin dildan, hech narsani yashirmasdan ochiq gaplashadi. Bu insonlarning shu vaqtga qadar hech kim eshitmagan ohu nolalarini tinglab, o‘zining yurakdan chiqqan samimiy va haqqoniy so‘zlari bilan bamisoli ularning qalbidagi yaralariga malham qo‘ygandek bo‘ladi. Аmmo voqelar qaltis tus olgan kezlarda Farg‘ona fojialari haqida respublika matbuotida va boshqa ommaviy axborot vositalarida to‘g‘ri maʼlumot berilmaganligi, bu mojarolarning kelib chiqishida, asosan, “mahalliy aholi aybdor” deb bir tomonlama va noxolis baholanishi vaziyatni yanada keskinlashtirdi. Taʼkidlash joizki, 1989-yil 11-iyunda Toshkent shahrida ishlayotgan va o‘qiyotgan farg‘onalik yoshlardan yuzga yaqini ommaviy axborot vositalarining voqealarga munosabati haqida bir qator to‘g‘ri talablarni qo‘yadilar. Bunday ommaviy chiqishlarga, kommunistik mafkura tartibiga qarshi borishlarga “ko‘nikmagan” mustabid tuzum siyosiy rahbariyati namoyishchilarga qarshi harbiy qism tashlaydi. 1989-yil 8-iyunda Qo‘qonda tinch namoyishchilar ana shu harbiy qism askarlari tomonidan o‘qqa tutildi, natijada 50 dan ziyod namoyishda qatnashgan aholi halok bo‘ladi (ularning ko‘pchiligi yoshlar edi), 200 dan ortig‘i esa yarador qilinadi. Umuman 3-12-iyun kunlari Farg‘ona viloyatida bo‘lgan millatlararo to‘qnashuvlar va ularning harbiylar tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida 103 kishi halok bo‘lgan, 1009 kishi jarohatlangan va 650 xonadonga o‘t qo‘yilib, vayron qilingan.
Voqealarning keng miqyos va fojiali tus olganligi sababli sovet va maʼmuriy organlar tomonidan mesxeti turklarini Farg‘onadagi harbiy qism poligonidagi lagerga hamda Tojikistonning Leninobod (hozirgi Sug‘d viloyati) viloyati Аsht tumanidagi Novgarzon posyolkasiga shoshilinch ko‘chiriladi. Minglab odamlarni bunday lagerlarda uzoq saqlab bo‘lmas edi. Shuning uchun 16.282 kishi Farg‘ona viloyatidan Rossiyaning Smolensk, Orlovsk, Kursk, Belgorod va Voronej viloyatlariga ko‘chirib olib borib joylashtiriladi. Zero, o‘zbek xalqining vijdoni pok. Farg‘ona voqealari o‘zbek xalqining irodasi bilan sodir bo‘lmadi. Bu voqealarga tuturuqsiz va g‘arazli maqsadlarni ko‘zlab, kim qanday bo‘yoq bermasin, tarix, albatta, o‘zining adolatli hukmini chiqaradi. Baynalminalchilik, mehmondo‘stlik, yaxshilik, qalb saxovati hamisha o‘zbek xalqiga xos fazilat bo‘lib keldi. Maʼmuriy buyruqbozlik tizimi, kadrlar siyosati, qatag‘onlar, sanoat, elektroenergetika, mashinasozlik, asbobsozlik, irrigatsiya, melioratsiya, qo‘riq va bo‘z yerlar, ijtimoiy hayot, madaniy hayot, fan, adabiyot va sanʼat, taʼlim-tarbiya, “qayta qurish”, “paxta ishi”, paxta yakka hokimligi, ekologik muammolar. Respublika rahbarining bunday qatʼiyati asossiz taʼna va bo‘xtonlardan ezilgan, turli tahdidlar oqibatida tahlikaga tushgan xalqning ruhini ko‘tardi. Islom Karimov qonli voqealar haqidagi haqqoniy fikrlari bilan xalqimiz shaʼniga otilgan malomat toshlari butunlay bo‘hton ekanligini isbotlaydi. Аyni paytda vahshiylik qilgan, odam o‘ldirgan, tartibsizliklarni keltirib chiqargan, uylarga o‘t qo‘ygan, transport vositalarni yoqib yuborgan kimsalar o‘zbek millatiga mansub emasligini, ularning hammasi ataylab tashkil etilganini markazdagi minbarlardan turib jasurlik bilan aytadi. Davlat rahbari o‘sha davrdayoq Farg‘ona voqealarining tub sabablari quyidagi masalalar bilan bog‘liqligini asoslab bergan edi va bu sabablar Islom Karimovning asarida ham aniq ifodalangan. Bular quyidagilar:
1. Farg‘ona vodiysida yashayotgan aholining og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli.
2. Odamlarning taʼminoti, daromadi, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli haddan tashqari pastligi tufayli bunday holat O‘zbekistonning boshqa joylarida ham sodir bo‘lishi mumkinligi
3. Ishsizlik, ish o‘rinlarining kamligi, yaʼni ortiqcha ishchi kuchining ko‘payib borishi.
4. Yoshlar va ularni ishga joylashtirish masalasi jiddiy o‘ylab ko‘rilmagani kabi sabablar. O‘zbekistonning yangi hukumati Markaz bilan bo‘ladigan munosabatlarni o‘zgartirmay turib, ijobiy siljishlarga erishib bo‘lmasligini va buning uchun respublikaning to‘liq mustaqilligini taʼminlash zarurligini tushunib yetdi. Islom Karimovning tashabbusi bilan O‘zbekiston hukumati tomonidan 1989-yil 15-avgustda “Kolxozchilar, sovxoz ishchilari, fuqarolar, shaxsiy tomorqa xo‘jaliklari va individual uyjoy qurilishini yanada rivojlantirish to‘g‘risida” maxsus qaror qabul qilindi. Garchi bu g‘oya ittifoq rahbarlariga yoqmagan bo‘lsa ham, Islom Karimov o‘z fikridan qaytmay, uni jasorat bilan amalga oshira bordi. Natijada o‘sha yilning 4-oyida aholi qo‘shimcha 90,7 ming gektar yer oldi. XX asr 80-yillarining oxirlari – 90-yillarining boshlarida respublikada maʼmuriy-buyruqbozlik tizimi o‘z umrini o‘tab, bozor munosabatlariga o‘tish harakatlari endigina ro‘y berayotgan bir davrda, O‘zbekistondagi og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda jamiyatni demokratlashtirish, O‘zbekistonning haqiqiy suverenitetini o‘rnatish, mamlakatda yashayotgan ko‘p sonli millatlarning totuvligi va tengligini taʼminlashga erishishga kirishildi.
1989-yil 21-iyundan O‘z KP MQ birinchi kotibi lavozimiga kirishgan Islom Karimov boshliq siyosiy rahbariyatning asosiy vazifalaridan biri bu – O‘zbekiston xalqi bilan respublika rahbariyati o‘rtasida yuzaga kelgan vaziyatni barqarorlashtirish, iqtisodiy va siyosiy mustaqillikni taʼminlashdan iboratligi maʼlum bo‘ldi. Chunki O‘zbekiston rahbariyati xalqning xohish-irodasini hisobga olib, uning manfaatlarini ko‘zlab ish yuritishi lozim edi. Vujudga kelgan o‘ta og‘ir sharoit, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy qiyinchiliklarga, turli to‘siqlarga qaramasdan, xalqimiz Islom Karimov boshchiligida o‘zining asriy orzusi – O‘zbekistonning davlat suvereniteti va mustaqilligi sari dadil va qatʼiyat bilan harakat qilishda davom etdi. Shu bilan birga boshqa respublikalarda xususiylashtirish to‘g‘risida gap sotilayotganda, aynan muholiflar tomonidan o‘rinsiz tanqid qilinayotgan “konservatorlar respublikasi”da birinchilardan bo‘lib xususiy korxonalar paydo bo‘ldi. Respublikada do‘konlarni va maishiy xizmat ko‘rsatish sohasini xususiylashtirish boshlanib, 1990-yilning o‘zida 170 ming gektar yer oilalarga meros qoldirish huquqi bilan ijaraga berildi. Bu raqamni yarim million gektargacha yetkazish belgilab olindi. So‘nggi paytlargacha yerlarning bor-yo‘g‘i 4,5 foizida dehqonchilik qilgan shaxsiy xo‘jaliklar respublikadagi oziq-ovqat resurslarining 40 foiziga qadar bergani hisobga olinadigan bo‘lsa, yerlarning umumiy salmog‘ida bunday uchastkalar hajmi ikki barobardan ziyod oshganda oziq-ovqat mahsulotlari hajmi sezilarli darajada oshishi muqarrar.

Download 65.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling