1-Mavzu: Ko‘rishning mutlaq chegaralarini aniqlash, Makonni ko‘rishninng differensial chegaralarini aniqlash. Reja


Download 2.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/37
Sana19.11.2023
Hajmi2.54 Mb.
#1787087
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
kopiya

Psixolingvistika - nutqning hosil boʻlishi, shuningdek, nutqni idrok etish va 
shakllantirish jarayonlarini ularning til tizimi bilan oʻzaro bogʻlanishi holatida 
oʻrganuvchi fan; psixologiya va lingvistikannng sinte-zidan paydo boʻlgan. 
Psixolingvistika inson nutqiy faoliyati modelini va psixofiziologik nutqiy 
shakllanishini ishlab chi-qib, ularni psixologik eksperimentlar yoʻli bilan 
tekshiradi. Tadqiqot manbai boʻyicha tilshunoslikka yaqin boʻlgan Psixolingvistika 
oʻz tekshirish usullari boʻyicha psi-xologiyaga yaqin turadi. Unda oʻzaro 
bogʻlanishli eksperiment, "semantik differensial" kabi va boshqa eksperimen-tal 
usullar qoʻllanadi. Psixolingvistika bir qator amaliy masalalar [ona tili, ayniqsa, 
xorijiy tilni oʻrgatish; maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqiy tarbiyasi va 
logopediya masalalari; miyadagi nutkiy markazlar kasalliklari klinikasi; nutqiy 
taʼsir koʻrsatish muammolari (xususan ommaviy axborot vosi-talari faoliyatida va 
targʻibot ishlarida); sud psixologiyasi va kriminalistika (mas, kishilarni ularning 
nutq xususiyatiga qarab tanib olish, aniqlash); mashina tarjimasi hamda nutqiy 
axborotni EHMga kiri-tish muammolari va boshqa]ni nazariy ji-hatdan tushuntirish 
zarurati tufayli oʻtgan ayerning 60-yillarida paydo boʻlgan. " Psixolingvistika " 
termini oʻtgan ayerning 60-yillari oʻrtalarida amerikalik olimlar tomo-nidan 
amaliyotga kiritilgan. Oʻzbekistonda ushbu sohada bir kancha ishlar bajarilgan 
boʻlsada, haqiqiy maʼnodagi psixolingvistik tadqiqotlar endigina boshlanmoqda. 
19-MAVZU: Nutqning psixolingvistik xususiyatlarini o‘rganish. 
 
 ZANJIRLI ASSOTSIATIV EKSPERIMENT. 
 
Maqsad: Nutqiy fikrlash tezligini o’rganish.
Jihoz: Magnitofon, sekundomer.
Ishning borishi:  
Tajriba guruh sharoitida yoki yakka tartibda o’tkaziladi. Guruh sharoitida 
olib borilganda talabalar tekshiruvchi va tekshiriluvchilarga bo’linishadi. Har bir 
tekshiriluvchi bilan 3-5 marta tajriba o’tkaziladi. Tajriba 1 minutdan davom etadi. 
Tajribalar o’rtasidagi oraliq 15-20 minutni tashkil etadi.
Tekshiriluvchiga quyidagicha ko’rsatma beriladi: «Bir minut davomida 
miyangizga kelgan har qanday so’zni aytishingiz mumkin. Qarshingizda mavjud 
bo’lgan predmetlarning nomini sanamang. Avvaldan yod olingan so’zlarni 
qaytarmang». Tekshiriluvchi tomonidan aytilgan so’zlar magnit lentasiga yozib 
olinadi va natijalarni tahlil qilish jarayonida eshittiriladi.

Download 2.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling