1-mavzu: Kirish uslubmetdiReja


I.Qurilmaga bog’liq abstraktsiyalash darajasi bo’yicha klassifikatsiyalash


Download 1.97 Mb.
bet19/39
Sana05.01.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1078956
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   39
Bog'liq
Paradigma maruzalar

I.Qurilmaga bog’liq abstraktsiyalash darajasi bo’yicha klassifikatsiyalash
1.Quyi darajali dasturlash tillari. Bunday tillarga mashina tillari va mashinaga-yo’naltirilgan tillar kiradi.
1) Mashina tillari.
2) Mashinaga-yo’naltirilgan tillar.
2.Yuqori darajali(mashinaga bog’liq bo’lmagan) tillar.
3.Juda yuqori (mashinaga bog’liq bo’lmagan) tillar.
Dasturlash tillari darajalarga bo’linadi va unda mashina tiliga yaqin tillar quyi darajali dasturlash tillari deb ataladi. Quyi darajali dasturlash kompyuter arxitekturasi bilan batafsil tanishishda muvaffaqiyatli ravishda o’rganishda qo’l keladi. Dasturlashning tamoyillari va usullari umuman olganda tilga bog’liq emas. Asosiy talab mantiqiy fikrlashda.
2. Assembler tilida dastulash
Hozirgi kunga kelib kompyuterning behisob imkoniyatlari ma’lum bo’lmoqda. Undagi dasturlar orqali bajariladigan ishlar hayratga solmoqda. Bularning barchasiga yuqori darajadagi abstraksiya asosida erishilgan. Masalan, kundalik hayotimizda ko’p duch keladigan oddiy rasmlarni olaylik. Biz ularni osonlik bilan yuklaymiz va u yerda tomosha qilamiz, shuningdek, maxusus dasturlar yordamida o’zgartiramiz. Ammo fizikaviy nuqtai-nazardan qaralganda kompyuterni ichida hech qanday rasm yo’q. Kompyuter elektr zanjirlari-yu yarim o’tkazgichlar birlashmasi xolos va u yerda umuman rasm haqida gap ham bo’lishi mumkin emas. Shunday ekan, kompyuterda saqlaydigan barcha narsalarimiz(rasmlar,filmlar, kitoblar, hujjat matnlari, dasturlar, umuman olganda fayllar) abstrakt holda kompyuter xoitrasida mavjuddir, ya’ni ular fizikaviy kattalikka ega emas. Agar kompyuterni ta’kidlaganidek yarim o’tkazgichu va shunga o’xshash “temir-tersak” deb hisoblasak, barcha o’ziga xos mavhumliklar temirga, ya’ni kompyuterga faqatgina mashina tilida yozilgan dasturlar yordamida “tushunturiladi”. Boshqacha aytganda, barcha kompyuter qurilmalari mashina tilida tuzilgan dastur orqali boshqariladi. Demak, mavhumlik amalda kompyuterda qanday ifodalanishini yaxshi anglash uchun birinchi navabatda mashina tilini o’rganish kerak. Ammo mashina ikkilik sanoq tizimidagi sonlar ketma-ketligidan iborat bo’lib, uni inson tushunishi yoki unda dasturlash qiyin. Assembler tili esa mana shu muammoni yechish maqsadida chiqarilgan.
Assembler tili dasturlashda alohida o’ringa ega. Assembler tilidagi dastur to’g’ridan to’g’ri markaziy protsessor buyruqlaridan foydalanilgan holda tuziladi. Bu esa dasturchiga protsessor imkoniyatlarini chinakam bilishga yordam beriadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, Assembler tilidan asosan kompyuter qurilmalari bilan to’g’ridan-to’g’ri ishlaydigan va ularni boshqaradigan dasturlar(drayverlar) tuzishda foydalaniladi. Masalan, mashina ishlab chiqaradigan korxonalardagi avtomatlashgan robotlardan boshlab, elektron meditsina asboblarigacha barchasi uchun yoziladigan baoshqaradigan dasturlar shular jumlasidandir. Ammo hozirgi mavjud barcha qurilamalar uchun boshqaruvchi dasturlar yozilganku, endi Assemblerni o’rganish nimaga kerak degan savol tug’ilishi mumkin. To’g’ri lekin hayot hozirda mavjud kompyuter imkoniyatlari bilan to’xtab qolmaydi. Kundan-kunga yangi qurilmalar ishlab chiqilyapti va ularni boshqaruvchi dasturlarni tuzish uchun Assembler dasturchilari kerak bo’ladi.
Kompyuter arxitekturasi deganda odatda, foydalanuvchiga ruxsat etilgan resurslar to’plami sifatida tushuniladi. Bu buyruqlar tizimi, umumiy registrlar, protssor holatini ifodalovchi so’z va manzilli fazo. Assembler tilidan mashina tiliga o’girish jarayoni assemblerlash deb ataladi.
Assembler dasturlash tili inson tiliga yaqin bo’lib, unda faqat tushunarsiz sonlar o’rnida inson uchun tushunarli bo’lgan harfli ifodalar va nomlar ishlatiladi. Assembler tilida yozilgan dastur esa kompilyator nomli maxsus dastur yordamida mashina tiliga o’giriladi.
Dasturlash olamida Assembler tili asos sifatida tan olinadi. Deyarli barcha qolgan dasturlash tillari Assemblerda “qurilgan”. Shunday ekan, Assembler tilini o’rganish poydevor vazifasini o’taydi. Kompyuterda dastur ishga tushganda uning ichida nimalar sodir bo’lishi haqida tushunchaga ega bo’lish dasturchi uchun juda muhim, chunki shundagina u masalaning tub mohiyatini anglash mumkin.Bunday holatni esa faqat Assemblerda uchratishimiz mumkin. Yuqori darajali tillar hisoblangan C/C++,Pascal, PHP,Perl,Python yoki Java tillaridan farqli o’laroq, Assemblerda dasturchi protsessorda bo’layotgan ichki jarayonlarga o’zi guvoh bo’ladi. Xullas, kuchli dasturchi bo’lishni istagan va uni ilmiy asosda egallamoqchi bo’lgan har bir dasturchi Assembler tilini tushunishi shart.
Assembler tili qaysi kompilyatorga asoslanganiga qarab har xil ko’rinishda bo’ladi. Ammo bir necha xil assembler tillari mavjud bo’lsada, ularning hammasining asosi bir xildir va bir-biridan kam farq qiladi. Asosiy farq dasturni yozish qoidalarida bo’ladi.

Ko’pincha quyidagi holatlarda dastur assemblerda yoziladi:

  • Kompyuter qurilmalarini boshqaruvchi dastur kerak bo’lganda.

  • Tez ishlashi kerak bo’lgan dastur qismini yozishda.

  • Operatsion tizimning qurilmalari bilan ishlaydigan qismlarni yozishda.

  • Kompyuter viruslarini tuzishda, ularni o’rganishda va ularga antivruslarni yozishda

Xulosa qilib aytganda, Assembler dasturlash tili ham boshqa dasturlash tillari kabi o’z ahamiyatiga egadir.

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling