- TEN ning umumiy tuzilishi
- TEN lar quyidagi xarakterstikalarga ega,ya’ni, quvvati 100 Vt dan 15 Kvt gacha, kuchlanishi 36 V dan 380 V gacha, ishchi harorati 400 dan 1000 K gacha, ishlash muddati 10 ming soatdan 40 ming soatgacha.
EQP TURLARI - Haroratiga ko‘ra EQP lar quyidagi guruxlarga bo‘linadi:
- - past harorat EQP lari ( 900 - 1000 K ) ;
- - o‘rta harorat EQP lari ( 1000 - 1600 K ) ;
- - yuqori harorat EQP lari ( 1600 K dan yuqori ).
- Texnologik belgilanishiga ko‘ra EQP lar qizdiruvchi EQP larga va eritish jarayonlari EQP lariga bo‘linadi.
- Ish rejimiga ko‘ra esa EQP lar davriy rejim EQP lari va uzluksiz rejim EQP lariga bo‘linadi.
- O‘z navbatida esa davriy rejim EQP lari toifasiga kamerali, shaxta, qolpoq tiplaridagi, tubi chiqariladigan, kamerali va elevator tipidagi EQP lar kiradi. Uzluksiz rejim EQP lari toifasiga esa konveer, turtkilab harakatlantiriluvchi, rolgang, karusel, tubi harakatlanuvchan, tubi tebranuvchan, baraban tiplaridagi va tortib qizdirish EQP lari kiradi.
Elektr qarshilik pechlari - Elektr qarshilik pechlari (EQP lar) mashinasozlik, metalurgiya, engil va kimyo sanoati, qurilish va kommunal xo‘jalikda keng qo‘llanilishi munosabati bilan ular turli xil konstruksiyaga ega.
- Ular turli ko‘rsatgichlariga ko‘ra turlarga bo‘linadi.
- Elektr energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirilishi usuliga ko‘ra EQP lar ikki toifaga bo‘linadi, ya’ni bilvosita ishlovchi EQP lar va bevosita ishlovchi EQP lar. Bilvosita ishlolvchi EQP larda elektr energiyasi issiqlik energiyasiga maxsus q.e. larda aylantiriladi va issiqlik qizdirilayotgan maxsulotga issiqlik o‘tkazuchanlik, konveksiya va nuli issiqlik uzatish usullarida uzatiladi. Bevosita ishlovchi EQP larda esa qizdiriluvchi maxsulot bevosita elektr manbasiga ulanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |