1-Mavzu: Ko‘rishning mutlaq chegaralarini aniqlash, Makonni ko‘rishninng differensial chegaralarini aniqlash. Reja


Download 2.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/37
Sana19.11.2023
Hajmi2.54 Mb.
#1787087
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37
Bog'liq
kopiya

Tadqiqotning borishi. Tadqiqot uch seriyada oʼtkaziladi. 
Birinchi seriya. Bunda tadqiqotchi tekshiriluvchiga jadvaldagi qora rang 
bilan yozilgan 1 dan 25 gacha boʼlgan raqamlarni oʼsib boruvchi tartibda, koʼrsatib 
berishni taklif qiladi. Qaror yozib boruvchi esa tekshiriluvchi bu topshiriqni kancha 
vaqt ichida ijro etishini sekundomer vositasida aniqlab, yozib boradi. 
Ikkinchi seriya. Tadqiqodchi tekshiriluvchidan jadvaldagi qizil raqamlarni 
24 dan 1 gacha kamayuvchi tartibda koʼrsatib berishni talab qiladi. qaror 
yurituvchi esa xuddi oldingi seriyadagidek tekshiriluvchining topshiriqni bajarish 
uchun sarflagan vaqtini aniqlab, yozib boradi. 
Uchinchi seriya. Bunda tekshiruvchi tekshiriluvchiga bir vaqtning oʼzida 
galma-gal: qora raqamlarni kupayib boruvchi,qizil raqamlarni kamayib boruvchi 
tartibda koʼrsatib berishni taklif qiladi. Qaror yurituvchi topshiriqning xarakteri, 
uning bajarilishi uchun ketgan vaqt va yoʼl qoʼyilgan xatolarni aniqlab, qarorda 
kayd etib boradi. 
Tadqiqot natijalarini tahlil qilish. 


18 
Qaror yurituvchining yozuvlari asosida uchchala seriyadagi topshiriqni 
bajarish uchun tekshiriluvchi sarf qilgan vaqt va yoʼl qoʼygan xatolarini quyidagi 
qaror (jadval) da qayd etilib qoʼyiladi. 
Tajriba mavzusi: Diqqat koʼchishini tekshirish. 
Tekshiruvchi ___________________________________________ 
Tekshiriluvchi _________________________________________ 
Sana 
Ko’rsatgichlar 
1-Seriya 
2-Seriya 
1-2 Seriya 
3-Seriya 
Vaqti 
Xatolar 
Uchinchi seriyada bajarilgan topshiriq uchun sarflangan vaqt, garchi 
kolganikkala seriyalarda ham xuddi shu xil topshiriqlarni bajarish uchun sarflangan 
vaqt bilan, uchinchi seriyada bajarilgan topshiriq uchun sarflangan vaqt teng emas. 
Аna shu ikkala vaqt koʼrsatkichlari orasidagi farq mazkur tekshiriluvchi 
diqqatining koʼchirilish vaqti, yaʼni bir faoliyatdan ikkinchi boshqa bir faoliyatga 
oʼtish vaqti boʼlib hisoblanadi. 

Download 2.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling