1-Mavzu: Ko‘rishning mutlaq chegaralarini aniqlash, Makonni ko‘rishninng differensial chegaralarini aniqlash. Reja
, 2, 3 –rasmlar mazmunan bu voqeaga mos kelmaydi
Download 2.54 Mb. Pdf ko'rish
|
kopiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4- «To‘ldirilgan hikoya» subtesti rasmlari
- Standart ko‘rsatkichlarni aniqlash uchun me’yoriy jadval (18-55 yosh guruhi uchun)
- Metodikani qayta ishlash kaliti To‘g‘ri javoblar
1, 2, 3 –rasmlar mazmunan bu voqeaga mos kelmaydi.
SHunday qilib, har bir topshiriqda Ferdinand bilan bog‘liq voqelarni mazmunan to‘ldiradigan, tushib qoldirilgan rasmni topishingiz lozim. Subtestni bajarish uchun 10 daqiqa beriladi. Vaqt tugashiga bir daqiqa qolganda Sizga, ogohlantirish beriladi. Topshiriqni tez bajarishga harakat qiling. Bitta topshiriq uchun ko‘p vaqt ajratmang. Murakkab topshiriqni bajarish uchun agar vaqt qolgan bo‘lsa, yana qaytishingiz mumkin. Murakkab vaziyatlarga ham javob bering, hattoki, u sizningcha ishonchli javob bo‘lmasa-da. 4- «To‘ldirilgan hikoya» subtesti rasmlari 49 50 51 52 53 Gilfordning «Sotsial intellekt» testining Javoblar varaqasi F.I.SH.__________________________________ Vaqt _____________ Yosh _____________________ Jins ______________ 1-subtest 1 2-subtest 3-subtest 4-subtest Misol 1 2 3 1 2 3 4 1 2 3 1 2 3 4 1 1 2 3 1 2 3 4 1 2 3 1 2 3 4 2 1 2 3 1 2 3 4 1 2 3 1 2 3 4 3 1 2 3 1 2 3 4 1 2 3 1 2 3 4 4 1 2 3 1 2 3 4 1 2 3 1 2 3 4 5 1 2 3 1 2 3 4 1 2 3 1 2 3 4 6 1 2 3 1 2 3 4 1 2 3 1 2 3 4 7 1 2 3 1 2 3 4 1 2 3 1 2 3 4 8 1 2 3 1 2 3 4 1 2 3 1 2 3 4 9 1 2 3 1 2 3 4 1 2 3 1 2 3 4 10 1 2 3 1 2 3 4 1 2 3 1 2 3 4 11 1 2 3 1 2 3 4 1 2 3 1 2 3 4 12 1 2 3 1 2 3 4 1 2 3 1 2 3 4 13 1 2 3 1 2 3 4 1 2 3 4 14 1 2 3 1 2 3 4 1 2 3 4 15 1 2 3 4 Standart ko‘rsatkichlarni aniqlash uchun me’yoriy jadval (18-55 yosh guruhi uchun) Standart qiymat Subtestlar Kompozitiv baho 1 2 3 4 1 0 – 2 0 – 2 0 – 2 0 – 1 0 – 12 2 3 – 5 3 – 5 3 – 5 2 – 4 13 – 26 3 6 – 9 6 – 9 6 – 9 5 – 8 27 – 37 4 10 – 12 10 – 12 10 – 11 9 – 11 38 – 46 5 13 – 14 13 – 15 12 12 – 14 47 – 55 Metodikani qayta ishlash kaliti To‘g‘ri javoblar: № 1-subtest 2-subtest 3-subtest 4-subtest 1 2 1 3 4 2 2 4 3 3 3 2 3 3 3 4 3 3 1 2 5 1 2 1 1 54 6 3 1 2 1 7 3 2 2 4 8 3 2 1 1 9 3 1 2 1 10 3 4 3 2 11 3 1 1 1 12 1 1 2 2 13 1 2 2 14 2 4 1 15 4 16-Mavzu: Tafakkur va intellektual qobiliyatlar Eduard Torndayk,Djoy Gilford, Gans Аyzenk kabi bir qator olimlar ilk bor sotsial intellekt tushunchasini fanga kiritganlar. Shundan soʼng emotsional intellekt tushunchasi muomalaga kirita boshlangan. Kognitiv fanlarning rivojlanish davrida intellektning informatsion “kompyuterobrazidagi” modellariga haddan ziyod eʼtibor ortdi. Gʼarb psixologiyasida tafakkurning affektiv tuzilmalari xususidagi fikrlar esa birmuncha “esdan” koʼtarildi. Sotsial intellekt tushunchasi bilish jarayonining affekt va kognitiv jihatlarini oʼzida mujassamlashtiradi. Emotsional intellekt doirasida insonni bilishni tushunishda uni “hisoblash mashinasi” kabi emas, balki kognitiv-emotsional jarayonni oʼrganish sifatida qarash lozim – degan yondashuv yotadi. 1920 yilda E.Torndayk tomonidan “sotsial intellekt” tushunchasi psixologiyaga olib kirildi va unda asosan shaxslararo munosabatlarning qirralarini ochish maqsad qilingan edi. Sotsial intellekt – inson maqsadalri, hissiyoti va emotsional holatlarini verbal va noverbal namoyon boʼlishligini tushunish qobiliyatidir. Sotsial intellektni insonning ehtimoliy reaktsiyalarini prognozlashtirish, odamlar haqidagi fikrlarni avtomat tarzda zudlik bilan aytib berish qobiliyati bilan bogʼlanadi. Bu sotsial (ijtimoiy) moslashuvning natijasi boʼlib, insonlarning bir birlari bilan silliq munosabatga kirishishlarini taʼminlab beruvchi oʼziga xos “ijtimoiy neʼmat”dir. Emotsional intellektga gumanistik psixologiya yoʼnalishi namoyondalari ham katta eʼtibor qaratganlar. 1950 yillarda Аbraxam Maslou oʼzini oʼzi faollashtirish tushunchasini fanga kiritgach, gʼarb psixologigʼsida “insonparvarlik” yanada ortdi va shaxsni tadqiq qilishda jiddiy integrallik, yaʼni inson tabiatiga xos kognitiv va affektiv jihatlar uygʼunligi sodir boʼldi. 1985 yilda klinik fiziolog Reven Bar–On ilk bor EQ-emotional quotinent, emotsionallik koeffitsienti va shunga mos tarzda IQ- intellekt koeffitsientini kiritdi. 1990 yilda Djon Meyer va Piter Soloveylar “emotsional intellekt” tushunchasini fanga kiritdilar. Keyinchalik Deniel Golman ham ushbu ilmiy harakatlarning izdoshlari sifatida oʼzining matbuotlarda chiqishlar qildi. 55 Shunday qilib, D. Meyer, P. Solovey va D. Golmanlar “emotsional intellekt” tadqiqotining “uch sardoriga” aylandilar. Gumanistik yoʼnalishini vakili P.Solovey (1990) “Emotsional intellekt” mavzusidagi birinchi maqolasini keng omma muhokamasiga havola etdi. Maqolada keyingi oʼn yilliklarda emotsiya va intellekt toʼgʼrisidagi tasavvurlar tubdan oʼzgarganligini taʼkidladi. Аql qandaydir ideal substantsiyani idrok qilmay qoʼydi, emotsiya esa intellektning bosh dushmaniga aylandi va har ikki hodisa inson kundalik hayotining real voqeligiga aylanganligini eʼtirof etdi. P.Solovey va uning hammualifi D. Meyer emotsional intellektni emotsiyalarda ifodalanuvchi shaxsning qabul qilish va tushunish qobiliyati, yaʼni “emotsional intellekt” intellektual jarayonlarga asoslangan emotsiyalarning ifodalanishini boshqarish sifatida kechishini taʼkidlaydilar. Boshqacha qilib aytganda, ularning fikricha, “emotsional intellekt” 4 qismdan iborat. Bular: 1.Emotsiyalarni his qilish yoki qabul qilish qobiliyati (ham shaxsiy hamda oʼzgalarning emotsiyalarni his qilish yoki qabul qilish qobiliyati); 2.Аqlga yordamlashuvchi oʼz emotsiyalarini yoʼnaltirish qobiliyati; 3.U yoki bu emotsiya ifodalanishlarini tushunish qobiliyati; 4.Emotsiyalarni boshqarish qobiliyati. Keyinroq ularning hamkasbi Solovey Devid Kruzo, “emotsional intellekt” intellektning aksi emas, u hissiyotlardan aqlning ham (triumf)ustunligi emas, u har ikki jarayonning jozibali kesishishi, ekanligini tushunish oʼta muhimdir ”. Shuningdek, D.Golmen emotsional intellekt – bu oʼzi va oʼzgalarning harakat motivlarini anglash maqsadida, oʼzining va oʼzgalarning emotsiyalarini tushunish qobiliyati hamda oʼzgalar bilan oʼzaroaloqa va oʼz oʼzining emotsiyalarini boshqarish qobiliyatidir, deydi. Boshqacha aytganda, emotsional intellekt–bu oʼzining va oʼzgalarning emotsiyalarini anglash, oʼzining va oʼzgalarning emotsiyalarini boshqarish qobiliyati boʼlib, shu asnoda bizning oʼzaroaloqalarimiz oʼrnatiladi. Taʼkidlash joizki, emotsional intellekt -bu oʼz hissitlari va emotsiyalarini tushunish koʼnikmasidir. Ton Rabbins fikricha, emotsional intellekt oʼz holatini boshqarish (“state management”) va Stiv Pavlin fikricha, atrof muhit bilan samarali oʼzaro munosabat (oʼzaroaloqadorlik)da boʼlishda oʼzining yashirin motivlari va emotsiyalarini qabul qilish(“acceptance va oʼzgalar”), uni tushunish -deya taʼkidlaydi. Reven Bar–On tomonidan EQ muammosi birmuncha toʼliq va atroflicha oʼrgangan va muvaffaqiyatliqiyatli qutulishnilgan. U emotsional intellektni barcha nokognitiv qobiliyatlar kabiturli hayotiy vaziyatlardan muvaffaqiyatli chiqish imkoniyatini beruvchi bilim va kompetentlilik, deb eʼtirof etadi. Reven Bar–On fikricha, emotsional madaniyatning 5 jabhasi va uning ichida 15 shkala mavjuddir.Bular: 1.Ichki shaxslilik jabhasida oʼz oʼzini tahlil, assertivlilik, mustaqillilik, oʼzini oʼzi hurmat, oʼzini oʼzi namoyon qilish. 2.Shaxslararo jabhada empatiya, ijtimoiy masʼuliyat. 56 3.Аdaptivlilik jabhasida muammolarni hal eta olish, moslanvchanlik, haqiqatni tushunish (adekvat baholash). 4.Stressdan chiqish layoqati impulslar ustidan nazorat, stress holatini koʼtara olish. 5.Umumiy kayfiyat jabhasi optimizm va baxt kabilardan iborat. Rus psixologi D.V.Lyusin,emotsional intellekt – oʼz va oʼzgalarning emotsiyalarini tushunish va ularni boshqarish qobiliyati. Shuningdek, emotsiyalarni tushunish va boshqarish qobiliyati shaxsiy emotsiyalar va oʼzga insonlarning emotsiyalarini tushunish qobiliyatidir. Shunday qilib, muallif emotsional intellektning ikki tomoni mavjudligini – “ichki shaxslilik” va “shaxslararo” kabi variantlarga ajratishni tavsiya etadi. Uning taʼkidlashicha qayd etilgan har ikki variant ham turli koʼnikmalar va kognitiv jarayonlarni faollashtiradi. Emotsiyalarni tushunish qobiliyati deganda, insonning: – emotsiyani anglash(tanish)i, yaʼni oʼzi yoki oʼzga insonning emotsional his– tuygʼularini tanishi; – emotsiyalarni identifikatsiyalash, yaʼni oʼzi va oʼzga insonlarning emotsiyalarni his qilishi va unga manoviy ifoda berishi; – mazkur emotsiyani keltirib chiqargan sabab va oqibatlarni tushunishi nazarda tutiladi. Emotsiyalarni boshqarish qobiliyati deganda, insonning: –avvalo, kuchli emotsiyalarni yetarlicha sekinlashtirish, emotsiya–larning intensivliligini nazorat qilish; –emotsiyalarning tashqi ifodalanishlarini nazorat qilish; –kerakli oʼrinlarda u yoki bu emotsiyalarni chaqirish (ifodalash) mumkinligi anglanadi. Mavzuga amaliy nuqai nazardan qaraganda, emotsional intellekt haqida emas, emotsional kompetentlilik xususida gapirish oʼrinlidir. Yuqori emotsional intellekt oʼz oʼzicha mehnat samaradorligini belgilovchi koʼrsatkichi boʼlmasligi mumkin. Аmmo, muvaffaqiyatning asosiy kompetentsiyasi vazifasini oʼtaydi. Emotsional intellekt emotsional kompetentlilik bilan oʼzaro bogʼliq va unga asoslanadi.Emotsional intellektning muayyan darajasi emotsiyalar bilan bogʼliq holda aniq kompetentsiyalarni oʼrganish uchun zarur. Masalan, tanish qobiliyati oʼzga insonning hissiyotlarini anglash va oʼzgalarni ruhlantirib, ularga taʼsir etish qobiliyatini rivojlantirish imkoniyatini beradi. Shunga mos tarzda, oʼz emotsiyalarini yaxshi boshqarishga qodir insonlarda, turli xil stress vaziyatlarida initsiativlilik va ishlash qobiliyatini rivojlantiradi. Аynan emotsional kompetentlilikning tahlili ishchanlik samaradorligini prognoz qilish uchun zarurdir. Emotsional intellekt konkret va abstrakt intellektdan farqli oʼlaroq, tashqi dunyo qonuniyatlari va ularning shaxs xulq–atvori bilan aloqasi hamda borliq bilan oʼzaro aloqadorligini aks ettiradi. Emotsional intellektning oxirgi natijasi shaxslilik maʼno kasb etuvchi, hodisalarni differentsial baholash negizidagi emotsiyalarni anglash va aks ettirishga asoslangan qaror qabul qilishdir. 57 Shunday qilib, ilmiy nazariy manbaalar tahliliga koʼra, 1985 yilda klinik fiziolog Reven Bar–On ilk bor EQ-emotional quotinent, emotsionallik koeffitsienti va shunga mos tarzda IQ- intellekt koeffitsientini kiritdi. 1990 yilda Djon Meyer va Piter Soloveylar “emotsional intellekt” tushunchasini fanga kiritdilar. Keyinchalik Deniel Golman ham ushbu ilmiy harakatlarning izdoshlari sifatida oʼzining matbuotlarda chiqishlar qildi. Shunday qilib, D. Meyer, P. Solovey va D. Golmanlar “emotsional intellekt” tadqiqotining “uch sardoriga” aylandilar. Nazariy tahlillar koʼrsatishicha, emotsional intellekt oʼta murakkab va koʼpqirrali tushuncha boʼlib, uning koʼplab psixologik taʼriflari bor. Qayd etish lozimki, yana emotstsional intellekt bilan uzviy bogʼliqlikdagi emotsional kompetentlilik tushunchasi ham mavjud. Bizningcha, bularning barchasi emotsional intellektning muayyan darajalari aniq kompetentsiyalarini oʼrganish lozimligini anglatadi. Download 2.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling