1-mavzu: Ko‘kalamzor maydonlarning o‘rni va ahamiyati va manzarali daraxtzorlarni loyihalashtirish


Doimiy manzarali ko‘chatzorlar muddati -5 yildan ortiq


Download 0.65 Mb.
bet2/5
Sana30.04.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1407331
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-mavzu

Doimiy manzarali ko‘chatzorlar muddati -5 yildan ortiq

  • Bunday ko‘chatzorlarda doimiy mexanizatsiya vositalari mavjud bo‘lib, ko‘chatlar еtishtirishda yuqori agrotexnik tadbirlar qo‘llanilib parvarishlanadi.



    • 50 gektarli manzarali ko‘chatzor xo‘jalik bo‘limlari: - urug‘ko‘chat еtishtirish bo‘limi (xar bir dala 0,8 ga); 2- ninabargli turlar parvarishlash bo‘limi 3- universal parvarishlash bo‘limi; 4- mevali ko‘chatlar parvarishlash bo‘limi; 5- terak ona plantatsiyasi; 6- malina ona plantatsiyasi; 7- smorodina ona plantatsiyasi; 8- gilos ona bog‘i; 9- olma ona bog‘i; 10- xo‘jalik bo‘limi; 11- ko‘chatlar vaqtincha ko‘mib saqlanadigan maydon; 12- chirindi tayyorlash bo‘limi; 13- yo‘llar


    Manzarali ko‘chatzor quyidagi bo‘limlardan iborat bo‘ladi:
    Urug‘ ekish bo‘limi. Bu bo‘limda daraxt-buta o‘simliklarni urug‘larini ekish orqali nihollar (urug‘ko‘chatlar) еtishtiriladi. Urug‘ko‘chatlar ko‘chatzorda 1,2 va 3 yoshigacha o‘stirilishi mumkin. Urug‘ko‘chat – bu o‘simlik urug‘idan muayyan agrotexnik qoidalarga rioya qilinib еtishtirilgan urug‘ko‘chatlardir.
    Parvarishlash bo‘limi(Shkolnoe otdelenie) –urug‘ko‘chatlarni ko‘chirib o‘tkazish va ma’lum muddat parvarishlab yirik ko‘chatlar xolatiga еtkazish uchun xizmat qiladi. Parvarishlash muddatiga ko‘ra 1 yillik, 2 yillik va 3 yillik ko‘chatlar еtishtiriladi
    Qalamchalarni ildiz oldirish bo‘limi (Otdelenie cherenkovыx sajensev)- bo‘limda novda, ildiz qalamchalarini ildiz oldirish va o‘z ildiziga ega ko‘chatlar еtishtirish bilan shug‘ullanadigan ko‘chatzor bo‘limi xisoblanadi. Novda qalamchalari kech kuzda yoki erta baxorda o‘simlikning tinim davrida, o‘simlik shirasi xarakati boshlanmasdan avval tayyorlanadi. Vegetativ ko‘paytirilgan ko‘chatlar tez o‘sadi, xosilga kiradi va irsiy belgilarni 100% saqlangan ko‘chatlar sifatida shakllanadi.
    Yashil qalamchalarni ildiz oldirish bo‘limi(Otdelenie zelenogo cherenkovaniya.)
    Yashil qalamchalarni ildiz oldirish usulida ko‘chatlar еtishtirish. Yashil qalamcha еtuk o‘simlikdan yarim yog‘ochlashgan novdasidan (iyun oxiri-iyul boshlari) tayyorlanadi. Ular albatta o‘stiruvchi moddalar (geteroauksin, indillol moy kislota va xokazolar) eritmasida ma’lum muddat (8-12 soat) ushlanadi va qumli substratga ekiladi. Yashil qalamchalarni ildiz oldirish tumanli suv purkash issiqxonalarda amalga oshiriladi.
    Ona plantatsiya yoki kolleksiya (Matochnaya plantatsiya), ko‘chat еtishtirish uchun zarur urug‘ yoki qalamcha tayyorlash uchun istiqbolli navlar, shakllar ekilgan kichik daraxtzor.
    Dendrobo‘lim yoki Arboretum (Dendrouchastok) – Ko‘chatzorda asosan maxalliy sharoitlarda uchramaydigan, introduksiya qilingan daraxt turlarida tarkib topgan daraxtzor. Bo‘limda fenologik kuzatuvlar o‘tkaziladi, ekzotlarning o‘sishi va rivojlanishi o‘rganiladi.
    Issiqxona (Teplitsa) – Polietilen plenka bilan ximoyalangan еr maydoni, unda jadal usulda ko‘chat еtishtirish amalga oshiriladi.
    Tropik ekzotlar ko‘chatlari еtishitiriladi.
    Xo‘jalik bo‘limi (Xozyaystvennыy uchastok), bu bo‘limda kavlab olingan ko‘chatlar vaqtincha ko‘mib qo‘yiladigan maydon, chirindi tayyorlash maydoni, (prikopochnыy uchastok, kompostnik.) Ko‘chatzorning vazifasi va ko‘chat еtishtirish texnologiyasi qarab xo‘jalik bo‘limlari turlicha bo‘lishi mumkin.
    Manzarali ko‘chatzor mustaqil manzarali o‘simliklar ko‘chatlarini еtishtirishga ixtisoslashgan xo‘jalik sub’ekti xisoblanadi. Ko‘chatzorning maxsulot beruvchi qismi ko‘chat еtishtirishga ixtisoslashgan bo‘lib, u urug‘ ekish bo‘limi va parvarishlash bo‘limidan iborat. Ko‘chatzorning yordamchi bo‘limlari ko‘chat еtishtirishga yordamlashish uchun xizmat qiladi, ularga kompost bo‘limi, ko‘chatlarni vaqtinchalik ko‘mib qo‘yish bo‘limi, suv xovuzi, ariqlar, yo‘llar, binolar, ximoya daraxtzorlari, gidrotexnik qurilmalar, dendrologik bo‘lim, zahira еr maydoni va xokazolar kiradi.

    Download 0.65 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling