1-mavzu: kirish. O'Zbekistonning madaniyati va san'ati tarixi fanining maqsadi va vazifalari. Reja


Download 429.47 Kb.
bet1/9
Sana31.01.2024
Hajmi429.47 Kb.
#1818615
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-Mavzu


1-MAVZU: KIRISH. O'ZBEKISTONNING MADANIYATI VA SAN'ATI TARIXI FANINING MAQSADI VA VAZIFALARI.


REJA:

  1. Fanning maqsad va vazifalari. Madaniyat va san’at tushunchalari.

  2. Madaniyat va san’atning inson va jamiyat hayotidagi o’rni va roli.

  3. Moddiy va va ma’naviy madaniyat ularning o’zaro aloqadorligi. Moddiy va va ma’naviy madaniyatning asosiy belgilari.

  4. Madaniyatning sohalar bo’yicha tasnifi va yning turlari.

  5. Madaniyatning ko’rinishlar bo’yicha tasnifi Madaniyat va san’atning umumiy xususiyatlari. Madaniyat va san’atning jamiyat hayotidagi funksuyasi.



Tayanch tushuncha va iboralar: Madaniyat, san'at, turlari, maqsad va vazifalari, mustaqillik, qadriyatlar, tiklanish, madaniyat funktsiyalari, uning ahamiyati.


Darsning maqsadi: O'zbekiston madaniyati va san'ati tarixi fanining predmeti va uning ahamiyatini, hamda madaniyatning turlari va san'at taraqqiyotidagi tarixiy bosqichlarini o'rganish, madaniyatning asosiy funktsiyalari orqali yosh avlodni tarbiyalash masalalari ilgari suriladi.O'zbekiston madaniyati va san'ati fanining tadqiqot ob'ekti xalqimiz tomonidan eng qadimgi davrlardan hozirgi kunga qadar yaratilgan moddiy va ma'naviy madaniyat namunalari hisoblanadi. O'zbekiston madaniyati o'rganishda arslar osha to'planib kelgan moddiy va ma'naviy boyliklar asosiy o'rin egallaydi. Madaniyatning har ikki turdagi ashyoviy artefaktlari fanning tadqiqot ob'ektini tashkil etadi.
Bugungi kunda O’zbekistonda san’at va madaniyatga e’tibor –ijtimoyiy islohotlarning bosh mezoni sifatida ko’rilayotgani hech kimga sir emas. So’nggi yillarda O’zbekiston respulikasi hukumati tomonidan chiqarilatotgan farmon va qarorlar bevosita san’at va madaniyat sohasini yanada taraqqiy toptirishga xizmat qiladi.tarixdan ma’lumki har bir jamiyatning rivoji o’sha jamiyatda san’at va madaniyatning rivojlanishi bilan belgilangan.
Xalqimizning ming yillik tarixiy qadriyatlari, an'analari va moddiy madaniyatini nafaqat o'rganish, balki ularni ulg'ayib kelayotgan yosh avlodlarga yetkazib berish, ularni avaylab asrash uchun muzeylashtirish, ilmiy asarlar yaratish va nihoyat komil inson tarbiyalash zamonaviy fanlar oldidagi muhim va dolzarb vazifa hisoblanadi.
Xalqimizning madaniyati va san'ati tarixi ham moddiy va ma'naviy manbalar orqali o'rganiladi. Shunday ekan biz avvalo madaniyat va san'atning insoniyat jamiyati oldidagi funksiya(vazifa)lari haqida ma'lumotga ega bo'lishimiz lozim.
O'zbekiston jahon sivilizatsiyasi taraqqitotiga qo’shgan hissasini o’rganish, targ’ib etish, ta’lim –tarbiya sohasida undan keng foydalanish yosh avlodni tarbiyalashda o’ta muhim vazifadir.
Mustaqillik tufayli O’zbekistonda tarix va madaniy merosga munosabat davlat siyosati darajasiga ko’tarildi.
O'zbekiston madaniyati va san'ati tarixi fanining maqsadi O'zbekiston madaniyati va san'ati tarixining asosiy bosqichlari tarixiy xodisalar jahon tarixida maqsadi O'zbekiston madaniyati va san'atining tutgan o’rnini o’rganishdan iborat.
O'zbekiston madaniyati va san'ati tarixi fanining vazifalarini quyidagicha belgilash mumkin:

  • O'zbekiston madaniyati va san'ati tarixining dolzarb muamolarini o’rganish;

  • O'zbekiston madaniyati va san'ati tarixining turli davrlaridagi tarixiy jarayonlarning o’ziga xosligini qiyosiy tahlil qilish

  • Zamon talablaridan kelib chiqib fanga innovatsiyalarni doyimiy jalb etish

  • Tarixiy davrlardagi madaniyat va san’at taraqqiyotining turg’unlik va inqiroz va taraqqiyot bosqichlari sabablarini ochib berish

  • Fandagi ilmiy asoslangan yangi nazariyalarni tahlil qilish va o’quv jarayoniga joriy etish

  • Milliy g’urur va o’zlikni anglash

  • Milli va tarixiy madaniy mtrosni e’zozlash asrab-avaylash ruhini singdirish

Madaniyatning bilish funktsiyasi bilan axborot (informatsiya) funktsiyasi uzviy bog'liqdir. Madaniyatning axborot funktsiyasini mazmuni to'plangan ijtimoiy tajriba, bilim malakani uzatishda ko'rinadi. Bu tajribada, bilim ma'lum bir rivoyatlar, fan, adabiyot, san'at asarlari orqali ya'ni avlod tomonidan qabul qilib olinadi, o'zlashtiriladi. Bunday o'zlatish «vertikal ya'ni o'tmish avlodlardan Yangi avlodlarga va gorizontal, ya'ni bir tarixiy davrda kishilardan-kishilarga, bir xalqdan ikkinchi xalqqa o'tish ko'rinishida ham bo'lishi mumkin.»
Go'zal hayotga qadam qo'yar ekan, avvalo o'zini bevosita o'rab turgan kishilar ota-ona, aka-opalari yordamida insoniyat tomonidan to'plangan tajribani o'rganib boradi. Keyinchalik bu doira kengayib borib unga ma'orif, Oliy o'quv yurtlari tizimi, fan, adabiyot, san'at asarlari kelib qo'shiladi va inson endi ular yordamida o'tmishda to'plangan tajribalarni o'rganib boradi. Bu tajriba bilim esa unga har bir kuzatilayotgan xodisani o'z tanasida his qilish, sinab ko'rish, tekshirish zaruriyatidan xolos qilishdan oldin erishilgan natijalarni faoliyat dasturi sifatida qabul qilishga olib keladi.
Madaniyatning axborot funktsiyasining mazmuni to'plangan tajribani «gorizontal shaklda uzatishning moxiyati» tushunib olinganda yanada yaqinroq ochiladi. Agar tajribaning o'zgarishning shunday shakli bo'lmaganda edi, har bir xalq aytaylik velosipedni, muzlatkich va boshqa narsalarni o'zicha yangitdan yaratgan bo'laverar edi. Hayotda esa bunday emas. Bir xalq madaniyatida erishilgan ahamiyatli natijalar boshqa xalqlar tomonidan tayyor holda qabul qilinadi va milliy madaniy hayotining tarkibiy qismiga aylantiriladi. Hozirgi davrda bozor iqtisodiyotiga demokratik tuzumni barpo etishga xarakat qilayotgan mamlakatlarning o'zlarining milliy tarixiy, iqtisodiy, geografik xususityalaridan kelib chiqqan holda bozor iqtisodiyotini rivojlantirishda kata yutuqlarga erishilgan, ijtimoiy hayotning barcha sohalariga demokratik qadriyatlarning ustivorligini ta'minlagan mamlakatlar tajribasini o'rganayotganligi, tayyor holda qabul qilayotganliklari ham fikrimizni isbotidir.
Ko'rinib turibdiki, madaniyatning axborot funktsiyasi muhim ahamiyatga ega. Agar madaniyatning bu funktsiyasi bo'lmaganda edi har bir avlod o'z hayotini «noldan boshlashga majbur bo'lar, insoniyat taraqqiyoti madaniyatining boyishi» haqida gap ham bo'lishi mumkin emas edi.
Madaniyatning axborot funktsiyasi kishilar ustida muomala, muloqat, o'zaro ta'sir bo'lganida yuzaga chiqadi. Shuning uchun madaniyatning axborot (informativ) funktsiyasi uning aloqa (komunikativ) funktsiyasi bilan uzviy bog'liqdir.
Madaniyat muloqat orqali mavjuddir. Yangi paytda madaniyat inson muloqati sohasining kengayishiga xizmat qiladi, kishilar o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri muloqat o'tish avlodlariga mansub kishilar, shuningdek, bizga tanish bo'lmagan zamondoshlarimiz bilan bevosita muloqat bilan to'ldiriladi. Biz Farobiy, Beruniy, Ibn Sino meroslarini Lutfiy, Navoiy g'azallarini va xakozalarni asarlardan o'qib ularni dunyoqarashlari bilan tanishamiz, oshno bo'lamiz.
Shuni ta'kidlash lozimki, bevosita va bilvosita muloqat ham shaxs rivojlanishiga hamma vaqt ham birday ta'sir ko'rsatavermaydi. Ayrim muloqat shaxs rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatib, unda zararli odatlar, xarakterli xususiyatlarni keltirib chiqarsa, boshqa xollarda shaxsning ma'naviy kamolati uchsun xizmat qiladi. Ayni paytda muloqat shaxs rivojlanishida hech qanday iz qoldirmasligi ham mumkin. Hozirgi ilmiy texnika inqilobi asrida ommaviy axborot vositalari-matbuot, radio, televidiniya ta'sirida bilvosita muloqatning doirasi nihoyatda kengayib borayapti. Shuning uchun ommaviy axborot vositalaridan faoliyati doimo jamiyat nazorati ostida bo'lmog'i lozim.
Bu demokratik o'zgarishlarni o'z boshidan kechirayotgan respublikamiz hayoti uchun juda muhim va zarurdir. Chunki demokratiya, so'z erkinligi bayrog'i ostida ko'pgina davlatlarda, ayniqsa g'arb mamlakatlarida chuqur ildiz otgan faxm, zo'ravonlik, giyohvandlikni targ'ib qiluvchi san'at, adabiyot, kino asarlari, teleko'rsatuvlarni kirib kelishiga aslo yo'l qo'yib bo'lmaydi. Bunday milliy qadriyatlarimizga, xayot tarzimizga zid bo'lgan asarlardan kirib kelishi jamiyatning ma'naviy negiziga bolta urgan bo'lar edi.
Madaniyat bir tomondan kishilar ustidagi bevosita va bilvosita muloqatni tartibga solsa, boshqa tomondan muloqatning o'zi madaniy xodisa sifatida baholanadi va biz bunday xillarda «muloqat madaniyati» degan tushunchani ishlatamiz.
Kishilar o'rtasida muloqat turli vositalar yordamida amalga oshiriladi. Har bir millatning o'z tili bor. Ayni paytda har bir millat muloqatning rangbarangligi, mazmundorligini ta'minlaydigan o'ziga xos imo-ishoralar, raqs, musiqa xulq-odob normalari tiliga xam ega. Shosh maqomini «Munojotni», «Tannavorni» tinglab, tomosha qilib, jafokash xalqimiz tarixi, xis tuyg'ulari, kechinmalari, dardi, umidlarini dil-dildan xis qilamiz, xalqimiz odob ahloq normalariga quloq tutar ekanmiz, undagi noziklik, insonning mehr-muxabbati, xurmat va ulug'vorlikni qalbdan yozamiz.
Milliy tarixiy va psixologiyani aks ettiruvchi milliy til bilan bir qatorda hamma uchun barii bir va tushunarli bo'lgan, millatlararo muloqatda va ilm Fan yutuqlarining tez tarqalishiga muhim rol uynaydigan internatsional til, fan-tili, uning tushunchalar va formulalar tili ham borligini unutmaslik kerak. Ayni paytda XX asrda tor bo'lsada, «fortrani» kabi tillari yaratilgan. Madaniyat” deyilganda insonni tabiatga ko’rsatadigan maqsadga muvofiq ta’siri, shuningdek insonga ta’lim-tarbiya berish tushunilgan (lotinga “Cultura” – yerni ishlash, parvarishlash; ruschadagi «kultura» so’zi ham shundan olingan). Qadimgi ellinlar «paydey», ya’ni «tarbiyalanganlik»lari bilan o’zlarini «madaniyatsiz» varvarlardan yuqori qo’yganlar. Qadimgi Rimning so’nggi davrlarida «madaniyat» tushunchasi ijtimoiy hayotning shahar turmush tarzini ifodalovchi mazmun bilan boyigan va u o’rta asrlarga kelib keng tarqalgan. Bu tushuncha keyinchalik kelib chiqqan sivilizasiya (ijtimoy taraqqiyot, moddiy va ma’naviy madaniyat darajasi, bosqichi) tushunchasiga yaqin turadi.
O’rta asr madaniyatining buyuk namoyondalari Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va boshqalar shahar turmush tarzini jamiyatning yetuklik shakli sifatida talqin qilganlar. Masalan, Forobiyning ta’kidlashicha, «madaniy jamiyat va madaniy shahar (yoki mamlakat) shunday bo’ladiki, bu mamlakatda har bir odam kasb-hunarda ozod, hamma bab-baravardir, kishilar o’rtasida farq bo’lmaydi, har kim o’zi istagan yoki tanlagan kasb-hunar bilan shug’ullanadi. Odamlar haqiqiy ma’noda ozod yashaydilar». Masalan, 18 asr fransuz ma’rifatparvarlari (Volter, P. Tyurgo, J. A. Koidorse) madaniy tarixiy jarayonning mazmunini insoniyat «tafakkuri»ning taraqqiyotidan iborat deb bilganlar.
Xulosa qilib aytganda, har bir ijtimoiy-iqtisodiy davr o’z madaniyat tipiga ega. Ijtimoiy-iqtisodiy davrlarning almashinishi bilan madaniyat tipi ham o’zgaradi, lekin bu hol madaniyat taraqqiyoti uzilib qolganligini yoki eski madaniyat yo’q bo’lib, madaniy meros va an’analardan voz kechilganligini anglatmaydi. Ma’naviy madaniyatning asosiy belgilaridan biri – bu san’atdir. Teatr, musiqa, rassomlik, kulolchilik, xalq hunarmandchiligi va boshqalar san’atning turli ko’rinishlari hisoblanadi. Ular bir-biri bilan chambarchas bog’langan bo’lib, mamlakatda siyosiy, ma’naviy va ijtimoiy jarayonlarning rivojlanishida katta ahamiyatga ega.
“Madaniyat” atamasi hozirgi zamon ilmiy adabiyotlarida rang-barang ma’nolarda ifodalangan. O’zbek tilida keng ishlatiladigan “Madaniyat” atamasi arabcha madaniy –shaharlik degan ma’noni bildiradi.
San’at juda qadim zamonlarda mehnat jarayonining taraqqiyoti natijasida paydo bo’ldi. Mehnat jarayonida inson tafakkuri kamol topdi.
Moddiy va ma’naviy madaniyatlarning o’zaro bog’liqligi kishilarning ehtiyojlari qobiliyatlari maqsadlarning moddiy ko’rinishiga aylanishida yaqqol ko’zga tashlanadi.
Ilmiy adabiyotlarda madaniyatni moddiy va ma’naviy madaniyatga bo‘lish rasm bo‘lgan. Madaniyatni moddiy va ma’naviy madaniyatga bo‘lish inson faoliyatining ikki asosiy sohasi – moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liqdir. Moddiy madaniyat moddiy faoliyatning barcha sohalarini va natijalarini o‘z ichiga oladi. Moddiy madaniyatning muhim elementlari ishlab chiqarish, transport, aloqa vositalaridir. Moddiy madaniyatga uy-joy, kiyim-bosh, uy-ro‘zg‘or buyumlari, iste’mol vositalari deb ataladigan hodisalar ham kiradi. Bularsiz muayyan xalq madaniyati, uning tarixiy taraqqiyotining turli bosqichlaridagi o‘ziga xosliklari haqida to‘g‘ri fikr yuritish mumkin emas. Albatta, moddiy madaniyatni faqat ishlab chiqarish va iste’mol vositalariga taqab qo‘yish to‘g‘ri bo‘lmaydi. 
Umuman olganda, ijtimoiy hayotda moddiy ishlab chiqarish sohasi bilan birga, ijtimoiy soha, siyosiy soha, ma’naviy soha faoliyatlari ham mavjud. Kishining bu sohadagi faoliyatlari madaniyatni tasniflashga asos sifatida qabul qilinadi. Bunday tasniflash tizimining birinchi bosqichiga bir qarashda mustaqil ko‘ringan, lekin bir-biri bilan chambarchas bog‘langan quyidagi madaniyat sohalari kiradi:

Download 429.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling