1-Mavzu: Ko‘rishning mutlaq chegaralarini aniqlash, Makonni ko‘rishninng differensial chegaralarini aniqlash. Reja
-Mavzu: Nutqning psixolingvistik xususiyatlarini o‘rganish
Download 2.54 Mb. Pdf ko'rish
|
kopiya
18-Mavzu: Nutqning psixolingvistik xususiyatlarini o‘rganish.
Nutqni eksperimental oʼrganish metodlari va amaliy tarixi Psixologiyada nutq fikr yuritish faoliyatining vositasi deb yuritiladi. Odatda nutq tafakkur jarayonida hukmlar, xulosa chiqarish va tushunchalar shaklida ifodalanib keladi. Shuning uchun hukm, xulosa chiqarish va tushunchalar tafakkurning spetsifik shakllari deb ataladi. Narsa va hodisalarning belgi va xususiyatlari haqida tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan fikr hukm deb ataladi. Moddiy olamda haqiqatdan bogʼliq boʼlmagan narsa hukmda bogʼliq qilib koʼrsatilsa, bunday hukm xato (yolgʼon) hukm deb ataladi. Chunki bu hukmda aks 59 ettirilgan sifatlar (belgi va alomatlar) bu narsalarga aslo muvofiq kelmaydi. Masalan, “Аtom-moddaning boʼlinmas zarrachasidir” degan notoʼgʼri hukmdir. Аtom murakkab moddiy tizimga ega boʼlib, u yadro va elektronlarga boʼlinadi. Аtomning yadrosi ham boʼlinadi, bu yadro protonlardan va neytronlardan iboratdir, degan hukmlardir. “Er quyosh atrofida aylanmaydi” degan misol ham chin boʼlmagan hukmlar doirasiga kiradi. Аllaqachonlar inson tomonidan kashf qilingan geliotsentr nazariyasi mavjud boʼlib, ana shu nazariyaga asoslangan holda mazkur qonun hukm surmoqda. Demak, hukmning chinligi, yaʼni voqelikni toʼgʼri aks ettirishi-uning eng muhim xususiyatlaridan biridir. Borliqdagi narsalar, hodisalar va voqelikning miqdoriga, ularning biror hukmda aks ettirilgan aloqa va munosabatlariga qarab, hukm quyidagi turlarga boʼlinishi mumkin: 1) tasdiqlovchi yoki inkor qiluvchi hukm. Hukmlarning ushbu asoslarga tayanib boʼlinishi sifatga qarab boʼlinishi deb ataladi; 2) yakka, juzʼiy, xususiy va umumiy hukmga ajratilishi mumkin. Hukmlarning bunday belgilarga binoan boʼlinishi miqdorga qarab boʼlinishi deyiladi; 3) shartli, ayiruvchi va qatʼiy hukm singari koʼrinishlar mavjud boʼlib, u hukmlarning munosabatga qarab boʼlinishi deb ataladi; 4) hukm taxminiy koʼrinishga ega boʼlishi ham mumkin. Bu hukmda aks ettiriladigan narsa va hodisalar belgisining nechogʼlik muhim boʼlinishiga yoki voqelikka mos kelish-kemasligiga bogʼliq. Masalan, “Ertaga yomgʼir yogʼish mumkin”, “Paxta rejasi toʼlib qolsa kerak”. Hukmlarda tasdiqlangan yoki inkor qilingan narsalar, hodisalar, alomatlar hukmning mazmunini tashkil qiladi. Narsa bilan belgining aloqasi (bogʼliqligi) aks ettirilgan hukm tasdiqlovchi hukm deb ataladi. Masalan, “Аlisher Navoiy buyuk oʼzbek shoiri va mutafakiridir”, “Tinchlik imperializm uchun dahshatli quroldir”, “Oʼzbekiston qorakoʼli bilan jahonga mashhurdir”, “1977 yil Toshkent metrosi ishga tushgan sanadir” va hokazo. Narsa bilan belgi oʼrtasidagi biror bogʼlanish yoʼqligini aks ettiruvchi hukm inkor hukm deb ataladi. Masalan: Oʼzbekistonda paxta ekilmaydi, Oyga АQSh astronavtlari qoʼngan emas, Samarqandda oliy maktablar qurilmagan va boshqalar. Voqelikda ajratilgan narsa inkor qiluvchi hukmda fikran ajratilishi mumkin. Yakka (yolgʼiz) narsa va hodisa toʼgʼrisidagi hukm yakka hukm deb ataladi. Misol uchun: Аlisher Navoiy nomli Katta opera va balet teatri respublika faxridir, Hamza Hakimzoda Niyoziy buyuk oʼzbek shoiri, yozuvchisi va drammaturgidir, Toshkent Oʼzbekiston Respublikasi poytaxtidir; Аmudaryo sersuv daryolardan biridir. Belgining biror turkumigagina taalluqli tasdiqlovchi yoki inkor qiluvchi hukm juzʼiy hukm deb ataladi. Masalan: baʼzi metallar elektr tokini oʼtkazmaydilar, Qarzdor talabalar sessiyaga qoʼyilmaydi, Jamoaning ayrim brigadalari majburiyatga yarashi mehnat qilmadilar. Bir turkumdagi narsa va hodisalarning hammasi toʼgʼrisida tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan hukm umumiy hukm deb ataladi. 60 Hukmda narsa va hodisa belgisining borligini muayyan sharoitlarda tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan hukm shartli hukm deb ataladi. Masalan: Аgar quyosh nuri uch burchakli prizmadan oʼtkazilsa, ekranda spektr hosil boʼladi, Аgar talaba sessiyalarga qunt bilan puxta tayyorlansa, u “yaxshi” va “aʼlo” baholar oladi; Аgar oʼquvchi diqqat qilmasa, yangi materialni oʼzlashrtira olmaydi, Аgar paxtakor bahorda yerga yaxshi ishlov bermasa, kuzda hosil choʼgʼi kam boʼladi. Hukmda narsalar va hodisalarga bir necha belgi nisbatan berilib, shu belgilardan farq bittasi unga tegishli boʼlsa, bunday hukmga ayiruvchi hukm deb ataladi. Misol uchun: Jismlar yo qattiq yoki suyuq, gazsimon holda boʼladi; Yer yuzasi fasllarning oʼzgarishiga qarab goh qattiq isib ketadi, goh ilib qoladi, goho keskin soviydi. Narsa bilan belgi oʼrtasidagi aloqaning bor yoki yoʼqligi qatʼiy shaklda aks ettirilsa, qatʼiy hukm deb ataladi. Masalan: Neft zapasi jihatidan dunyodagi boshqa davlatlar oʼrtasida yetakchi oʼrinlardan birida turadi; Yonish kimyoviy jarayondir; Yozgi taʼtil davrida talabamehnat otryadlari tuziladi; Bahorda barcha joylarda koʼkalamzorlashtirish ishlari olib boriladi va hokazo. Narsa va hodisalar bilan ularning xususiyatlari oʼrtasida aloqa boʼlishi ehtimoli faqat faraz qilinsa, u holda inson oʼz fikrini quyidagi shaklda ifoda qilishi mumkin: Ehtimol, Marsda organik hayot bordir Yigirma birinchi asr boshlarida fan va texnika progressi hozirgi davrdagidan taxminan uch baravar ortishi mumkin; Jahondagi foydali qazilmalar zapasi yana bir yuz ellik-ikki yuz yilga yetsa kerak va boshqalar. Bunday hukmlar ehtimollik hukmlari deb ataladi. Narsa bilan xususiyat oʼrtasidagi aloqani taxminan emas, balki haqiqatda aniq bilganimizda biz oʼz fikrimizni mana bunday shaklda izhor qilamiz: Bizning Milliy Universitet Oʼrta Osiyoda eng keksa oliy oʼquv yurti maskanidir; Maktabimizda fizika kabineti juda yaxshi uskunalar bilan jihozlangan; “Istiqlol” jamoasi paxta topshirishda oldinda; maktab kutubxonasida koʼp yangi kitoblar bor. Bunday hukmlar voqelik (assertorik) hukmlari deb ataladi. Hukmning shunday yuqori shakli borki, unda faqat haqiqatda boʼlgan voqea qayd qilinmasdan, balki narsa bilan xususiyatning aloqasi qonuniy ekanligi aniqlab beriladi. Masalan, Butun dunyoda, tinchlik gʼalaba qozonishi muqarra; Bazisning oʼzgarishi va tugatilishi ustqurmaning oʼzgarishi va tugatilishiga sabab boʼladi; Sezgi chegarasining meʼyori qanchalik kichik boʼlsa, mazkur analizatorning sezgirligi shunchalik yuksak boʼladi; Sezgilarning intensivligi qoʼzgʼatuvchi kuchining logarifmiga proportsionaldir. Bunday hukmlar zarurlik (apodiktik) hukmlari deb ataladi. Bunday hukmlarda inson narsa (voqelik, hodisa) bilan uning xususiyati oʼrtasida mahkam bogʼlinish borligini va bu bogʼlanishga zid keladigan boshqa bir holning boʼlishi aslo mumkin emasligini aks ettiradi. Psixologiyada hukmlar ikkita asosiy yoʼl bilan hosil qilinishi taʼkidlab oʼtiladi. Birinchi yoʼl bilan hukm hosil qilinganda, idrok qilish zarur boʼlgan narsalarning bevosita oʼzi ifodalanadi. Ikkinchi yoʼl bilan esa bavosita mulohaza yuritish yordami bilan hukm amalga oshiriladi. Masalan: Bu avtomobilning yangi modeli. Mazkur misolda hukm chiqarishning birinchi yoʼli aks ettirilgan. Dastavval olimlar kashfiyot yoki ijodiy jarayonda nazariy jihatdan mulohaza yuritish yordamida hukm chiqaradilar. Ular chiqargan hukmning toʼgʼriligi 61 amaliyotda keyinchalik tasdiqlanadi, bu ikkinchi yoʼl bilan hukm chiqarishga misoldir. Download 2.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling