1-mavzu: kirish. O'Zbekistonning madaniyati va san'ati tarixi fanining maqsadi va vazifalari. Reja


-MAVZU. BRONZA VA ILK TEMIR DAVRI MADANIYATI VA SAN'ATI


Download 429.47 Kb.
bet6/9
Sana31.01.2024
Hajmi429.47 Kb.
#1818615
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-Mavzu

3-MAVZU. BRONZA VA ILK TEMIR DAVRI MADANIYATI VA SAN'ATI
REJA:

  1. Bronza va ilk temir davrining o'ziga xos xususiyatlari.

  2. Bronza va ilk temir davri madaniyati va san'ati.

  3. Madaniy va savdo aloqalar rivoji.



Tayanch tushuncha va iboralar: Bronza va ilk temir davrining o'ziga xos xususiyatlari.
Bronza va ilk temir davri madaniyati va san'ati. Madaniy va savdo aloqalar rivoji.


Darsning maqsadi: Bronza va ilk temir davrining o'ziga xos xususiyatlari.
Bronza va ilk temir davri madaniyati va san'ati. Madaniy va savdo aloqalar rivoji haqida ilmiy adabiyotlar asosida ma’lumot berish

Ko’pchilik tadqiqotchilar fikriga qaraganda bronzaning vatani Kichik Osiyo va Mesopotamiya bo’lgan. Qadimgi Misr, Mesopotamiya, Kichik Osiyo va Eronning janubi-g’arbida mil avv. III-II ming yillikning boshlarida rivojlangan jamiyat keng ravnaq topadi. O’rta Osiyoda bronza davri mil. avv. III ming yillikdan I ming yillikning boshlarigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi.


O’zbekiston hududida bronza davrida asosan chorvachilik va dehqonchilik bilan shug’ullangan qabilalarning moddiy-madaniy yodgorliklari Xorazmda 50 dan ziyod ochilgan bo’lib Tozabog’yob madaniyati nomi bilan mashhurdir. Tozabog’yob madaniyatiga oid makonlarning ayrimlaridan qadimiy mozorlar (Ko’kcha), ko’pchiligidan esa yarim yerto’la shaklidagi uy-joy qoldiqlari ochilgan. Ulardan zeb-ziynatlar, hayvon suyaklari, sopol idishlar, toshdan va bronzadan ishlangan qurolar topilgan. Tozabog’yob sopol idishlari asosan qo’lda ishlangan. Xorazmdagi so’nggi bronza davriga oid yodgorliklar Amirobod madaniyati nomi bilan mashhur bo’lib mil. avv. IX-VIII asrlarga oiddir. Bu madaniyat sohiblari Tozabog’yob madaniyati xususiyatlarini saqlab, yarim yerto’la turar-joy, sug’orish inshootlari izlari va qo’lda yasalgan sopol idishlar bilan izohlanadi.
Quyi Zarafshonning bronza davri yodgorliklari Zamonbobo madaniyati nomi bilan ataladi. Zamonboboliklar chaylasimon kulbalarda istiqomat qilib dehqonchilik va xonaki chorvachilik bilan shug’ullanganlar. Topilgan ko’plab mehnat qurollari, boshoqli o’simliklar qoldiqlari va hayvonlar suyaklari shundan dalolat beradi. Shuningdek, zamonboboliklar jamoasida hunarmandchilikning turli tarmoqlari, xususan, kulolchilik, bronzani eritib undan har xil ashyolar yasash, ayniqsa toshni ishlash texnikasi ancha rivojlangan.
O’zbekistonning janubidagi bronza davri yodgorliklari qadimgi sug’orish hududlari - Ulonbuloqsoy, Sherobod, Bandixon va Mirshodida topib tekshirilgan. Ular Sopolli madaniyati nomi bilan mashhurdir. Mil. avv. II ming yillikning boshi va o’rtalariga oid Sopollitepa aholisining xo’jaligi dehqonchilik va uy chorvachiligiga asoslangan. Shuningdek, daryo toshlaridan va qumtoshdan ishlangan yorg’uchoqlar va hovonchalar ham ko’plab uchraydi. Bu topilmalarning barchasi Sopollitepada dehqonchilik ancha rivojlanganidan dalolat beradi. Tadqiqotchilarning fikricha, Sopollitepa hozircha O’zbekistondagi dastlabki eng qadimgi dehqonchilik qishlog’idir.
Amudaryoning o’ng qirg’og’ida shakllangan Sopollitepa – bronza davridagi daryodan kechuv yo’lini himoya qiluvchi mustahkam oldingi istehkom (forpost) sifatida paydo bo’lgan. Keyinchalik o’troq dehqonchilik jamoalari shimoliy chegaralarining kengayishi munosabati bilan Sopollitepa o’zining ilgarigi ahamiyatini yo’qota boshlaydi va bo’shab qoladi. Asosiy markaz vazifasi esa, tog’ darasidan chiquvchi yo’l ustidagi mustahkam qal’a sifatida paydo bo’lgan Jarqo’tonga o’tadi.
Mil.avv. II ming yillikning o’rtalariga kelib Jarqo’ton o’sha hududlardagi dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi aholi qabilalari uyushmalarining mustahkam istehkomiga aylanadi. Aynan mana shu istehkom orqali Hisor tog’ oldi vohalari va janubiy Tojikistonning g’arbiy hududlariga shimoldagi aholining ko’chishlari bo’lib o’tadi.
O’zbekiston hududida chorvador qabilalarga mansub bronza davri qabristoni Samarqand yaqinidagi Mo’minobod qishlog’idan topilgan.
Quyi Qashqadaryodagi Gujayli qabristonidan chorvachilik va dehqonchilik qabilalariga tegishli bo’lgan ashyolar, Farg’ona vodiysi Yangiariq hududidan dehqonchilik buyumlari va dehqonchilik bilan bog’liq qoyatosh suratlar, Chustdan hunarmandchilik va dehqonchilikka oid buyumlar ko’plab topilgan. O’rta Osiyo hududlarida yozuv yaqin kunlarga qadar mil.avv. V-IV asrlarda paydo bo’lgan deb kelinar edi. So’nggi yillardagi tadqiqotlar boshqacharoq xulosalar bermoqda. Xususan, 2000 yilda Janubiy Turkmanistondagi Gonurtepa qo’hna shahrida ochilgan qabrlarning biridan mil.avv. III ming yillikka oid o’yma sopol muhr topildi. Unda mixxat yozuvlar bor edi. Janubiy Turkmaniston qadimiyatining bilimdoni V. Sarianidi va amerikalik mutaxassis T. Sharlachlarning fikricha, bu xildagi muhrlar faqat podsho atrofidagi, podsho saroyiga yaqin shaxslarga tegishli bo’lishi mumkin. Mesopotamiyadagi Sargon muhrlarini (mil.avv. 2250-2200 yy.) eslatuvchi Gonurtepa muhri mahalliy xom ashyodan tayyorlangan bo’lib, undagi mixxat yozuvlar «Lukaks xo’jalik va qullar hukmdori», deb o’qildi. Ushbu yozuv bu yerdagi bronza davridayoq yakka hukmdor boshqaruvi va Mesopotamiya bilan o’zaro aloqalardan dalolat beradi.
Shuningdek, so’nggi arxeologik ma’lumotlarga ko’ra, O’zbekistonning janubidan ham piktografik belgi-yozuvlar topilgan. Tadqiqotchi Sh. Shaydullayevning fikricha, Jarqo’ton yodgorligidan sopollarga bitilgan 47 ta belgidan iborat yozuvning topilishi ajdodlarimizning bronza davrida piktografik yozuvni yaratgani va o’z fikrini turli belgilarda ifodalaganini ko’rsatadi. Shuningdek, Sheroboddagi G’oz qishlog’i yonidagi ilk temir asriga oid yodgorlikdan tosh o’g’ir (keli) topilgan bo’lib, uning sirtida umumiy soni 14 ta bo’lgan piktorafik belgi-yozuv mavjud. Sh. Shaydullayev bu belgini Misr iyeroglifikasi bilan solishtirib ulardan biri «haqiqat», yana biri esa dunyoning aylanishi, ya’ni, «charxpalak» deb o’qilishi mumkinligini taxmin qiladi. Xullas, bronza davri va uning oxirlariga kelib o’lkamiz hududlarida yozuv paydo bo’lganligi ilmiy asoslanmoqda hamda keyingi tadqiqotlar bu masalaga yanada oydinlik kiritishi shubhasizdir.
Miloddan avvalgi I ming yilliklar boshida Markaziy Osiyoda temir tarqalishi, o’troq dehqonchilikning rivoj topishi natijasida, jamiyat rivojlanishida tub o’zgarishlar yuz bera boshlaydi. Katta Xorazm, So’g’diyona, Baqtriya kabi davlatlarning paydo bo’lishi, shuningdek shu davlatlar doirasida baqtarlar, sug’dlar va xorazmiylar kabi xalqlarning yuzaga kelishi va yangi qarashlarning shakllana borishi munosabati bilan bu davrga xos turmush tarzini ifodalovchi madaniyat ham yuzaga keldi.
So’nggi bronza va ilk temir asri davrlarida o’tga topinish keng tarqalgan. Bu haqda o’sha davrga oid arxeologik yodgorliklarni qazish vaqtida topilgan ibodatxona va ulardagi mehrob qoldiqlari dalolat beradi (Surxondaryoda Jarqo’tondan topilgan otashparastlik ibodatxonasi, Tog’alak va Sarazm topilmalari).
Davlatchilikning yuzaga kelishi kelishi bilan Maroqand (Samarqand), Kiropol (O’ratepa) kabi yirik shaharlar, qal’alar, qo’rg’on va istehkomlar qad ko’targan. Miloddan avvalgi VIII-VII asrlarda yaratilgan ajdodlarimizning muqaddas kitobi «Avesto» da ular «Var» deb ko’rsatiladi.
Markaziy Osiyo xalqlari qadimda ajoyib me’morchilik obidalarini bunyod etganlar. Qadimdan qolgan yodgorliklar – Qo’yqirilgan qal’a, Tuproqqal’a, Ayritom, Yonbosh qal’a, Dalvarzintepa, Varaxsha va boshqa tarixiy joylardan topilgan ajoyib saroylar, qadimiy san’at namunalari – me’morchilik, tasviriy san’at, o’yma naqshlar va haykaltaroshlik namunalari madaniyatning yuksak darajasi haqida dalolat beradi
Keyingi yillarda qadimgi Baqtriya hududida olib borilgan arxelogik tadqiqot ishlari natijasida Janubiy Baqtriyada Oltin-1 va Oltin-10 hamda Baqtra shahri vayronalarini, Shimoliy Baqtriyada esa Kuchuktepa, qiziltepa, Talashkantepa, Bandixon-2 kabi yodgorliklar qo'hna Baqtriya podshohligi haqida qadimgi mualliflarning bergan ma'lumotlari to'g'ri ekanligini tasdiqlaydi. Topilmalar bu davlatda yashagan aholi mustahkam mudofaa devorlari bilan o'rab olingan shahar tipidagi makonlarda yashab, dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik, quruvchilik va savdo­sotiq bilan shug'ullanishgan.Baqtriya davlatining xududi hozirgi Afg'onistonning shimoliy qismi, O'zbekistonning janubiy qismi va Tojikistonning Amudaryoga yaqin bo'lgan yerlarda joylashgan edi. Bu hudud esa Buyuk Ipak yo'lining markazi hisoblanardi. Shu sababli qadimgi shahar madaniyati aynan shu hududda shakllangan. So'nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlar natijasida qadimgi davlatlar ro'yxatiga Sug'diyona davlatini ham kiritish imkoniyati tug'ildi. Mil. avv. IX-VII asrlarga oid tarixiy­ma-daniy yodgorliklar Sug'diyona hududlarida davlatchilik tarixi aynan mana shu davrdan boshlanganligidan dalolat beradi. Turli manbalarda Sug'da, So'g'uda, Sug'diyona nomlari bilan mashhur bo'lgan qadimgi tarixiy madaniy o'lka hozirgi Zarafshon va qashqadaryo vohalarini o'z ichiga oladi. Ko'hna shahar xarobalari So'g'diyonaning to'rtta joyi (Yerqo'rg'on, Afrosiyob, Uzunqir, Ko'ktepa)da topib o'rganilgan bo'lib, ular hozircha O'zbekiston-dagi eng qadimgi rivojlangan shahar madaniyatini o'zida aks ettiradi.
O'rta Osiyoda dastlabki madaniyat markazlarining vujudgakelishi 6-7 ming yil oldingi davrlarga to'g'ri keladi. Bu borada mashxur akademik V.M Masson keng ko'lamda ilmiy tadqiqotlar olib borgan. 1956—1957 yillarda shimoliy Turkmanistonda olib borilgan kuzatishlar qadimgi madaniyatimiz uchun ma`lumotlar berdi.
V.M. Masson tadqiqotlariga ko'ra bu davrda O'rta Osiyoning janubi-g'arbida dexqonchilik va chorvachilikka asoslangan jamoa va yangi tildagi madaniyat shakllanadi.
Bu original ilk dexqonchilik madaniyati Jayxun madaniyati deb atalib, mil.avv VI — V ming yiliklarga mansubdir. Bu madaniyat guvuladan asoslangan uylar, arxaik shakldagi rangli dunyoning to'rt tarafiga qarab turgan xamda ustidagi gumbazi quyoshni aks ettirgan. Afrasiyobda axamoniy madaniyati taqlidan yasalgan otliq podsho tasviri tushirilgan o'choq topildi. Yettisuv vodiysidan topilgan to'rt oyoqli va chetlarida qanotli sher tasvirida tushirilgan to'rt quloqli katta qozon xamda oyoqli baland qilib ishlangan kichik qozon, katta Farg'ona kanali qurilipsh paytida topilgan uch oyoqli, chetlarida tog' tepasi tushirilgan ulkan bronza qozon xam shu davrga mansubdir. Axamoniylar davrining muxtasham yodgorligi Naqshi Rustam darasidan topilgan shox Doro tobutidagi bezakli tasvirlar orqali biz unga qaram bo'lgan turli xalq vakillarining qiyofasini tasavvur eta olamiz, Bu o'yma suratlarda ularning etnik tipi, kiyimlari qurol yaroqlari nixoyatda nafis va nozik ifodalangan. Xuddi shu manzara Pesopol saroyida xam takrorlanadi. Bu tasvirlar bizga o'sha qadimiy ajdodlarimizning qanday kiyimlar kiyib yurganlari to'g'risida aniq tasavvur beradi. Sug'diylar va Baqtriyaliklarning kiyimi bir xil bo'lgan. Kamarlak uzun kuylik, xatto o'sha kamar yoxud qayishning uchi bo'rtib chiqib turadi, boshqalarida do'ppini eslatadigan qalpoqcha. Sug'diylarda uzun, lekin tor ishton, baqtriyaliklarcha chalgov, oyoqlarida uzun junli etik, uning uchi qayrilib turadi.
Shuningdek, Xorazmliklar va barcha sak xalqlarining kiyimlari unchalik farq qilmaydi, yoqasiz uzun chakmon etaklarining uchi yoysimon qilib mo'yna yoxud charmga o'xshash bog'ichli qalpoq. Olti xaykalchadan xar birining belida «akinak» deb atalgan xos xanjar bor. Barchalari soqolli lekin sug'diy baqtriyaliklarning soqoli ancha uzun va ko'rkam. Ayollar kiyimi xaqida tasavurga ega bo'lish bir muncha mushkullik tug'dirgan. Xorazmdagi Talim barzuy manzilgoxi va Afrosiyob topilmalarida ayollar etaklari uzun kiygan, buning ustiga yengi uzun va kashtali xoshiyalar qilingan yopishqoq, oyoqlariga taqinchoq va zeb berilgan kovush, boshlariga do'ppiga o'xshash bosh kiyimni ko'rish mumkin.
Mana shu barcha qiyofalar Yunon tarixchisi Geradodning xarbiy saklar to'g'risidagi bayonlariga juda mos keladi, xamda Tojikistonning Kabodiyon manzilgoxida topilgan yangi manbalar asosida yanada oydinlashgan. Ilk quldorlik tizimi madaniyati bizga uncha ko'p bo'lmagan yodgorliklar orqali yetib kelgan bo'lib bu madaniyatning ikkita eng muxim yo'nalishi bo'lganligi ma`lum. Buning birinchisi ko'proq ko'chmanchi xujum bilan bog'liq bo'lib, adabiyotda «xayvon uslubi» degan nomda yetib kelgan. Turli xayvonlarning tasvirlashi ma`lum uslubda ishlash orqali xanjarlarning dastasini, ot anjomlarini xamda ko'chmanchilik xayotda foydalanadigan boshqa buyumlarni bezaganlar. Ikkinchi yo'nalish ko'proq o'rta xayot kechiruvchi axoli bilan bog'liq bo'lib, mashxur Amudaryo xazinasi bu xaqda to'la ma`lumot beradi. Xazina 1877 y.ilda Vaxsh daryosini quyilishi joyda qadimgi shaxar Taxti Kuvot xarobasida topilgan. Xazina asosan mil.av V — VI asrlarga oid san`at buyumlaridan iborat bo'lib bularning bir qismi O'rta Osiyoda tayyorlangan bo'lishi mumkin. Saklarning tasviri tushurilgan oltin jevaklar, koxinlarning oltin xamda kumushdan ishlangan xaykalchalari, ikki g'ildirakli aravaning oltindan yasalgan modeli, xayvonlarning juda ko'p xaykali — bularning xammasi qadimgi zargarlik san`ati yuksak darajada bo'lganligidan dalolat beradi.
O'sha davr O'rta Osiyo xalqlarining to'la xususida fikr yuritish juda mushkul. Yunoniston tarixchilaridan biri qancha tarixiy nomlarni keltirishdi, biroq ular o'sha nomlarni o'z tillarida moslashtirib yozishgan. Ular o'zlari ifoda eta olmagan shilpildoq, jarangli tovushlarni «s» xarfi bilan almashtirib ifoda etganlar. Shu bois To'maris, Amogra, Sparetra, Zariad va Zarina nomlari aslida qanday aytilganligini biz bilmaymiz. Faqatgina «sak» so'zi shaka shaklida ifoda etilgani ma`lum.
Amudaryo Yunon tilida «Oks», Xorazm tilida «Okuz», Sirdaryo tilida «Tonois», maxalliy nomda esa Yaksarat, Zarafshon tilida «Politimit»., «Avesto» da esa «Dait`ya» va xakozo. Yunon yozuvchisi Elian saklarning farq qiluvchi o'z tili va tilini Shimoliy Kavkaz va Abxaziya tillari bilan juda yaqin turadigan yafetik tizimga kiritilgai edi. Toxarlar — qadimgi daxlarning avlodi bo'lib ularning tilida Yunon, armani va slavyan tillariga o'xshab ketadigan tomonlar bo'lgan. S.P Tolstov ularning tili Qora dengizning shimoliy qismida yashagan komeriylar tiliga yaqin deb xisoblaydi. Komeriy aslida Xorazmlik xazarlarning nomlaridir, degan talqinlar xam mavjud. Xususan bu davrlarda maxalliy til qo'llanilishi bilan birga dariy tili ma`muriy til sifatida yuzaga chiqadi. Rasmiy ma`lumotlar uchun esa. Erondagi mixxat yozuvidan foydalanilgan bo'lib extimol oromiy mixxat yozuvi o'z navbatida finikiy alifbosi asosida yaratalgan bo'lib, u 22 ta xarfdan iborat edi. Bu yozuv keyinchalik sug'diy va xarazmiy yozuvlari uchun xos bo'lib xizmat qildi. O'sha davrlarda yana bir til yunon va sug'd tilarining omuxtasi mavjud bo'lib podsho Kserks tomonidan Miletdan ko'chirib kelingan axoli ana shu tilda so'zlashgan.
Ularning avlodlarini esa Aliksandr Makidonskiy qirib yuborgan. Ammo shu davrda og'zaki ijod kamol topadi va muqaddas «Avesto» yaratiladi. «Avesto» qaxramonlari Baxdil, Sug'diyona, Marg'iyona va Ayrian Vaeja xududlarida zafarlar qozoniladi.
Saklarning boxodirlari xaqida ayrim lavxalari 3 asrda yashab o'ttan Yunon shoiri Polien o'z asarlariga kiritadi, u eri Amorgni qutqargan malika Sparetra, eronliklarni cho'lga daydiratgan Shiroq voqeasi shular jumlasidandir. Yunonlar sak malikasi Zarina va Midiya shahzodasi Striangi sevgisi xususida shuningdek bir— birlarini tushda ko'rib sevib qolgan skiorlar shoxi Odatidning qizi xamda Zariadra xaqida ajoyib asarlar yozishgan. Bu davrda O'rta Osiyo xududidagi xalqlar bir necha din va atshdalarga rioya etganlar Zardushtiylik, Mitra oqimiga qo'shilib ketgan Tabit Anaxit ervoniylik, ajdodlar ruxiga sajda qilish, shamanlik, Siyovushga sajda qilish va xakazo.
Olimlar orasida zardushtiylik dini Midiyadan tarqala boshlagan, degan «g'arbiy nazariya mavjud». Biroq, buning aksi o'laroq yuzaga keltan «sharqiy nazariyaga» binoan esa Xorazm, Baqtriya, Sug'diyona va Parkana mazkur dinning vatani xisoblangan. Bu nazariya tarafdorlari ko'pincha zardushtiylikni Xorazm bilan bog'laydigan va taxminga ko'ra «Avestoda» xikoya qilingan «adarxura» muqaddas olovini shu yerda yoqilganligini isbotlashga urinadi. Avestoda yozilishicha bu voqea Zardushtda oldiga tashrif buyurgan ayrian —vajea madaniyati sodir bo'lgan.
Ayrian—Vaejaning manzaralari esa jug'rofiy jixatdan aynan Xorazm yurti manzilariga nixoyatda mos keladi. Avestoda qora kuchlar xomiysi Axriman zulum o'tkazgan yurtlar sanab o'tiladi. Bular ichida Ayrian—Vaeja, so'ngra odamlar va chorvalarga boy badavlat sug'diyona, buyuk va muqaddas Mauru (marv) tog'larini baland ko'targan Baxdi (baqtriya) mamlakatlari sanab o'tiladi. Mazkur muqaddas kitobga zardushtga ya`ni, nur olov tarqatuvchi xudoning tug'ilgan yurti baland tog'lar, yashil yaylovlar, moviy ko'llar, keng daryolar o'lkasi sifatida tasvirlanadi, yani bu Iskata (skifiya), pourata (porfiya), mourata (marv), sug'diyona, Xvayrezm (xorazm) ni o'z ichiga olgan buyuk mamlakatdir. Avesto asari aka-ukalar, ya`ni ezgulik xudosi Axuramazda bilan yovuzlik xudosi Axrimanning o'zaro muttasil kurashiga asoslanadi, Avestoda gox yaxshi, gox yomon kuchlar g'olib kelib o'z xukumronliklarini o'rnatadilar. Zardushtiylik ta`limoti Eronda birmuncha boshqaroq tarzda o'zgara bordi. Chunki axamoniylar podshosi Axuramazda siymosini uning yerdagi kaviy nomi bilan bog'laydilar va o'z nomlariga «Saoshiant» nomini ko'rib oladilar. Bu so'zning ma`nosi esa insoniyatning qutqaruvchisi, xomiysi demakdir.
Yunon tarixchi olimi Strabon massagetlar xaqida « ularning xudosi quyosh bo'lib otlarni so'yib qurbonlik kilar edilar» deb yozadi. Sak qabilalari va massagetlar orasida quyosh va suv yoxud o't va suv unsurlari bilan bog'langan diniy ta`limot xukum suradi.
Massagetlar mamlakati tarkibiga kirgan xorazmliklar yurti nomi aslida «xvar» quyosh «zm» —zamin yer ma`nolarini ifoda etgan. O'sha davr o'rta Osiyoliklari, forslar va armanlar tilida yer, suv, xosildorlik va muxabbat xudosi Anaxit nomi bilan atagan, undan ilgariroq esa tadib deb yuritilgan (tab—nur, Kiyosh—yorug'lik demakdir). Mitra va Anaxit siymolari orqali mazkur aqida to arablarga qadar davom etib kelgan. Ayrim ma`lumotlarga qaraganda o'rta osiyoning bazi xalqlari juda ibtidoiy qullarning bu davrga kelib shamonizm formasiga kirib qolgan qoldiqlari mavjud edi. Geradot massagetlar xaqida xikoya qilib shunday yozadi: «Ular muayyan daraxtlarning mevalariny bir joyda to'p—to'p qilib yig'adilar, so'ng gulxan yoqib, uning atrofiga davra qurib o'tirishadi va mevalarni olovga tashlashadi, so'ngra olovga tashlangan kuyayotgan mevalarni xidlab, ularning xididan elinlar xuddi vinodan mast bo'lganday kayf qilganlar, olovga qancha ko'p meva tashlansa ularning kayfi shuncha tarang bo'lgan». O'muman o'rta Osiyo xalqlarining ilk quldorlpk tizimi o'ziga xos xususyyatXari bilai uning madaniyat taraqiyoti xam juda boy tarixga eta, Mavjud tarixiy mambalarga qaraganda jaxon madaiiyatiniig yirik o'choqlaridan biri o'sha davrlarda aynan o'rta Osiyo bo'lgailygy qayt etiladi.
Guldor sopol buyumlari, turli xil mexnat qurollari orqali chuqur o'rganilgan, Joyxun madaniyati yodgorliklaridan stratigrafik o'rganish tufayli mil.av VI —V ming yilliklar doirasida mazkur madaniyatning taraqiyot bosqichlari aniqlandi va uning kelib chiqish ildizlari shimoliy Iroqning Jarmo madaniyati bilan bog'liq ekanligi aniqlandi. Turmush tarzi ovchilik va baliqchilikka asoslangan ibtidoiy jamoa xo'jaliklari O'rta Osiyo va Qozog'istonning ayrim mintaqalarida topilgan. Taniqli etnograf va arxeolog olim YE.P Tolstov Xorazmda ilmiy tekshirish jarayonida Jayxun madaniyatiga o'xshash bo'lgan, yana bir madaniyat markazi aniqlab yaqin qishloq nomi bylan Kaltaminor madaniyati. deb nomladi. Bu madaniyatda uch bosqich borligi kuzutiladi. 1. ilk bosqich m.ol VI —V ming.y. 2.o'rta. bosqich m.ol. IV—III ming y. bu bosqichlarning madaniy kiyofasi ularga xos ishlab chiqarish, mexnat kurollari xamda sopol buyumlari o'z aksini topgan, Ularniig turar joylari yirik chaylalardan iborat ekanligi ta'kidlanadi. Kaltaminor m.adaniyati jamoalari sopol ishlab chiqarishda juda moxir bo'lishgan, Sopol yasashda ular xam kulolchilik charxidai foydalanishni bilmas edilar. Kulollar dastlab sopol idish tayyorlash uchun chipta qopga o'xshash materialdan xaltachalar yasagan. Xaltacha qumga to'ldirilib, ularning ustidan obdon tayyorlagan maxsus loy bilan suvash qilingan. So'ngra idishlarning bir nechasi yer tandirga o'xshash xumdon ichidagi olov ustida terib chiqilgan va xumdonning og'zi maxkam qilib berkitilgan va shu tariqa o'ta Pishiq idishlar tayyorlangan. Qaltaminorliklar yasagan sopollarning sirtida odatda naqsh berilgan. Naqshlar chizma uslubda ishlangan. Ular turli geometrik shakllarda o'z aksini topgan. Asosan naqshlar uchi uchli yog'och yoki suyak pichoqcha yordamida ilon izi, romb, uchburchak, egri chiziq va boshqa naqshlarda chizilgan. Sopol naqshlari ularni olovga pishirganga qadar berilgan. Kaltaminor madaniyati idishlarni xammasi xam naqsh bilan bezatilmagan. Kaltaminor madaniyatining so'ngi bosqichi kelganda ba`za sopollarning rangli naqshi xam paydo bo'lgan. Bu shimol baliqchilari bilan janub dexqonlari o'rtasida yaqin madaniy aloqalar borligidan dalolat beradi. Kaltaminor madaniyatining so'ngi bosqichi sopol idishlarning shaklanishida o'zgarishlar yuz beradi. Naqshli idishlar keskin kamayady. Naqshlardagi murrakablik o'rnini oddiy naqshlar egallaydi. Tuxumsimon, tagi dumaloq idishlar yo'qolib, ular o'rniga tuvaksimon, osti tekis idishlar paydo bo'ladi. Umuman Kaltaminor madaniyati faqatgina Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimi xavzalariga, qadimgi Xorazm yerlariga xos bo'lmay balki bu madaniyatga daxldor urug' jamoalari o'rta Osiyo ikki daryolari oralig'idagi barcha pas tekisliklarga xos madaniyatdir.
O'rta Osiyo xalqlari tarixi va madaniyati mil.avv III ming yilliklarda (mistosh) davri deb yuritiladi. Bu davr madaniyatiga oid ma`lumotlar juda kam bo'lib muttaxasislar tomonidan keng ko'lamda o'rganilgan. Biroq bronza va temir davriga oid tarixiy madaniy manzilgoxlar xar tomonlama atroflicha o'rganilgan. Jumladan bronza davriga oid yodgorliklar Turkmanistondagi Nomozgox, Xorazmdagi Tozabog'yob, Zarafshon voxasida Zamonbobo, Surxondaryodagi Sopollitepa va Namangandagi Chust madaniyati misolida kuzatiladi. Ayniqsa Sopolitepa va Chust madaniyati katta tarixiy axamiyatga ega ekanligi aloxida qayt etib o'tiladi.
Bronza davridagi ilk dexqonchilik jamoalarining madaniyatini o'rganish uchun O'zbekistonning janubidan topilgan yodgorliklarning muayyan qismi tadqiq etildi.Ana shu dexqonchilik madaniyati shartli ravishda birinchi tekshirilgan manzilgox nomi bilan Spollitepa madaniyati deb yuritiladi. Bu buyuk ustalar, nozik zargar va moxir quruvchilarning bundan 3500 yil avval o'z ijoddarining samarasi o'laroq bizga qoldirib ketgan mutloqo o'chmas yodgorliklari bo'lib, buyuk bir madaniyat izlari edi, 1960 yilning oxirlarida. Arxeologlar tomonidan olib borilgan ishlar natijasida O'zbekistonning Janubida bronza. asrining yuksak taraqiy etgan ibtidoiy (ilk) shaxar madaniyati dunyoga ma`lum va mashxur bo'ldi. Xozirgi paytdi bu yerda mazkur madaniyatning 20 dan ortiq yodgorligi, ya`ni turar joylari va qabristonlari o'rganildi. Ular orasida ayniqsa. Sopolitepa. va Jarqo'ton yodgorliklari atrofida uchraydi. Bu arxiologik yodgorliklarning tadqiq etilishi iatijasida mazkur madaniyatning tarkib topishi va rivojlanishini kuzatish xamda uni qadimgi sharq tillaridagi ibtidoiy shaxar sivilizatsiyasining yangi markazi sifatida baxolash, ayni vaqtda xronoligiyani aniqlashtirish imkoni vujudga keldiyu shuningdek dexqonchilikdagi qadimgi dexqonchilik madaniyati jamoalarining shimoldagi chorvador jamoalari bilan etnik madaniy aloqalar oydinlashtiradi. Ushbu madaniyat uchun turar joy qurulishida xam g'ishtli imoratsozlik xos bo'lib, bu inshoatlar o'ziga xos mudofa devorlari bilan o'rab olingan, xonadonlarda esa to'rtburchak shaklda ravon ko'chalari bilan rejalashtirilgan. Bu yerda kulolchilik, temirchilik, zargarlik, to'qimachilik, tosh va yog'ochdan ishlov berish kabi xunarlar nixoyatda rivojlangan edi. Keyingi yillarda Farg'ona vodiysida olib borilgan tadqiqotlar natijasida xar broiza davriga oid bir qator manzilgoxlar o'rganilgan. Bu madaniyat dastlab va eng ko'p o'rganilgan yodgorliklarning nomi bilan Chust deb atalgan.
Chust madaniyatiga mazkur yodgorliklar tekshirilib ko'rilganda, qo'ldan yasalgan guldon sopol qozon va tovoqlar ko'p uchradi. Ular orasida qaddi bukiltan turli shakldagi sopol tavoqlar, piyola bor edi. Uy ziynati sopol idishlarga qizil bo'yoq berilgan va sayqallangan. Ko'pincha shoxlar uchburchak romlar, tasmachalar ko'rinishida qora chiziqlar va boshqa to'rsimon shakllar tushirilgan. Chust madaniyatida metal bilan bog'liq xunarmandchilik yaxshi rivojlangan. Birgina Chust makonn tekshirish paytida 80 dan ortiq metal buyumlar aniqlangan.
Umuman O'rta Osiyoda qadimgi yodgorliklarning juda boy kompleksi voxalarda ekonomika va madaniyat taraqiy etganidan va bu yerda qadimgi davrlardayoq sinfiy jamiyat tashkil topa boshlaganligidan dalolat beradi.
O'rta Osiyo xalqlariiiig ilk quldorlik tuzumi davrlaridagi ma`daniyat va san`at yodgorliklarini keng ta'riflash juda mushkul. O'q — yoy, pichoq, xanjar, sopol buyumlar, turmush lavxalarini aks ettiruvchi qadimgi o'yma naqshlar, Anaxit ma`budasi tasviri, baland poshna etik, chukki qalpoq va chakmon kiygai erkaklarning xaykallari kabi sanoqli narsalar bu davr madaniyatini to'la o'rganishga imkon bermaydi.
Shunday bo'lishiga qaramasdan O'rta Osiyo xalqlarining Xindiston, Osuriya, Eron mamlakatlarining xarbiy va siyosiy ishlariga aralashuvi xamda ularning Yunoniston va Misr xududlariga kirib borishi mazkur xalqlarining madaniyati bilan mustaxkam aloqada bo'lganligi xaqida dalolat beradi.
Xorazmdan topilgan otashxona va boshqa ibodatxonalar, Abu Rayxon Beruniy ta'riflagan otashxonalar to'g'risida ma`lumot beradi. Janbos qal`a yodgorliklariga qarab esa o'sha davr memorchiligining shakllari xususida muloxaza yuritish mumkin inshoatlar to'g'ri qirrali qilib qurilgan.
Markaziy Osiyoda ilk davlat uyushmalari sun’iy sug’orish birmuncha qulay bo’lgan Amudaryo (yuqori, quyi, o’rta) oqimlari bo’ylarida, Murg’ob vohasida, Zarafshon va qashqadaryo vohalarida shakllangan va rivojlangan. Bunday holatni dunyo tarixidagi dastlabki davlatlar - Misr (Nil daryosi) va Mesopotamiya (Dajla va Frot) misolida ham kuzatish mumkin.
Metall qurollarning yaratilishi mehnat unumdorligining yanada yuksalishi uchun ulkan imkoniyatlar yaratdi, bu jarayon davlatchilikning ilk ko’rinishlarining paydo bo’lishiga zamin hozirladi. So’nggi bronza davriga kelib kulolchilik charxi ixtiro qilindi. Kulolchilikning rivojlanishi natijasida Sopollitepa, Oltintepa, Jarqo’ton, Afrosiyob kabi kulolchilik mahallalari paydo bo’ldi. Hunarmandchilikning toshga, metallga, yog’ochga, suyakka ishlov berish turlari keng tarqaldi. Hunarmandchilik ixtisoslasha bordi, xo’jalik tarmog’i sifatida shakllanib, rivojlana boshladi. Bu esa mehnat unumdorligini oshirdi, ortiqcha mahsulotning paydo bo’lishiga olib keldiki, natijada bu jarayon ilk davlatlarning paydo bo’lishiga omil bo’ldi.
Markaziy Osiyo hududlarida yashagan aholi qadimgi davrlardan boshlab o’zaro munosabatlarni rivojlantirib kelgan. qo’shni davlatlar Mesopotamiya, Misr, Hindiston, Eron, Afg’oniston bilan turli aloqalar rivojlana bordi.
Jamiyat hayotida sodir bo’lgan ijtimoiy­iqtisodiy o’zgarishlar mil. avv. III ming yillikning oxiri-II ming yillikning boshlariga kelib, Markaziy Osiyo hududlarida dastlabki shaharlarning paydo bo’lishiga olib keldi. Mil. avv. II ming yillikka oid Markaziy Osiyodagi Jarqo’rg’on, Sopolli, Dashtli, Gonur, Namozgoh, Oltintepa, Ulug’tepa kabi ilk shaharlar va shaharsozlik madaniyatining shakllanishi hamda rivojlanishi uchun quyidagi omillar asos bo’ldi:

  • aholining o’troq dehqonchilikka o’tishi va keng vohalar bo’ylab yoyilishi;

  • hunarmandchilikning rivojlanishi va ayrim sohalar bo’yicha ixtisoslashishi;

  • qadimgi savdo yo’llarining rivojlanishi natijasida iqtisodiy va madaniy aloqalar hamda savdo­sotiqning taraqqiy etishi;

  • tabiiy­geografik hamda harbiy­strategik shart­sha-roitlar.

Mil. avv. I ming yillikning boshlariga kelib, Markaziy Osiyoning nisbatan rivojlangan hududlarida ilk davlat uyushmalari paydo bo’ldi. Mil. avv. IX-VII asrlarga kelib, Baqtriya (Janubiy O’zbekiston, Janubiy Tojikiston, Shimoliy Afg’oniston) hududlarida harbiy ahamiyatga ega bo’lgan siyosiy birlashmalar tashkil topadi. O’sha davrda Marg’iyona va So’g’diyona qadimgi Baqtriyaning tarkibiy qismi bo’lganligi haqida turli ma’lumotlar bor. Baqtriya Sharqdagi eng muhim harbiy va iqtisodiy markazlardan biri bo’lib, qudratli shaharlar va qal’alarning ko’pligi, tabiiy xom ashyoga boyligi, muhim markaziy savdo yo’llari chorrahasida joylashganligi, hunarmandchilik ravnaq etayotgani bilan alohida ajralib turgan.
Ilk davlatning paydo bo’lishida o’zaro mahsulot ayriboshlash, savdo­sotiq va madaniy aloqalarning ham ahamiyati katta bo’lgan. Miloddan avvalgi III-II ming yilliklarga kelib Markaziy Osiyo jamiyatida sodir bo’lgan iqtisodiy taraqqiyot jarayonlari bu hududlarda ilk shaharlarning paydo bo’lishiga imkon yaratadi.
Olib borilgan tadqiqotlar natijasiga qaraganda shahar madaniyati dastavval Shimoliy Baqtriyada (Surxon vohasi), keyin esa So’g’diyona, Xorazm va Farg’ona xududlarida tarqaladi. Afrosiyob, Ko’ktepa, qiziltepa, Uzunqir, Yerqo’rg’on va boshqa shaharlarning yoshi taxminan 2700-3000 yildan kam emas. Ilk shaharlarning paydo bo’lishi dastlabki davlatchilikning shakllanishida eng muhim va eng asosiy omil bo’lib, bu ikkala jarayon uzviy bog’liq holda kechgan.
Markaziy Osiyoda Eron Axmoniylari bosqiniga qadar davlat bo’lganmi? U davlatga kimlar asos solishgan? Aholi qanday mashg’ulot bilan shug’ullangan?
Markaziy Osiyo xududidagi dastlabki davlat uyushmalari haqidagi yozma manbalar-zardo’shtiylikning muqaddas kitobi «Avesto», Ahmoniylar davri mixxat yozuvlarida, xususan, Behistun va Naqshi Rustam qoyalaridagi yozuvlar, yunon­rim tarixchilarining asarlaridir. «Avesto» ma’lumotlariga ko’ra jamiyat to’rt asosiy qismga-uy, oila jamoasi –’’nmana’’, urug’ jamoasi—’’vis’’, qabila-’’zantu’’, qabilalar ittifoqi – ’’daxyu’’ga bo’linadi. ’’Avesto’’dagi boshqaruv tizimi ma’lumotlariga qaraganda viloyat ’’daxyu’’ deb atalib, uning boshqaruvchisi ’’daxyupati’’ deb atalgan. Mamlakatni boshqargan odam ’’kavi’’ yoki ’’sastar’’ deb atalgan.
’’Avesto’’qadimgi jamiyatning to’rt toifasini ajratib beradi. Bular kohinlar, harbiylar, chorvadorlar va dehqonlar, hunarmandlar. qadimgi qishloqlarda zargarlik, kulolchilik, to’quvchilik va temirchilik rivojlangani haqida ham ma’lumotlar berilgan.

Download 429.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling