1-Mavzu: Kompyuter va uning qurilmalari


Sichqoncha, klaviatura, monitor va ularning vazifalari


Download 0.51 Mb.
bet2/10
Sana05.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1167386
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-Mavzu Kompyuter va uning qurilmalari

Sichqoncha, klaviatura, monitor va ularning vazifalari.
Sichqoncha (ingl. mouse – sichqon) ma’lumot kiritish qurilmasi bo’lib, biror tekislik bo’ylab harakatlantirilganda tagidagi lazer nuri harakat haqidagi ma’lumotni kompyuterga uzatadi va ekrandagi ko’rsatkich (kursor) mos yo’nalishlarda harakatlanadi. Sichqonchaning tugmalari yordamida kompyuterga biror buyruq berish, undagi dasturlar va jarayonlarni ishga tushirish hamda hujjatlarni ochish mumkin.
Klaviatura (ingl. keyboard) muayyan qurilmani boshqarish yoki axborotni kiritish uchun mo’ljallangan tugmalar (klavishalar) to’plamidan iborat bo’lgan qurilma yoki ekrandagi tasvir. Тexnik va mexanik qurilmalarni (kalkulyator, kompyuter, telefon, kassa apparati) boshqarish uchun alifbo-raqamli klaviaturalar qo’llaniladi. Klaviaturalardagi har bir tugmaga bir yoki bir necha belgi biriktiriladi. Тugma birikmalari klaviaturadan bajariladigan amallarning sonini ko’paytirishga imkon beradi.
Monitor kompyuterning ish jarayonida vujudga keladigan axborotlarni ekranda yoritishga xizmat qiladigan qurilma. Monitor grafik yoki matn holatida ishlashi mumkin. Matn holatida belgi o’rinlari deyiluvchi alohida qismlarga, grafik holatida esa piksel nomli nuqtalarga bo’linadi. Monitordagi piksellarning umumiy miqdori hamda ranglar soni monitorning imkon darajasini (kengligini) belgilaydi.
Videoproyektor va ekran. Proyektorlar va ekranlar ma’lumotlarni yirik o’lchamda tasvirlash uchun ishlatiladigan qurilmalardir. Unda tasvir o’lchami ekranda yirik holatda aks ettiriladi. Bu qurilmalar kompyuter bilan birgalikda foydalanishga mo’ljallangan bo’lib, ko’proq katta auditoriyalarda va zallarda hamda turli majlislarda prezintatsiya va videoroliklarni namoyish qilish uchun ishlatiladi.
Videoproyektor kompyuter va shunga o’xshash namoyish vositalarining alohida qo’shimcha monitori hisoblanib, tasvirlarni yirik hajmda tasvirlash uchun mo’ljallangan.






  1. Monitor

  2. Ona plata

  3. Protsessor

  4. Port ATA

  5. Tezkor xotira

  6. Kengaytiruvchi kartalar

  7. Quvvat bloke

  8. Diskovod

  9. Qattiq disk

  10. Klaviatura

  11. Sichqon




Dasturiy ta’minot 3 ga bo’linadi:
Sistemali, uskunaviy, amaliy
Protsessor (inglizcha: processor) inglizchada „Process“ soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, „jarayon“ - jarayonni amalga oshiruvchi, boshqaruvchi maʼnolarini bildiradi. Kompyuter Protsessori asosan kompyuterda boʻladigan jarayonlarni amalga oshirish va boshqarish vazifalarini bajaradi. Asosiy oʻlchov birligi chastota hisoblanadi. Protsessor chastotasi uning maʼlum vaqt ichida nechta amalni bajara olishini ifodalaydi.
Protsessor (lot. processus - surilish) - elektron mashinaning dastur (programma) da koʻzda tutilgan amallar; informatsiyani oʻzgartirish, barcha hisoblash jarayonlarini, xisoblash mashinasidagi boshqa qurilmalarning ishini boshqarib turish uchun moʻljallangan markaziy qurilmasi. Asosiy qismlari: arifmetik-mantiqiy qurilma va boshqarish qurilmasi. Arifmetik-mantiqiy qurilmada axborot arifmetika va mantiq jihatidan qayta ishlanadi. Boshqarish qurilmasi xotiradagi axborotlarni chiqarish tartibini belgilaydi, boshqaruvchi signallarni ishlab chiqadi, mashinadagi qurilmalarning ishini uygʻunlashtiradi, dasturni uzish signallarini qayta ishlaydi, xotiradagi axborotlarni muhofazalaydi, P. ishini nazorat qiladi. P. da bulardan tashqari, oʻta tezkor xotira qurilmasi va tashkiliy bloklar ham bor.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling