1-мавзу: Кириш. Тупроқ экологиясининг асосий тушунчалари. Тупроқ экологияси, асосий деградация муаммолари ва уларнинг ечимлари тўғрисида умумий тушунчалар
Download 0.63 Mb.
|
tuproq boniteti
O’zbekiston-Finlandiya pedagogika instuti Aniq va tabiiy jismoniy madaniyati fakulteti Tabiiy fanlar kafedrasi 146-guruh talabasi Boltaboyeva Maysaraning “Tuproqlar geografiyasi” fanidan “Tuproq boniteti” mavzusida tayyorlagan taqdimotiREJA 1. Kirish. 2. «Tuproq bonitetini» nima. 3. «Tuproq boniteti» o’rganilish tarixi KIRISH O‘zbekiston Respublikasi istiqlolga yerishishi, mustaqil davlat deb e’lon qilinishi va huquqiy jamiyat qurishi, o‘z hududida Yer munosabatlarini tartibga solishda va rivojlantirishda to‘la mustaqillikka yerishganligi, uning yyerlardan oqilona foydalanish, meliorativ holatini yaxshilash va muhofaza qilishning huquqiy asosini yaratish va takomillashtirishning imkonini beradi. Mamlakatimizda agrar sohada islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlash maqsadida bir qancha qonunlar qabul qilindi. Shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi “Yer kodeksi”, “Davlat Yer kadastri” qonunlari, Vazirlar Mahkamasining 2000 yildagi O‘zbekiston Respublikasi “Yer monitoringi to‘g‘risida”gi nizomi va boshqa hujjatlarda yer munosabatlarini huquqiy asosida rivojlantirish va tartibga solish, yyerlardan oqilona foydalanish, unumdorligini saqlash, oshirish, yer tuzish ishlarini olib borish, yerning sifat bahosi, qiymat bahosini aniqlash, xo‘jalik faoliyatiga baho berishga va hokazolarga qaratilgan. «Tuproq bonitetini» nima. Hozirgi paytda tuproqning unumdorligini baholash, narhini aniqlash maqsadida tuproq boniteti va kadastri ishlab chiqilgan. Uni amalga oshirish uchun ham bir fermer va shirkat xо‘jaligidagi yerlarning kadastri va bonitirovkasi ishlab chiqiladi. Bunda tuproq bahosini ishlab chiqish, ichki imkoniyatlaridan, meliorativ holati, suv-fizik xossalari, kimyoviy tarkibi, oziq moddalar miqdori, ekologik holati va kо‘p yillar mobaynida olingan hosil e’tiborga olinadi. Tuproq qoplamining unumdorligini oshirish va uni muhofaza qilish xalq farovonligining asosiy iqtisodiy mezonidir. Shuning uchun mamlakatimizda yetishib kelayotgan yosh kadrlarning asosiy xalqimizning asosiy boyligi bо‘lgan ona tuprog‘imiz haqidagi bilimlarini yanada oshirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. . Mamlakat Yer resurslarining miqdori va sifatini hisobga olish, shuningdek, bir viloyat, tuman, xo‘jalik yerlarini boshqa viloyat, tuman xo‘jalik yerlariga taqqoslash - Davlat kadastrining asosiy vazifasi hisoblanadi. Yerlarni baholash ikki turi bo‘yicha farqlanadi: xususiy va umumiy. Xususiy baholashda ayrim ekinlar uchun tuproq boniteti o‘tkaziladi. Chunki, ba’zi ekinlar uchun unumdor bo‘lgan tuproqlar boshqa ekinlar uchun yaroqsiz hisoblanadi. Masalan, sholi va kartoshka ekinini ko‘raylik, sholi uchun mexanik tarkibi o‘gir bo‘lgan, suvni sekin o‘tkazadigan tuproqlarni yoqtirsa, kartoshka uchun esa mexanik tarkibi yengil bo‘lgan, ayeratsiyasi yaxshi bo‘lgan tuproqlar ma’qul hisoblanadi. Umumiy baholashda esa umumiy ekin strukturasi uchun yerlar baholanadi. V.V.Dokuchayev tuproqlarni bonitetini aniqlashda eng avvalo shu tuproqning o‘zidagi tabiiy xususiyatlarini har tomonlama o‘rganish kerak, shundan so‘nggina ularning nisbiy bahosini ishlab chiqish, ya’ni bonitirovka o‘tkazish kerak deb hisoblagan. Bu ma’lumotlar tuproqshunoslik, tuproq geografiyasi, meliorativ tuproqshunoslik, tuproqni xaritalash fanlari bilan aloqadadir. Tuproqlar bonitetining asosiy maqsadlaridan biri tuproq unumdorligini ballar bilan o‘lchash, tuproqlar genetik ishlab chiqarish tasnifi bahosini tuzishdan iborat. Bunday maxsus tasniflar tuproqlarning o‘z tabiiy unumdorlik qobiliyati bo‘yicha boshqa tuproqlardan yaxshi yoki yomonligini, ya’ni tuproqlarning sifatiga qarab taqqoslash imkonini byeradi. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling