1-mavzu: Ko‘kalamzor maydonlarning o‘rni va ahamiyati va manzarali daraxtzorlarni loyihalashtirish


Urug‘ ekish bo‘limi.(Posevnoe otdelenie)


Download 0.65 Mb.
bet3/5
Sana30.04.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1407331
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-mavzu

Urug‘ ekish bo‘limi.(Posevnoe otdelenie) Bu bo‘limda daraxt-buta o‘simliklarni urug‘larini ekish orqali nihollar (urug‘ko‘chatlar) еtishtiriladi. Urug‘ko‘chatlar ko‘chatzorda 1,2 va 3 yoshigacha o‘stirilishi mumkin. Urug‘ko‘chat – bu o‘simlik urug‘idan muayyan agrotexnik qoidalarga rioya qilinib еtishtirilgan urug‘ko‘chatlardir.
Parvarishlash bo‘limi(Shkolnoe otdelenie) –urug‘ko‘chatlarni ko‘chirib o‘tkazish va ma’lum muddat parvarishlab yirik ko‘chatlar xolatiga еtkazish uchun xizmat qiladi. Parvarishlash muddatiga ko‘ra 1 yillik, 2 yillik va 3 yillik ko‘chatlar еtishtiriladi

1-rasm. Manzarali ko‘chatzorning parvarishlash bo‘limi


Qalamchalarni ildiz oldirish bo‘limi(Otdelenie cherenkovыx sajensev)- bo‘limda novda, ildiz qalamchalarini ildiz oldirish va o‘z ildiziga ega ko‘chatlar еtishtirish bilan shug‘ullanadigan ko‘chatzor bo‘limi xisoblanadi. Novda qalamchalari kech kuzda yoki erta baxorda o‘simlikning tinim davrida, o‘simlik shirasi xarakati boshlanmasdan avval tayyorlanadi. Vegetativ ko‘paytirilgan ko‘chatlar tez o‘sadi, xosilga kiradi va irsiy belgilarni 100% saqlangan ko‘chatlar sifatida shakllanadi.
Yashil qalamchalarni ildiz oldirish bo‘limi(Otdelenie zelenogo cherenkovaniya.)
Yashil qalamchalarni ildiz oldirish usulida ko‘chatlar еtishtirish. Yashil qalamcha еtuk o‘simlikdan yarim yog‘ochlashgan novdasidan (iyun oxiri-iyul boshlari) tayyorlanadi. Ular albatta o‘stiruvchi moddalar (geteroauksin, indillol moy kislota va xokazolar) eritmasida ma’lum muddat (8-12 soat) ushlanadi va qumli substratga ekiladi. Yashil qalamchalarni ildiz oldirish tumanli suv purkash issiqxonalarda amalga oshiriladi.
Ona plantatsiya yoki kolleksiya (Matochnaya plantatsiya), ko‘chat еtishtirish uchun zarur urug‘ yoki qalamcha tayyorlash uchun istiqbolli navlar, shakllar ekilgan kichik daraxtzor.

  • Ko‘chatzorlarni tashkil-xo‘jalik rejasi pasportdan iborat bo‘ladi, kirish qismi va ikki asosiy qismdan loyihalashtirilayotgan maydon to‘g‘risida tavsifnoma beriladi. Birinchi bo‘limda ko‘chatzor to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar, xo‘jalik xolatiga tavsifnoma keltiriladi. Ikkinchi bo‘limda ko‘chatzorni ishlab chiqarishdagi saloxatining qudrati almashlab ekish, maydonning tashkiliy bo‘linishi, ekiladigan mahsulotni еtishtirish texnologiyasi, ko‘p yillik daraxtzorlarning o‘rnatish, mehnatni tashkillashtirish va ko‘chatzorning texnika-xaafsizligi va ishlab chiqarish texnologiyasi bo‘yicha faoliyati.

  • Ko‘chatzorning tashkiliy-xo‘jalik rejasini asosiy qismida hisob-kitob bo‘limi beriladi bunda ko‘chatzor to‘g‘risidagi hisoblash ishlari, kapital mablaglar qiymati, uruqqa va ekish uchun talab etiladaigan mahsulot, boshqarish va umumiy ishlab chiqarish sarf xarajatlari, ko‘chatzordan olinadigan mahsulot tan narxi va boshqalar.

  • Ko‘chatzorning tashkiliy -xo‘jalik rejasiga hisoblash texnik karta ilova qilinadi, ya’ni barcha ishlab chiqarish ishlari bo‘yicha ko‘ndalang suratga olish bo‘ylamasi bilan 0,5 m ko‘chatzor masshtabi 1:2000 da ko‘rsatiladi, tuproq, entomologik ovol kartalari va ko‘chatzorning asosiy ekin maydoni to‘g‘risida bosh reja beriladi.

  • Ko‘chatzorning tashkiliy-xo‘jalik rejasi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo‘ladi:

  • 1.Xududni tashkil etish kiritiladigan kapital mablag‘lar, ishlab chiqarish quvvati va ko‘chat еtishtirish uchun sarflanadigan xarajatlar;

  • 2.Umumiy qism – iqlim, relef, tuproq tavsifi, ko‘chatzor uchun tanlangan maydon ta’rifi, uni o‘zlashtirish uchun belgilangan meliorativ tadbirlar;

  • 3. Ko‘chatzorning ishlab chiqarish quvvati va еtishtiriladigan manzarali daraxt-butalar assortimenti;

  • 4. Manzarali ko‘chatzor maydonini tashkil etish;

  • 5. Ko‘chatlarni еtishtirish agrotexnikasi – almashlab ekish tuproqqa ishlov berish, begona o‘tlar bilan kurashishish, zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashish, mashina va mexanizmlar, sug‘orish miqdori va uslublari, mineral o‘g‘itlar;

  • 6. Ko‘p yillik daraxtlar – dendrouchastka va ona bog‘;

  • 7.Mexnatni tashkil etish, shtatlar birligi;

  • 8.Bino va inshootlar qurish;

  • 9. Administrativ-boshqaruv smetalari-xujjatlari;

  • 10. Texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari.

  • Bu xujjatlarga 1:500 yoki 1: 250 masshtabidagi plan, sug‘orish loyixasi agrokartogramma, xisob-texnologik karta va tushuntirish yozuvi smetalar, ishchi chizmalar ilova etiladi.

Doimyashil butalarni ko‘kalamzorlashtirish maqsadlarida kengroq miqyosda foydalanishga to‘sqinlik qilayotgan asosiy omil – bu ularning mahalliy sharoitlarda еtishtirilgan va mahalliy sharoitlarga moslashgan ko‘chatlarini kamligi xamda tannarxining qimmatligidir. Shu sababli sifatli ko‘chatlar еtishtirish uchun manzarali ko‘chatzor tashkil etish uchun joy tanlash muhim ahamiyatga ega. Joy tanlash uchun maxsus tadqiqot ishlari o‘tkaziladi, joyning tuproq sharoitlarining agrokimyoviy, gidrologik va entomologik xususiyatlari o‘rganiladi. Manzarali ko‘chatzor uchun ajratilgan joy quyidagi talablarga javob berishi kerak:
– Ko‘chatzorning maydoni va shakliga ko‘ra bo‘lg‘usi ko‘chatzorga mos kelishi;
Qulay tuproq, gidrologik va relef sharoitlariga ega bo‘lishi kerak. Eng yaxshi tuproqlar unumdor bo‘z tuproqlar bo‘lib, еngil mexanikaviy tarkibga ega bo‘lishi kerak. Sho‘rlangan, sho‘rxok, og‘ir mexanik tarkibli, еr ostki suvlari yaqin joylashgan maydonlar ko‘chatzor uchun yaramaydi. Tanlangan maydon ochiq, shamol yaxshi xarakatlanadigan, biroz qiyalikka (3-50) ega bo‘lishi, g‘arbiy shimoliy-g‘arbiy, shimoliy va shimoliy-sharqiy ekspozitsiyali bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.

  • – Entomologik zararkunandalar bilan zararlangan va zamburug‘li kasalliklar mavjud tuproqlar ham ko‘chatzor uchun tavsiya etilmaydi.

– Ko‘chatzor qulay sug‘orish shoxobchalariga yaqin bo‘lishi;
– Ko‘chatzor aholi yashash joylariga va ko‘chat еtkaziladigan ko‘kalamzorlashtirish tashkilotlarga, yaqin bo‘lishi lozim. Yer tuzilishi asosan tekis, tuproq unumdorligi anchagina yuqori, mexanik tarkibi еngil, еr osti suvlari kamida 1-1,5 m chuqurlikda joylashgan bo‘lishi kerak.
Sug‘oriladigan zonalarda ko‘chatlarni tuzi kam bo‘lgan och tusli tuproqlarda va tuproqning yuqori qatlamida chirindi miqdori 2% dan kam bo‘lmagan joylarda tashkil qilish kerak. Tog‘ va tog‘ oldi zonalarda to‘q kulrang hamda jigarrang tuproqli, suv manbaiga yaqin joylarda yoki hovuz qurish mumkin bo‘lgan sharoitlarda tashkil etish tavsiya etiladi.
Azot o‘simliklar uchun eng zarur oziq elementi hisoblanadi. Azot oqsil, nuklein kislotalar, alkaloid va fermentlar tarkibiga kiradi. O‘simliklarni oziqlanishi ammoniy va nitrat tuzlari bilan kechadi.
Azotli o‘g‘it ishlab chiqishda asosan ammiak sintezi yotadi. Ammiak faqat ammoniyli tuzlarni emas, balki boshqa azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarishda xomashyo xisoblanadi. Xozirgi kunda quyidagi azotli o‘g‘itlar ishlab chiqilmoqda: 1.Ammiakli-nitratli o‘g‘itlar­ammiakli selitra, ammoniy-sulfat-nitrat
2. Ammiakli o‘g‘itlar­ ammoniy sulfat, ammoniy xlorid,ammoniy karbonat

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling