1-mavzu: kirish. O'Zbekistonning madaniyati va san'ati tarixi fanining maqsadi va vazifalari. Reja
Download 429.47 Kb.
|
1-Mavzu
Ibtidoiy tasviriy san’at.
Dunyo tarixida ibtidoiy tasviriy san’at, xususan, g’orlarning devorlariga turli tasvirlar tushirish so’nggi paleolit davriga oiddir (Ispaniyadagi Altamir g’ori). O’rta Osiyoda ungurlar va qoyatoshlarga ishlangan rasmlar mezolit davrida paydo bo’ladi. Neolit davriga kelib bu san’at yangi asosda rivojlanish bosqichiga o’tadi. Kaltaminor, Hisor, ayniqsa Joytun madaniyatiga mansub yodgorliklardan ibtidoiy san’atning namunalari topilgan. O’tmish tariximizning xilma-xil yodgorliklari orasida muhim ahamiyatga ega bo’lgan va O’rta Osiyoning tog’lik tumanlarida keng tarqalgan qoyatosh rasmlari ishlanish usuliga ko’ra ikki xildir. Bir xillari bo’yoq (oxra) bilan, ikkinchi xillari esa-urib-o’yib ishqalash, chizish usuli bilan ishlangan rasmlar (petrogliflar) keng tarqalgan. O’lkamizdagi qoyatosh rasmlarning eng nodir namunalari Zarautsoy, Sarmishsoy, Bironsoy, Ko’ksaroy, Takatosh, Teraklisoy kabilar bo’lib, ular yuzdan ziyoddir. Mazkur joylardagi qoyatoshlarda O’zbekistonning qadimgi va hozirgi hayvonot olami vakillarining rasmlarini kuzatish mumkin. Ular buqalar, sherlar va yo’lbarslar, qoplon, tulki va bo’rilar, bug’u va jayronlar kabilardir. Rasmlar orasida o’q-yoy, qopqon kabi narsalar ham ko’pchilikni tashkil etadi. Mavjud qoyatosh rasmlari mazmunan boy va manzarasi jihatdan xilma-xildir. Unda odamlar, ov, yirtqich hayvonlar to’qnashuvlari manzaralari tasvirlangan. Respublikamizdagi eng qadimgi rasmlar Zarautsoyda bo’lib (Surxondaryo), bu rasmlar mezolit-neolit, ya’ni, mil.avv. VIII-IV ming yilliklarga oiddir. Qoyatosh rasmlari orqali o’sha davr odamlarining ov, mehnat va jangovar qurollarini bilib olishimiz mumkin. Toshkent vohasi qoyatosh tasvirlari G’arbiy Tyanshandagi eng ko’p tarqalgan qadimgi san’at turi hisoblanadi. Bu hudud bunday tarixiy yodgorliklarga juda boy bo’lib, hozirgi vaqtda ularning soni 10 mingdan oshadi. Ular mavzularining turli-tmanligi, yuqori badiiy darajasi, manzaralarining originalligi va ajoyibligi bilan ajralib turadi. Download 429.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling