- SHaxta tipidagi pech - quvvati 300 - 400 kVt, ishchi harorati 1500oS ga teng bo‘lgan yuqori qismida maxsus mexanizm yoki ko‘tarish krani yordamida ochiladigan qopqoqqa ega bo‘lgan va ishchi kamerasi er tubiga joylashtirilgan pechni ifodalaydi. 2-pech kamerasi; 4 - qizdiruvchi elementlar; 5 - qizdirilayotgan ma’sulot; 8 - pech qopqog‘i.
Uzluksiz rejimda ishlovchi EQP lar - Uzluksiz rejim EQP lari toifasiga esa konveer, turtkilab harakatlantiriluvchi, rolgang, karusel, tubi harakatlanuvchan, tubi tebranuvchan, baraban tiplaridagi va tortib qizdirish EQP lari kiradi. Umuman uzluksiz rejimida issiqlik ishlovi beruvchi EQP lar o‘zlarining yuqori ishlab chiqaruvchanligi bilan, issiqlik energiyasining nisbatan kam yo‘qotilishi bilan xarakterlanadilar. Quyidagi rasmda misol tariqasida uzluksiz rejimda ishlovchi EQP lar namunalarining ko‘rinishi tasvirlangan: a - tunnel tipidagi pech ; b-rolgang tipidagi pech; v - tortib qizdirish pechi;
- Tunnel tipidagi pechlarda ma’sulot futerovkalangan aravaga yuklangan holda pechning bir tomonidan kiritilib, belgilangan haroratgacha qizdirilgach tashqariga uzatiladi. Ma’lum vaqtda barcha aravalar bir arava uzunligiga teng masofaga suriladi, bunda pechning bir tomonidan mahsulot yuklangan arava kirsa, ikkinchi tomondan qizdirilgan mahsulot yuklangan bir arava tashqariga uzatiladi. Bunday pechlarning ishchi harorati 1300 - 1500 K ga teng.
- 2 - pech kamerasi;
- 4 - qizdiruvchi elementlar;
- 5 - qizdirilayotgan ma’sulot;
- 6 – futerovkalangan arava
Rolgang tipidagi pech -
- Rolgang tipidagi pech tubida yuqori haroratga bardosh beradigan roliklar o‘rnatilgan bo‘lib, ular soat strelkasining aylanishiga teskari yo‘nalishda aylantiriladi. Ma’sulot esa ushbu roliklar ustidagi harakati davomida belgilangan haroratgacha qizdiriladi. 2 - pech kamerasi;
- 4 - qizdiruvchi elementlar;
Do'stlaringiz bilan baham: |