1-mavzu. Kirish. Oziq – ovqat xavfsizligi muammosini asosiy yo‘nalishlari Mavzu rejasi
Download 49.66 Kb.
|
4.Xavfsizlik 1
2. Begona moddalar tasnifi
Ovqatlanish odam sog‘ligini belgilovchi muhim omillardan biri hisoblanadi. “Salomatlik – ovqatlanish funktsiyasi” degan qoida zamonaviy kishilik jamiyati uchun asosiy hisoblanadi. Dunyoni barcha mintaqalarida ekologik xolatni insoniyatning antropogen faoliyati bilan bog‘liq holda keskin yomonlashuvi iste’mol qilinadigan ovqatning sifatiy tarkibiga ta’sir qildi. Ovqatlanish mahsulotlari bilan odam organizmiga kimyoviy va biologik moddalarni ancha qismi kelib tushadi. Odam organizmi uchun begona bo‘lgan asosiy begona birikmalarni tasnifi 1.1- jadvalda keltirilgan. Ular oziq-ovqat mahsulotlariga asosan ikki yo‘l bilan kelib tushadi va to‘planadi: - ham tirik organizmlar va ham havo, suv va to‘proq o‘rtasida moddalar almashinuvini ta’minlovchi biologik zanjirning kechishi bo‘yicha; - oziq – ovqat hom ashyosi va oziq-ovqat mahsulotlarini qishloq xo‘jaligi va sanoat ishlab chiqarilishi barcha bosqichlarini, shuningdek ularni saqlash, o‘rash va markirovkalanishini qamraydigan oziqaviy zanjir bo‘yicha. Shu bilan bog‘liq holda oziq – ovqat hom ashyosi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi va sifatini ta’minlash aholi salomatligi va uning genofondining saqlanishini belgilagan holda zamonaviy kishilik jamiyatini eng muxim vazifalaridan biri hisoblanadi. Bojxona Ittifoqi komissiyasini 2011 yil 9 dekabrdagi 880-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligi” to‘g‘risidagi Texnik Reglament (TR TS 021/2011) bo‘yicha oziq – ovqat mahsulotini xavfsizligi - odam va kelgusi avlodga zararli ta’siri bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan xavfni bo‘lmasligi xaqida dalolat beruvchi oziq – ovqat mahsulotini holatidir. O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 30 avgustdagi “Oziq – ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida” gi 483-1-sonli qonunida esa “oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligi — oziq-ovqat mahsulotining sanitariya, veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya qoidalari va normalariga mosligidir” deb ta’rif berilgan. Download 49.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling