1-mavzu: kirish. O'Zbekistonning madaniyati va san'ati tarixi fanining maqsadi va vazifalari. Reja
-MAVZU. O'ZBEKISTONNING ENG QADIMGI DAVR MADANIYATI VA SAN'ATI
Download 429.47 Kb.
|
1-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushuncha va iboralar
2-MAVZU. O'ZBEKISTONNING ENG QADIMGI DAVR MADANIYATI VA SAN'ATI.
REJA: O'rta Osiyo eng qadimgi madaniyati va san'atining o'ziga xos xususiyatlari. Ibtidoiy diniy tasavvurlar, urf-odatlar. Paleolit, mezolit, neolit va eneolit davri madaniyati va san'ati. Tayanch tushuncha va iboralar: Ibtidoiy diniy tasavvurlar, urf-odatlar Paleolit, mezolit, neolit va eneolit davri madaniyati va san'ati. Darsning maqsadi: O'rta Osiyo eng qadimgi madaniyati va san'atining o'ziga xos xususiyatlari.Ibtidoiy diniy tasavvurlar, urf-odatlar.Paleolit, mezolit, neolit va eneolit davri madaniyati va san'ati tarixi haqida ma’lumot berish. Madaniyat nafaqat kishilar o'rtasida muloqatni amalga oshirishga yordam beradi, balki kishilarning faoliyatini va ular o'rtasidagi munosabatni tartibga solishga ham xizmat qiladi. Bunda madaniyatning tartibga solish (regulyativ) funktsiyasi namoyon bo'ladi. Madaniyatning regulyativ funktsiyasi kishilarning jamiyatdagi sharoitiga muvaffaqiyatli ko'nikish uchun xizmat qiladigan turli normalarda namoyon bo'ladi. Axloqiy, diniy, siyosiy, xuquqiy normalar Yana shular jumlasidandir. Madaniyatning tartibga solish funktsiyasi marosimlar, urf odatlarda ham erkin ko'rinadi. Albatta har qanday madaniyat normasi kishining ichki e'tiqodiga aylangan paytdagina uning faoliyatini tartibga soluvchi omil bo'la oladi. Shuning uchun ham bir kishining madaniyati qay darajada o'zlashtirganliklarini ularning turli sharoitda o'zlarini qanday to'xtatishlariga qarab bilib olamiz. Demak, inson faoliyatini tartibga solish, hayot tarzini shakllantirish madaniyatining muhim funktsiyalaridan biridir. Bu funktsiya tufayli madaniyat kishilarning muloqatini ishlab chiqarish va turmushdagi munosabatlarni ma'lum normalarga buysundiradi. Va nihoyat, madaniyatga baholash (aktsiaologik) funktsiyasi ham xosdir. Har bir madaniy qadriyatga biz o'zimizda shakllangan madaniy qadriyatlar nuqtai nazardan kelib chiqqan xolda ijobiy yoki salbiy, chiroyli yoki xunik, adolatli yoki adolatsiz deb baho beramiz. Baholash paytida albatta, har bir shaxsning o'z qarashlari qadriyatlar tizimi muhim rol uynaydi. Lekin aksariyat xollarda baholanayotgan xodisa o'zga madaniyatga tegishli bo'lsa, o'zimizga mansub bo'lgan madaniyat ruximizga sindirgan qadriyatlar tizimi ustivor bo'ladi va butun buy basti bilan o'zligini namayon qiladi. Ko'rinib turibdiki shakllangan barqaror qadriyatlar sistemasi bir tomondan ijobiy xodisalarni qabul qilish madaniyatining boyishiga xizmat qilsa, boshqa tomondan o'ziga zid bo'lgan xodisalarning ular xox o'tmishda, xox xozirgi zamonda yaratilgan bo'lsin, kirib kelishiga yo'l qo'ymaydi. Demak madaniyatning baholash funktsiyasi tufayli tanlash sodir bo'ladi, madaniyatdagi barqarorlik, og'ir bir davrdagi aytaylik, o'ziga xoslik Ayni paytda, davomiylik vorislikni ta'minlaydi. Mezolit va ilk neolit davrida tasviriy san’at paydo bo’ladi. Shubhasiz, tasviriy san’atning qadimgi yodgorliklari ibtidoiy odamning tevarak-atrof haqidagi tasavvurini aniqlash imkonini beruvchi qimmatli tarihiy manbalar hisoblanadi. Markaziy Osiyoda qoyalarga o’yib yozilgan va ranglar bilan chizilgan suratlar ko’plab topilgan. Yaxshi saqlangan suratlardan biri Zarao’tkamar g’oridagi qizil oxra bilan ishlangan tasvirdir. Unda ov manzarasi aks ettirilgan: yovvoyi ho’kizlar yugurib ketayapti, ularga itlar hujum qilmoqda, o’q-yoy tutgan ovchilar va qo’ng’iroqsimon liboslarda allaqanday sirli mavjudot ular tomon yugurib ketmoqda. Bu tasvir balki ibtidoiy odamlarning ov oldi hayvonlarning ruhlariga shafqat uyg’otish va ov muvaffaqiyatli o’tishi uchun tasavvurlari bo’lsa kerak. Miloddan avvalgi III ming yillikda Markaziy Osiyoda misni ishlata boshlagan. Undan qurol-aslahalar, bezak buyumlari (sirg’a, munchoq, bilaguzuk) yasashgan. Bronza asriga (mil. av. III-I ming yilliklar) oid Sopollitepa madaniyati uchun g’ishtli muhtasham imoratsozlik xos bo’lib, ularning atrofi o’ziga hos mudofaa devorlari bilan o’rab olingan, xonadonlar to’rtburchak shaklida qurilgan bo’lgan. Bu yerda kulolchilik, to’qimachilik, zargarlik, temirchilik, tosh va yog’ochga ishlov berilgan buyumlar topilgan. Ayniqsa, naqshsiz va bir xil rangda geometrik naqsh berilgan sopol idishlar ko’plab topilgan. Saymali (Farg’ona vodiysi) darasidagi qoyatosh suratlari so’nggi bronza davriga to’g’ri keladi. Ularning aksariyatida ulovli hayvonlar, ho’kiz bilan ot qo’shilgan va bir juft hayvon tortib ketayotgan arava, chana tasvirlangan. Qoratov qoyatosh suratlari ham yovvoiy ho’kizlarga, tog’ echkilariga, yovvoyi cho’chqa, barslarga qilingan ovni aks ettiradi. Bu yerda hattoki, odam bilan hayvon o’rtasidagi kurash sahnasi bor. Ular cho’qish uslubida ishlangan. Markaziy Osiyo mintaqasidagi tabiiy sharoitning qulayligi, ekologik muhit bu yerlarda insoniyatning ilk manzillarining paydo bo’lishi va ibtidoiy jamoa tuzumining shakillanishiga imkon berdi. Shu zaminning ajralmas qismi bo’lgan O’zbekiston hududida juda qadim zamonlardanoq odamzod istiqomat qilib kelgan. Qadimshunoslar fikriga ko’ra bu zaminda million yildan beri odam yashab kelmoqda. Turon zaminining Jayhun va Sayhun darѐlari oralig’idagi havzada kishilik jamiyatining ilk shakllanishi, uning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivoji o’ziga xos evolyusion taraqqiѐtda bo’lib shu yerda ibtidoiy to’da, qadimiy tosh asrining ibtidoiy jamoa xo’jaligi va nihoyat ibtidoiy san’at rivoji mavjud bo’ldi. O’zbekiston hududida qadimiy ibtidoiy madaniyat tosh asrining ilk bosqichida mil. avval 700 - 600 ming yillikdan 100 minginchi yillargacha bo’lgan davr borib taqaladi va bu madaniyat oddiy mehnat qurollari – toshdan ishlangan chopqichlar sifatida paydo bo’lgan. Shunday qurollar Sug’ vohasining Selengur g’oridan, Oxangaron darѐsi yaqinida Kulbo’loq manzili, Boysun tog’lari va Zaravshon oazisida Omonqo’ton, Zirabo’loq, Qo’tirbo’loqdan topilgan. Bu topilgan mehnat qurollarining ilk namunalari asosan ikki tomoniga ishlov berilgan chopqichlar bo’lib uning bir tomoni uchli va o’tkir bo’lishiga e’tibor berilgan. Tosh asrining yirik manzili Seleng’ur g’oridagi ashѐlar shundan dalolat beradi. Tosh asrining yuqori bosqichiga kelib hozirgi zamon odam qiѐfasi shakllandi, odamlar tabiiy g’orlarni o’zlashtira boshladilar, hayvonlar terisidan kiyimlar tayѐrladilar.Ular endilikda toshdan tashqari suyak, ѐg’ochdan o’zlari uchun kerakli buyumlarni yarata boshladilar, bigizlar paydo bo’ldi. Bu davrga kelib olovni ixtiro etilishi odamlar jamoasini yaxlitlashishiga olib keldi. Odamlar yashaydigan joylarda esa mehnat qurollari yasaydigan ustaxonalar paydo bo’la boshladi. rassomlik, haykaltaroshlik, me’morchilikning dastlabki ko’rinishlari shakllana boshladi. Ibtidoiy odamlar o’z mehnat va ov qurollarga, kundalik turmushda ishlatadigan buyumlarga turli belgi va chiziqlar chizib ularni go’zalligini orttira boshladilar, o’zlari uchun bezak-taqinchoqlar yaratishga harakat qilganlar Obisher (Farg’ona), Machoy g’ori (Boysun)dan topilgan suyak bigizlar, turli taqinchoq-marjonlar, shuningdek aѐl haykallari shu davr kishilari «nafosati» dalilidir. Asta-sekin odamlar katta bo’lmagan jamoalarga birlasha boshladilar. Ularning tez bir joydan ikkinchi joyga ko’chib o’tish, yangi yerlarni o’zlashtirish imkoniyatini berdi. Bu imkoniyat bir joyda paydo bo’lgan g’oyalarni yangi yerlarga yetib borishiga asos yaratdi. Inson tafakkuri va u bilan bog’liq ijodiy faoliyatni rivojlantirdi. Baliq tutish to’ri, ovchilik uchun kamon, o’tkir nayzali kamon o’qi ixtiro etildi, hayvonlar qo’lga o’rgatila boshlandi. Ko’chib yurish uchun zarur sol qayiqlar yaratildi. Mezolit asriga kelib (mil.av.12-7 minginchi yillar) ko’p joylarda yirik hayvonlar qirilib ketdi. Mayda hayvonlar oviga esa yakka ovchilikka olib keldi. Bu o’z navbatida shaxsiy mulk masalasiga borib taqaldi. Endi ov qilingan mayda hayvon go’shtini katta jamoada taqsimlash u ѐqda tursin kichik jamoa uchun ham kamlik qila boshladi. Mollarni qo’lga o’rgatish kengaydi. Shu davrning mashhur ѐdgoroliklari Farg’onada Obishir, Toshkentla Bo’zsuv, Surxandarѐda Machoy g’orlaridan topilgan. Tosh asrining dastlabki rasmlari qoya tosh yuzalari, g’or devor va shiplariga, suyak yuzalariga ishlangan. Ularda turli hayvon va qushlar tasvirini aks ettirilgan. O’zbekiston hududida shunday tasvirlar Toshkent, Surxondarѐ, Farg’ona, Jizzax, Sirdarѐ viloyatlarida saqlanib qolgan. Tasvirlar chaqa qilish (ya’ni qattiq tosh bilan urib yuzada chuqurchalar hosil qilish), qattiq qurol bilan yuzani tirnash ѐki chizish yo’li ѐki tabiiy bo’ѐqlar (rangli tuproqlar)ni mol ѐg’i bilan aralashtirish asosida yuzalarga rasmlar ishlangan. Obiraxmat, Xo’jakent (Toshkent), Suratsoy, Soymoli tosh (Farg’ona), Zarautsoy (Surxandarѐ), Taqa tosh (Jizzax) rasmlar mashhur. Markaziy Osiyo mintaqasidagi tabiiy sharoitning qulayligi, ekologik muhit bu yerlarda insoniyatning ilk manzillarining paydo bo’lishi va ibtidoiy jamoa tuzumining shakillanishiga imkon berdi. Shu zaminning ajralmas qismi bo’lgan O’zbekiston hududida juda qadim zamonlardanoq odamzod istiqomat qilib kelgan. Qadimshunoslar fikriga ko’ra bu zaminda million yildan beri odam yashab kelmoqda. Turon zaminining Jayhun va Sayhun darѐlari oralig’idagi havzada kishilik jamiyatining ilk shakllanishi, uning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivoji o’ziga xos evolyusion taraqqiѐtda bo’lib shu yerda ibtidoiy to’da, qadimiy tosh asrining ibtidoiy jamoa xo’jaligi va nihoyat ibtidoiy san’at rivoji mavjud bo’ldi. O’zbekiston hududida qadimiy ibtidoiy madaniyat tosh asrining ilk bosqichida mil. avval 700 - 600 ming yillikdan 100 minginchi yillargacha bo’lgan davr borib taqaladi va bu madaniyat oddiy mehnat qurollari – toshdan ishlangan chopqichlar sifatida paydo bo’lgan. Shunday qurollar Sug’ vohasining Selengur g’oridan, Oxangaron darѐsi yaqinida Kulbo’loq manzili, Boysun tog’lari va Zaravshon oazisida Omonqo’ton, Zirabo’loq, Qo’tirbo’loqdan topilgan. Bu topilgan mehnat qurollarining ilk namunalari asosan ikki tomoniga ishlov berilgan chopqichlar bo’lib uning bir tomoni uchli va o’tkir bo’lishiga e’tibor berilgan. Tosh asrining yirik manzili Seleng’ur g’oridagi ashѐlar shundan dalolat beradi. Tosh asrining yuqori bosqichiga kelib hozirgi zamon odam qiѐfasi shakllandi, odamlar tabiiy g’orlarni o’zlashtira boshladilar, hayvonlar terisidan kiyimlar tayѐrladilar.Ular endilikda toshdan tashqari suyak, ѐg’ochdan o’zlari uchun kerakli buyumlarni yarata boshladilar, bigizlar paydo bo’ldi. Bu davrga kelib olovni ixtiro etilishi odamlar jamoasini yaxlitlashishiga olib keldi. Odamlar yashaydigan joylarda esa mehnat qurollari yasaydigan ustaxonalar paydo bo’la boshladi. rassomlik, haykaltaroshlik, me’morchilikning dastlabki ko’rinishlari shakllana boshladi. Ibtidoiy odamlar o’z mehnat va ov qurollarga, kundalik turmushda ishlatadigan buyumlarga turli belgi va chiziqlar chizib ularni go’zalligini orttira boshladilar, o’zlari uchun bezak-taqinchoqlar yaratishga harakat qilganlar Obisher (Farg’ona), Machoy g’ori (Boysun)dan topilgan suyak bigizlar, turli taqinchoq-marjonlar, shuningdek aѐl haykallari shu davr kishilari «nafosati» dalilidir. Asta-sekin odamlar katta bo’lmagan jamoalarga birlasha boshladilar. Ularning tez bir joydan ikkinchi joyga ko’chib o’tish, yangi yerlarni o’zlashtirish imkoniyatini berdi. Bu imkoniyat bir joyda paydo bo’lgan g’oyalarni yangi yerlarga yetib borishiga asos yaratdi. Inson tafakkuri va u bilan bog’liq ijodiy faoliyatni rivojlantirdi. Baliq tutish to’ri, ovchilik uchun kamon, o’tkir nayzali kamon o’qi ixtiro etildi, hayvonlar qo’lga o’rgatila boshlandi. Ko’chib yurish uchun zarur sol qayiqlar yaratildi. Mezolit asriga kelib (mil.av.12-7 minginchi yillar) ko’p joylarda yirik hayvonlar qirilib ketdi. Mayda hayvonlar oviga esa yakka ovchilikka olib keldi. Bu o’z navbatida shaxsiy mulk masalasiga borib taqaldi. Endi ov qilingan mayda hayvon go’shtini katta jamoada taqsimlash u ѐqda tursin kichik jamoa uchun ham kamlik qila boshladi. Mollarni qo’lga o’rgatish kengaydi. Shu davrning mashhur ѐdgoroliklari Farg’onada Obishir, Toshkentla Bo’zsuv, Surxandarѐda Machoy g’orlaridan topilgan. Tosh asrining dastlabki rasmlari qoya tosh yuzalari, g’or devor va shiplariga, suyak yuzalariga ishlangan. Ularda turli hayvon va qushlar tasvirini aks ettirilgan. O’zbekiston hududida shunday tasvirlar Toshkent, Surxondarѐ, Farg’ona, Jizzax, Sirdarѐ viloyatlarida saqlanib qolgan. Tasvirlar chaqa qilish (ya’ni qattiq tosh bilan urib yuzada chuqurchalar hosil qilish), qattiq qurol bilan yuzani tirnash ѐki chizish yo’li ѐki tabiiy bo’ѐqlar (rangli tuproqlar)ni mol ѐg’i bilan aralashtirish asosida yuzalarga rasmlar ishlangan. Obiraxmat, Xo’jakent (Toshkent), Suratsoy, Soymoli tosh (Farg’ona), Zarautsoy (Surxandarѐ), Taqa tosh (Jizzax) rasmlar mashhur. Zarautsoy-Kamar g’oridagi ov manzarasi rasmi mashhur. Zarautsoy rasmlarining boshlanish paleolit davrining so’ngi bosqichiga to’g’ri keladi. Dastlabki rasmlar alohida ko’zatuvchan va ko’rgan narsasini imkoniyati bo’yicha to’liq aks ettirishga intilgani holda juda oddiy va sodda shakllardan foydalanadi. Rassom hayvonlardan buqani xususiyatlarini yaxshi xis etgan, ularning qudrati kuchi va harakatdagi vaqtini ishonarli va haqqoniy tasvirlagan. Zarautsoy rasmlaridan «Ov qilish» kompozisiyasi birmuncha murakkab, mazmuni esa davr kishilari hayoti, yashash tarzi va fikr yuritish qobiliyatini namoish etadi. ѐki bir necha hayvon tasviri ishlangan. Ibtidoiy rassom bu ishlarda o’zini Odamlar kuchli hayvonlarni ov qilishda o’zlari uchun nafaqat kamon balki, himoyalanish, hayvon psixologiyasini bilgan holda uning oldiga niqobda yashirinib borishi mumkinligini ko’rsatadi. Odamlar somondan pichan g’aramini eslatuvchi niqob yasab olganliklari ularni hayvon oldiga yaqin borish imkoniyatini bergan. Ovchilarning ko’rinib turgan oѐqlari esa ularning harakatini ko’rsatsa, itlarning oldinga tashlangan oѐqlari shu harakatni yanada ko’chaytiradi. Kompozisiyada tasvirlangan buqa (navos) xotirjam, baquvvat, lekin ziyrak o’z yemishi bilan band. Bir qarashda sodda, oddiy bo’lgan ana shu ibtidoiy san’at davr mohiyati, inson tafakkuri rivojini bilishda nihoyatda katta ahamiyatli ekanliligi bilan qimmatlidir. O’rta tosh asri (mezolit, mil.av.12-7 minginchi yillar)ning so’ngi yangi tosh (neolit, mil. Av.6-4 minginchi yillar) asrida dehqonchilik va chorvachilik o’tish tezlashdi. Ko’p yerlarda o’troq haѐt boshlandi, urug’ jamoasi shakllanib juft oila shakli paydo bo’ldi. Ona urug’i (matriarxat) davri boshlandi. Bu rivoj me’morlik tasviriy va amaliy san’atda ham o’z ifodasini topdi. Endilikda inson tabiat in’om etgan mahsulotlarni iste’mol qilish bilan chegaralanmay, balki o’zi ham ishlab chiqarish, moddiy boyliklarni ko’paytirishga o’ta boshladi. Bu davrning muhim yutuqlaridan biri bu oddiy loydan mustahkam sopol buyumlar yasash bo’ldi. Odamlar olovdan foydalanish va uning ѐrdamida isinish ѐki ovqat pishirish, balki uning ѐrdamida o’zi uchun kerak bo’lgan mehnat va ov va nihoyat jang qurollarini yaratishni o’rganib oldilar. Bu ixtiro keyingi kulolchilik va u bilan bog’liq naqqosh san’ati rivojiga katta turtki berdi. Sapolniing ixtiro etilishi ijtimoiy haѐtda katta o’zgarishlar yasadi. Endilikda odamlar faqat sopol buyumlar yaratish emas, balki ular uchun kerakli qoliplar olish va dastgohlar ixtirosiga ham o’ta boshladilar, toshni kesish, ularga pardoz berish san’ati ham davr kishilarining estetik qarashlarining rivoji edi. Bu davrda qurilish san’ati kengaya bordi. Odamlar loydan yer ustida uy qurish bilan ham shug’ullana bordilar. To’qimachilik, terini qayta ishlash sohasida muvofaqqiyatlarga erishila boshlandi. Hunarmandchilik, savdo sotiq rivojlandi. Odamlar orasidagi, urug’lar orasidagi munosabatlarni murakkablasha bordi. Ijtimoiy haѐtda erkaklarning roli orta boshladi. Shu zailda dastlabki sinfiy jamiyatning kurtaklari paydo bo’la boshladi. Enolit (mil.av.4 minginchi yillarning oxri 3 minginchi yillar) va bronza asri(mil.av. 2- 1 minginchi yillar) da ijtimoiy haѐtga keng ko’lamda mis va bronzani kirib kelishi ishlab chiqarish vositalarini murakkablashishiga, kishilarning turmush kechirish imkoniyatlarini boyitishga olib keldi va bu jaraѐnni yanada tezlatdi. Mehnat taqsimoti yuzaga keldi. Qabilalar orasidagi chorvadorlar, xunarmandlar ajralib chiqaboshladi. Patriarxat mustaxkamlandi. Mehnatni tashkil etish murakkablashuvi o’z navbatida qo’shimcha mahsulotlarni paydo bo’lishiga asos yaratdi. Inson ma’naviy jihatdan rivojlanishining yangi pog’onasiga ko’tarildi. Doston, xalq og’zaki ijodi, qo’shiqchilik, tasviriy amaliy san’atning turli ko’rinishlari rivojlandi. Me’morlik san’ati, uning mahobatli turlari endilikda davr mohiyatini aks ettiruvchi san’at turlarining yetakchi ko’rinishiga aylandi. Bu rivojlanish odamlarning diniy tushuncha, o’tganlar ruhi bilan bog’liq xolda bordi. Bu davr rassomchiligida hamon hayvonlar tasviri yetakchi o’rinni egalladi. Ular sharpa sifat xolda tasvirlangan. Bunday rasmlar Toshkent viloyatining Xo’jakent qoyalarida saqlanib qolgan. Davr haykaltaroshligi o’zining rangbarangligi bilan harakterlanadi, tosh, marmar, suyakdan haykallar ishlash, metall-bronza, oltindan haykallar quyish, loyni kuydirib terrakota haykallar ishlash jaraѐni keng tus oldi. Mavzusi ham birmuncha kengaydi. Alohida bosh haykali, janrli kompozisiya, turgan xoldagi haykallar shu yillarda ishlangan. Ko’pgina haykallarning yuzaga kelishi davr taqozosi, shu davr badiiy madaniyatining yangi ravnaqi edi. Chunki quyma haykal yasash haykaltaroshdan o’z g’oyasini amalga oshirishda qator jaraѐnlarni amalga oshirish, dastlab g’oyani materiallashtirish, ya’ni shaklini yasab olish, so’ng undan qolip olish va shundan keyingina qolipga kerakli metallni (bronza, oltin, mis) eritib quyish va nihoyat uni qolipdan chiqarib ishlov berish jaraѐnini ijodkordan aqliy ham jismoniy kuch talab etar edi. Shunday jaraѐnda amalga oshirilgan ko’pgina buyum va haykallar bizgacha yetib kelgan. O’tgan asrning 80-yillarida arxeolog O’.Islomov boshchiligidagi tadqiqotchilar Farg’ona vodiysidagi Selungur (So’x tumani) g’oridan paleolit davri makonini ochishga muvaffaq bo’ldilar. So’nggi tadqiqotlar natijalariga qaraganda Selungur ilk paleolit davriga oid bo’lib o’n uchta madaniy qatlamdan iborat. Bu qatlamlardan juda ko’plab ibtidoiy tosh qurollar topilgan. Bu qurollar ko’p hollarda Olduvoy qurollariga o’xshab ketadi. Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, Selungur topilmalarining yoshi 1 mln. yildan ziyodroqdir. Selungur topilmalari orasidan eng ahamiyatlisi qadimgi odam jag’ suyaklari, tishlari va yelka suyaklaridir. Fanda “Farg’ona odami”-”Fergantrop” deb nomlangan bu qazilma odam qoldiqlari eng qadimgi odam haqidagi tasavvurlarimizni yanada kengaytirish bilan birga O’rta Osiyo, xususan O’zbekistonning insoniyat paydo bo’lib rivojlangan o’choqlardan biri ekanligini uzil-kesil isbotlaydi. Undan tashqari Ko’lbuloq makonidan (1962 yilda ochilgan, Shimoli-sharqiy O’zbekiston, Toshkent vil.) ham ko’p qatlamli yodgorlik ochilgan bo’lib, uning eng pastki qatlamlari ilk paleolit davriga oiddir. Shuningdek, Qizilolmasoy va Toshsoy (Ohangaron) makonlaridan ham ilk paleolit qatlamlari ochilgan hamda bu yerdan 100dan ziyod chopper, nukleus, qirg’ich va tarashlag’ich tosh qurollar topilgan. O’rta paleolit(Muste madaniyati) - qadimgi tosh asrining muhim va ajralmas qismi hisoblanadi. O’rta paleolit davriga kelib (bundan 100-40 ming yil muqaddam) neandertal qiyofali odamlar keng hududlarga yoyiladilar hamda avvalgi davrga nisbatan tabiat bilan faolroq munosabatga kirishadilar. Bu davrda tabiiy sharoit o’zgarib Yevropa, Osiyo va Amerikaning katta qismini ulkan muzliklar qoplaydi. Natijada mamontlar, shimol bug’ulari, ayiqlar, umuman, sovuqsevar hayvonlar keng tarqaladi. Muzlikning siljishi oqibatida ob-havoning sovushi neandertal odamlarining tabiiy sharoitga moslashishiga turtki bo’lgan edi. Bunday moslashuv yashash zaruriyatining turli ko’rinishlari - sovuqdan saqlanish, boshpana izlash, kiyim kiyish, olovni kashf etish kabilar bilan izohlanadi. Undan tashqari bu davr odamlari o’z faoliyatlari davomida dunyoni bilish, tabiat to’g’risida, undagi o’zgarishlar va voqyealarga munosabat borasida ma’lum dunyoqarashga ega bo’lib, ibtidoiy bilimlar hamda fikrlash ko’nikmalarini egallay boshlaydilar. Bu davrga oid O’zbekistondagi dastlabki yodgorlik Teshiktosh (Surxondaryo) g’or makoni 1938 yilda A.Okladnikov tomonidan ochilgan edi. Keyinchalik O’rta Osiyo hududlarida tadqiqotchilar tomonidan o’rta paleolit davriga oid ko’plab makonlar aniqlandi va ularda tadqiqot ishlari olib borildi. Omonqo’ton (Taxtaqoracha dovoni, Samarqand), Qo’tirbuloq va Zirabuloq (Zarafshon vodiysi), Qorabura (Vaxsh vohasi), Jarqo’rg’on (Shimoliy Tojikiston), Obirahmat (Toshkent viloyati), Ko’lbuloqning yuqori qatlamlari (Toshkent viloyati), Qizilnur (Qizilqum), Tossor (Qirg’iziston), Og’zikichik (Tojikiston), Xo’jakent (Toshkent viloyati), Qopchig’ay (Qirg’iziston) kabi ko’plab makonlar o’rta paleolit davriga oid bo’lib, ularning jami 300 gayaqinlashib qoladi. Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, O’rta Osiyo hududlarida o’rta paleolit nisbiy tarzda mil. avv. 100-40 ming yilliklarni o’z ichiga oladi. Toshkent viloyatidagi Obirahmat makoni (1962 yilda ochilgan) Tyanshan-Chotqol tizmasidagi Paltov soyining yuqori oqimidan topilgan. G’or-makon yoysimon shaklda bo’lib, janubga qaragan, sahni keng, quruq va yorug’. G’orda 10 metr qalinlikdagi 21ta madaniy qatlam aniqlangan. Madaniy qatlamlardan ohak toshli chaqmoq toshdan yasalgan xilma-xil mehnat qurollari topilgan bo’lib, ularning umumiy soni 30 mingdan oshadi. Topilmalari bilan mashhur bo’lgan Qo’tirbuloq makoni Samarqand viloyati Kattaqo’rg’on hududlaridan topilgan. Tadqiqotlar natijasida makondan 5 ta madaniy qatlam aniqlangan. Qatlamlarning qalinligi har xil bo’lib, ulardagi topilmalar ham bir xilda tarqalmagan. Bu qatlamlarda o’tkir uchli poykonlar, qirg’ichlar, teshgichlar, ikki tomoniga ishlov berilgan bargsimon qurollar va boshqa turli-tuman tosh qurollar topilgan. Shuningdek, ko’plab yovvoyi hayvonlar - fil, bug’u, yovvoyi ot, quyon kabilarning suyaklari aniqlangan. Qo’tirbuloqda yashagan qadimgi odamlar mevalar va o’simlik ildizlari hamda yovvoyi hayvonlarni ovlab turmush tarzi yuritganlar. So’nggi paleolit uzoq davom etgan qadimgi tosh asrining oxirgi bosqichi bo’lib, nisbiy tarzda mil. avv. 40-12 ming yilliklarni o’z ichiga oladi. Bu davr yodgorliklari muste madaniyati yodgorliklari madaniyatiga nisbatan kamroq o’rganilgan. Hozirgi kunga qadar O’rta Osiyoda bu davrga oid 30 dan ziyod makonlar ochilgan. Samarqand (shaharning o’zida), Xo’jag’or (Farg’ona vodiysi), Shug’nov (Pomir etaklari), Ko’lbuloq (Toshkent viloyati), Qorakamar (Tojikiston), Achisay (Qozog’iston) yodgorliklari shular jumlasidandir. Bu davrda xo’jalikni boshqarish, olovni saqlash ayollar zimmasida bo’lgan. Shu bois ham urug’chilik tuzumiga asoslangan ibtidoiy jamoa - matriarxat (ona urug’i jamoasi) deb atalgan. Shuningdek bu davrga kelib hozirgi zamon qiyofasidagi odamning shakllanishi bir vaqtning o’zida yevropoid, negroid va mongoloid irqlarining paydo bo’lishiga olib kelgan edi. Ular bir-birlaridan terisining rangi, soch va ko’zlarining shakli hamda rangi, muskular va bo’ylarining uzun-kaltaligi, bosh suyagining shakli, yuz tuzilishi va boshqa belgilari bilan farqlangan. Irqlarning shakllanishida tabiiy sharoit ham muhim ahamiyat kasb etgan. Negroidlar Afrikada, yevropoidlar Yevropada, mongoloidlar Osiyo hududlarida keng tarqalganlar. Toshkent viloyatida (Ohangaron) joylashgan Ko’lbuloq makonining eng tepadagi uchta qatlami so’nggi paleolit davriga oiddir. Bu qatlamlardan nisbatan takomillashgan tosh qurollar hamda ko’plab hayvon suyaklari topilgan. Shuningdek, so’nggi yillarda Toshkentning g’arbidagi Bo’zsuv I makoni ham so’nggi paleolit davriga oid ekanligi aniqlangan. Samarqand shahrida 1939 yilda ochilgan yodgorlik mintaqadagi so’nggi paleolit davriga oid dastlabki makon hisoblanadi. Samarqand makoni ko’p qatlamli bo’lib bu qatlamlardan ko’p sonli (7,5 ming) xilma-xil topilmalar topilgan. Ular orasida qirg’ichlar, kesgichlar, sixchalar, pichoqlar, ushatgichlar, boltalar kabilar bor. Shuningdek, madaniy qatlamlardan gulxan qoldig’i, ko’mir parchalari va gulxan atrofidan hayvonlar hamda o’simliklar qoldiqlari aniqlangan. Bu topilmalar bu yerda yashagan qadimgi odamlarning ovchilik va termachilik bilan shug’ullanganliklaridan dalolat beradi. Ko’pchilik tadqiqotchilar O’rta Osiyo so’nggi paleolit davrini asosan uchta - Samarqand, Xo’jag’or va Ko’lbuloq madaniyatlariga ajratadilar. Bu davrga oid madaniyatlardan faqat Samarqand shahridan so’nggi paleolit davri odamining qoldiqlari, ya’ni, yelka suyak qismlari, pastki jag’ va tishlar topilgan bo’lib, tadqiqotchilar bu suyaklarni 25-30 yoshli kromanyon qiyofali ayolga tegishli bo’lgan deb hisoblaydilar. So’nggi paleolit davriga kelib odamlarning hayoti va turmush tarzida ham turli o’zgarishlar bo’lib o’tadi. Xususan, odamlar g’orlardan chiqib yengil turar-joylar-chayla va yarim yerto’lalarda yashay boshladilar. Ular endi faqat tog’li hududlarda yashab qolmay vohalar bo’ylab tarqalib, tekisliklarda, daryo va ko’llar bo’ylarida joylashadilar hamda qarindosh-urug’chilik jamoalariga bo’linadilar. Natijada jamiyatda juft oilalar paydo bo’ladi hamda ular ayrim urug’larni birlashtirib urug’ jamoasini tashkil etadilar. Urug’chilik (matriarxat) qadimgi jamiyat tarixining alohida bosqichini tashkil etib, bu jarayon ijtimoiy hayotdagi qator o’zgarishlarning paydo bo’lishiga zamin yaratdi. Lekin, dastlabki urug’chilik tuzumi nisbatan rivojlanishning yuqori bosqichiga ko’tarilgan bo’lishiga qaramay, bu davr odamlari ovchilik, termachilik va baliqchilik bilan kun kechirar edilar. Download 429.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling