1. mavzu: Kirish. Sanoat issiqlik texnolgik jarayonlari va qurilmalarining asosiy turlari “Elektrotermiya“


Download 10.95 Kb.
bet3/5
Sana22.10.2023
Hajmi10.95 Kb.
#1716350
1   2   3   4   5

Davriy rejimda ishlovchi EQP lar

  • Davriy rejim EQP lari toifasiga kamerali, shaxta, qolpoq tiplaridagi, tubi chiqariladigan va elevator tipidagi EQP lar kiradi. Quyidagi rasmda davriy rejim EQP larning tuzilishi keltirilgan. Bunda a- qalpoq tipidagi; b - elevator tipidagi ;
  • v - kamerali; g - shaxta tipidagi.

“Qalpoq” tipidagi pech

  • Futerovkalangan (yuqori haroratga chidamli) va qo‘zalmas stendga qizdiriluvchi maxsulot o‘rnatilgan bo‘lib, ustidan avval o‘tga chidamli mufel o‘rnatilib, so‘ngra ma’sulotni qizdirish uchun mo‘ljallangan qizdiruvchi element bilan ta’minlangan “qalpoq“ o‘rnatiladi. Qizdiruvchi elementlar qolpoqning ichki yon devorlariga o‘rnatilgan.
  • Rasmda 1-maxsulot o‘rnatiladigan stend; 2-pech kamerasi; 3 - yuqori haroratga chidamli mufel; 4 - qizdiruvchi elementlar; 5 - qizdirilayotgan ma’sulot;

Elevator tipidagi pech

  • Elevator tipidagi pech tubi ochiq qo‘zalmas kamera va pastga tushiriladigan qismga (tubga) ega. Kamera, silindr yoki to‘rtburchak shaklga ega bo‘lib, 3-4 m balandlikga ega bo‘lgan ustunlarga o‘rnatilgan. Pechning tubi gidravlik yoki elektromexanik ko‘tarish qurilmasi yordamida tushiriladi va yangi ma’sulot yuklangach, kameragacha ko‘tariladi. Pechning ishchi harorati 700, 1000, 1250 C ni tashkil qiladi, quvvati 600 kVt ni tashkil etadi va o‘nlab tonna ma’sulotga bir vaqtning o‘zida issiqlik ishlovi beradi.
  • 2-pech kamerasi; 4 - qizdiruvchi elementlar; 5 - qizdirilayotgan ma’sulot; 6 - pechning pastga tushiriladigan tubi; 7 - ko‘taruvchi qurilma;

Kamerali pechlar

  • Kamerali pechlar ma’sulotni yuklab, tushirish eshikchasi yon tomondan bo‘lgan turi burchakli kameradan tashkil topgan bo‘lib, ma’sulot asosan qo‘lda yuklab tushiriladi. Kamera tubi yuqori haroratga chidamli plita bo‘lib, unga qizdiruvchi element.lar o‘rnatilgan. Ishchi harorati 1000 - 1800 K, foydali ish koeffitsienti 65 - 70 % ga teng. ; 2-pech kamerasi; 4 - qizdiruvchi elementlar; 8 - pech qopqog‘i.

Download 10.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling