1 mavzu. Kirish. Sanoat korxonasi bozor iqtisodiyoti sub’ekti sifatida


Download 100.09 Kb.
bet5/13
Sana01.11.2023
Hajmi100.09 Kb.
#1738494
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1 мавзу

Kommandit o’rtoqligi bir nechta fuqarolar yoki huquqiy shaxslarning o’zaro xo’jalik faoliyati yuritish maqsadidagi shartnomalar asosida birlashuvi natijasida paydo bo’ladi.
Jamiyatlarning ko’pchiligida kapitallar birlashtirilgan bo’ladi. Mas῾uliyati cheklangan jamiyat (MCHJ) bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta῾sis etilib, Nizom jamg῾armasi hujjatlarda (Nizom va ta῾sis shartnomasi) belgilab qo’yilgan ulushlarga bo’lingan bo’ladi. Bunday jamiyat muassislari jamiyatning majburiyatlari uchun javobgar bo’lmaydilar hamda jamiyat faoliyatida o’zlari kiritgan ulushlar doirasida zarar ko’rishlari mumkin.
Nizom jamg῾armasi aksiyalarga taqsimlangan jamiyat hissadorlik jamiyati hisoblanadi. Xissadorlik jamiyati a῾zolari jamiyatning majburiyatlari bo’yicha javobgar bo’lmaydilar, biroq o’zlariga tegishli bo’lgan aksiyalar qiymati doirasida zarar ko’rishlari mumkin.
Hissadorlik jamiyatlarining ijobiy jihatlari qatoriga quyidagilar kiradi: aksiyadorlik kapitalining teng taqsimlangan, erkin muomaladagi ulushlar - aksiyalarga taqsimlanishi; aksiyadorlar jamiyat majburiyatlari uchun javobgarligining aksiyalar qiymati hajmida cheklanganligi; aksiyadorlik kapitalining hajmi va a῾zolar sonini osonlik bilan o’zgartirish imkonini beruvchi Nizom asosida birlashish; umumiy boshqaruv vazifalarining xo’jalik faoliyatini boshqarish vazifalaridan alohida yuritilishi va hokazolar.
Iqtisodiyotimiz oldida turgan asosiy vazifalardan biri sanoat ishlab chiqarishini jahon iqtisodiyotida o’z o’rniga ega bo’lgan raqobatbardosh korxonalar tashkil qilish maqsadidagi tuzilmaviy qayta qurishdan iborat. Buning uchun integratsiya hamda turli tashkiliy-huquqiy shakldagi korxonalarni vaqtinchalik yoki doimiy ravishda kooperatsiya yoki konsentratsiya asosida birlashtirish amalga oshiriladi.
Kooperatsiya jarayonida konsern, konsorsium, xo’jalik assotsiatsiyasi kabi tashkiliy shakllar vaqtinchalik yoki doimiy ravishda tuzilishi mumkin. Ushbu tuzilmaviy birliklarining mohiyatini qisqacha ko’rib chiqamiz.
O’zbekiston Respublikasida kooperatsiya jismoniy va yuridik shaxslarning iqtisodiy hamda ijtimoiy faoliyatining turli sohalarida umumiy maqsadlarga erishish uchun tashkiliy jihatdan rasmiylashtirilgan, mulkning shirkat (jamoa) shakliga asoslangan ixtiyoriy birlashmalaridan (kooperativlardan) iborat.
Yuridik shaxs huquqiga ega bo’lgan, jamoa mulki huquqi asosida o’ziga qarashli mulkka egalik qiladigan, undan foydalanadigan va uni tasarruf etadigan mustaqil xo’jalik yurituvchi subyekt kooperativ hisoblanadi. Yer va boshqa tabiy boyliklar kooperativlarga foydalanish uchun beriladi.
Konsern umumiy manfaatlarga ega hamda shartnomalar, kapital va qo’shma faoliyatda ishtirok etish bilan bog῾liq bo’lgan korxonalarning yirik birlashuvini aks ettiradi.
Konsern- ishlab chiqarish diversifikatsiyasi asosida tarkib topadigan yirik, ko’p tarmoqli koproratsiya. Ular asta-sekin sanoat monopoliyasining yetakchi shakliga aylanadi.
Konsorsium korxona va banklarning vaqtinchalik birlashuvi natijasida, yirik kapital talab qiluvchi loyihalarni amalga oshirish yoki mablag῾ni birgalikda joylashtirish maqsadlari uchun umumiy kelishuvlar asosida yuzaga keladi. Konsorsium buyurtmachilar oldidagi majburiyatlar uchun javobgar hisoblanadi.
Konsorsum- (shirkat, uyushma)- korxonalarning vaqtincha tashkil etilgan birlashmalari, ular odatda moliyaviy ishlar yuzasidan tashkil etiladi. Unda davlat, banklar, moliyaviy muassasalar, yirik firmalar ishtirok etadi.

Download 100.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling