1-Mavzu: Ko‘rishning mutlaq chegaralarini aniqlash, Makonni ko‘rishninng differensial chegaralarini aniqlash. Reja
Download 2.54 Mb. Pdf ko'rish
|
kopiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Natijalar tahlili
- 20-Mavzu: To‘ldirish metodikasi yordamida matnli axborotni o‘zlashtirishni baholash Kichik maktab yoshidagi bolalar tafakkurini oʼrganish metodikasi
B A Y O N N O M A:
Tekshiriluvchi: Tekshiruvchi: Tekshiriluvchining ruhiy holati: Sana: 62 Tajriba raqami Assotsiativ qator uzunligi Semantik uyalar Absolyut O’rtacha Uyalarning o’rtacha miqdori O’rtacha hajmi (so’zlar soni) 1 2 3 4 5 M Natijalar tahlili: 1. Bir minut davomida talaffuz qilingan so’zlar soni aniqlanadi. 2. Assotsiativ qatordagi semantik uyalar soni, har bir uyadagi so’zlar soni aniqlanadi. 3. Assotsiativ qatorning o’rtacha qiymati, uyalarning o’rtacha miqdori aniqlanadi. 4. Xulosa chiqarish uchun bir minutda talaffuz qilingan so’zlar soniga e’tibor beriladi. Bu ko’rsatkich o’rtacha 19-21 ta so’zni tashkil etadi. 35-40 ta so’z yuqori ko’rsatkichni bildiradi. 3-4 uyaning mavjudligi unda, 5-6 ta so’zning bo’lishi me’yor hisoblanadi. 20-Mavzu: To‘ldirish metodikasi yordamida matnli axborotni o‘zlashtirishni baholash Kichik maktab yoshidagi bolalar tafakkurini oʼrganish metodikasi Mazkur metodika kichik maktab yoshidagi bolalarda tushunchalar, turli obʼektlar oʼrtasidagi sababiy bogʼlanish, oʼxshashlik haqidagi tasavvurlarning shakllanganligini oʼrganish uchun xizmat qiladi. U 20 ta savoldan iborat. Psixolog bolaga har bir savolni oʼqib beradi va bolaning javobini qayd etadi. Har bir savoldan soʼng qavs ichida toʼgʼri javob keltirilgan. Savollar. 1. Ot kattami yoki itmi? (ot) 2. Ertalab nonushta qilamiz, peshindachi? (tushlik) 3. Kunduzi yorugʼ, kechasi-chi? (qorungʼu) 4. Osmon havo rangda, oʼtlar – chi? (yashil) 5. Gilos, nok, olma, olxoʼri – bular nima? (meva) 6. Nima uchun hali poezd oʼtmasdan shlagbaum tushiriladi? (mashinalarni toʼxtatib turish uchun) 7. Toshkent, Samarqand, Buxoro – bular nima? (shahar) 8. Soat necha boʼldi? (bolaga soat koʼrsatiladi?) 63 9. Sigirning bolasi buzoq, itning bolasi kuchukcha, qoʼyning bolasi-chi? (qoʼzichoq) 10. It koʼproq tovuqqa oʼxshaydimi yoki mushukkami? (mushukka) 11. Nima uchun avtomobillarda tormoz bor? (mashinani sekinlashtirish maʼnosidagi har qanday javob toʼgʼri boʼladi) 12. Bolgʼa bilan bolta nimasi bilan bir-biriga oʼxshaydi? (oʼxshash vazifalarini bajaruvchi asboblar mazmunidagi har qanday javob toʼgʼri) 13. Olmaxon bilan mushuk nimasiga koʼra oʼxshaydi? (kamida ikkita oʼxshash belgi sanab oʼtilishi kerak) 14. Mix bilan vintning nima farqi bor? (mixning usti tekis, vint gʼadir – budur, mix bolgʼa bilan qoqiladi, vint burab kiritiladi) 15. Futbol, tenis, suzish – bular nima? (sport, fizkultura) 16. Qanday transport turlarini bilasan? (kamida ikkita har xil transport sanab oʼtilishi kerak) 17. Qari odam yoshdan nima bilan farqlanadi? (kamida ikkita muhim farqli belgi sanab oʼtilishi kerak) 18. Odamlar nima uchun sport bilan shugʼullanadi? (sogʼlom boʼlish uchun, baquvvat boʼlish uchun, kuchli boʼlish uchun, gʼalaba qozonish uchun, chempion boʼlish uchun) 19. Odamlar ishlamasa nima boʼlishi mumkin? (narsalar yarata olmaydilar, narsalar sotib ololmaydilar, qiynalib yashaydilar kabi javoblar) 20. Odamni nima uchun qamab qoʼyadilar? (yomon ish qilgani uchun mazmunidagi har qanday javob, boshqalarga zarar yetkazmasligi uchun degan javob toʼgʼri). Natijalarni qayta ishlash. 0,25 ball qoʼyiladi. Javobni baholashdan avval bolaga savolni toʼgʼri tushuntirilganligiga ishonch hosil qilish kerak. Zarurat tugʼilganda psixolog ayrim soʼzlarning maʼnosini izohlab berishi lozim (masalan, shlagbaum soʼzi izoh talab qilish mumkin). Natijalarni baholash. 10 ball – juda yuqori darajada 8 – 9 ball – yuqori daraja 4 – 7 ball – oʼrta daraja 2 – 3 ball – past daraja 0 – 1 ball – juda past daraja Download 2.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling