1-мавзу: Кириш. Тупроқ экологиясининг асосий тушунчалари. Тупроқ экологияси, асосий деградация муаммолари ва уларнинг ечимлари тўғрисида умумий тушунчалар


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI YER RESURSLARIDAN SAMARALI VA OQILONA FOYDALANISH


Download 0.63 Mb.
bet3/4
Sana18.06.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1580293
1   2   3   4
Bog'liq
tuproq boniteti

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI YER RESURSLARIDAN SAMARALI VA OQILONA FOYDALANISH
Ohirgi yillarda dunyo miqyosida unumdor tuproq qatlami antropogen ta'sir natijasida ifloslanayotgani, sho'rlanish va cho'llanish jarayonlari kuchayayotgani, suv va shamol eroziyasining tuproq unumdor qatlamlari emirilishiga olib kelayotgani, bir qancha ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni bosh omili bo'lishga sabab bo'lmoqda.
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida tuproqdan oqilona foydalanish va uni muqofaza qilish masalasi iqtisodiy-ijtimoiy jiqatdan katta aqamiyatga molik. Chunki, bunda so'z insonlar hayoti va salomatligi, shuningdek mamlakat milliy boyligiga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishi, bu masalaning yechimi kelajak avlodning qanday sharoitda yashashini belgilab beradi. Shunday ekan, bu masalaning yechimi qishloq ho'jaligiga mo'ljallangan yerlarining holatini doimiy kuzatib borish, aniqlangan salbiy holatlarni oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, muqofaza etish qamda yer resurslaridan samarali foydalanish bo'yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish bilan hal etilishi mumkin bo'ladi.
QISHLOQ HO'JALIK YER TURLARINING TAQSIMLANISHI, MAYDONI, % HISOBIDA
RESPUBLIKA SUG`ORILADIGAN TUPROQLARINING MEHANIK TARKIBI BO'YICHA TAQSIMLANISHI, MAYDONI FOIZ HISOBIDA
RESPUBLIKA HAYDALMA LALMI YERLARINING EROZIYALANGANLIK DARAZASI MAYDONI, FOIZ HISOBIDA
RESPUBLIKANI SUG`ORILADIGAN YERLARINI TURLI DARAJADA IRRIGATSIYA EROZIYASIGA CHALINGAN MAYDONLARI, ming/ga hisobida
Tuproq meliorativ holatining yomonlashuviga va unumdorligining pasayishiga sabab bo'luvchi asosiy omillardan biri tuproqlarning sho'rlanishidir. Respublikamizning lalmikor dehqonchiligida foydalaniladigan tuproqlar sho'rlanmagan yoki sho'rdan yuvilgan bo'lib, ayrim regionlardagi bo'z tuproqlar mintaqasining lalmi och tusli bo'z tuproqlari profilining o'rta va pastki qatlamlarida tuzlarning miqdorini biroz ortishi ya'ni asosan sul'fat sho'rlanish tipidagi kam sho'rlangan qatlamlar uchraydi.
Sug`oriladigan hududlarda ayniqsa, Amudaryo va Sirdaryo havzalaridagi past tekisliklar er osti sizot suvlarining tabiiy oqimlariga ega emas. Bu erdagi iqlimning quruqligi, atmosfera yog`ingarchiligini kamligi va bug`lanishining yuqoriligi sababli tuproqlarning ustki qatlamida suvda tez eruvchan tuzlar yig`ilib qoladi. Sul`fat - xlorid tuzlarining yig`ilishi va sho'rlanish jarayonining keskinligi qadimdan Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm, Buhoro, Navoiy, Surhondaryo, Qashqadaryo, Jizzah, Sirdaryo viloyatlari sahro va och tusli bo'z tuproqlar mintaqasida hamda Markaziy Farg`ona hududi tuproqlarida kuzatiladi. Respublikamizda sug`oriladigan yerlarning qariyb 47,5 foizi turli darajada sho'rlangan bo'lib, shundan kam sho'rlangan yerlar 31,22 foizni, o'rtacha sho'rlangan yerlar 13,63 foizni va kuchli darajada sho'rlangan maydonlar esa 2,64 foizni tashkil etadi

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling