1-Mavzu: Ko‘rishning mutlaq chegaralarini aniqlash, Makonni ko‘rishninng differensial chegaralarini aniqlash. Reja


Download 2.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/37
Sana19.11.2023
Hajmi2.54 Mb.
#1787087
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
kopiya

 
 


12 
 
3-Mavzu: O‘smir tomonidan sinfning idrok etilishiga xos xususiyatlarini 
oʼrganish metodikasi

Shaxslararo munosabatlarning tarkibiy qismlaridan biri odamlarning bir-birini idrok 
etishi va tushunishidan iborat. Insonning inson tomonidan idrok qilinishi jarayoniga bir qancha 
omillar- ijtimoiy ustanovkalar, shaxslararo munosabatlarning xususiyatlari, insonlarning bir – 
biri haqidagi maʼlumotlari va boshqalar taʼsir koʼrsatadi. Ijtimoiy pertsepsiya jarayoniga nafakat 
shaxslararo munosabatlar, balki insonning guruh bilan boʼlgan munosabatlari ham taʼsir 
koʼrsatadi. Shu tufayli guruh individ tomonidan qanday idrok etilayotganini oʼrganish 
shaxslararo idrok jarayonini tadqiq etishning muhim jabhasidir. 
Mazkur metodika Ye.V.Zalyubovskaya tomonidan taklif etilgan boʼlib, individda guruhni 
idrok etishning 3 tipidan qaysi biri ustun ekanini aniqlashga xizmat qiladi. U tiplar 
quyidagilardan iborat. 
1 - tip. Individ guruhini oʼz faoliyatiga xalaqit berayotgan narsa sifatida idrok qiladi yoki 
unga neytral munosabatda boʼladi. Guruh individ tomonidan yaxlit birlik sifatida idrok 
etilmaydi. Individ hamkorlikdagi faoliyatdan oʼzini chetga tortadi, koʼproq individual faoliyatni 
xush koʼradi, uning guruh aʼzolari bilan boʼlgan aloqalari sust boʼladi. Guruhni idrok etishning 
bunday tipini «Individualistik tip» deb atash mumkin. 
2 – tip. Individ guruhni u yoki bu shaxsiy maqsadlarga erishish vositasi sifatida idrok 
etadi. Bunda guruh individ uchun qanchalik foydaligiga bogʼliq ravishda idrok etiladi va 
baholanadi. Individ guruhning mutasaddi, muayyan masalalar boʼyicha zarur axborotni va 
yordamni bera oladigan vakillarini maʼqul koʼradi. Guruhni idrok etishning mazkur tipini 
«Pragmatik tip» deb atash mumkin. 
3 - tip. Individ guruhini yahlit birlik va mustaqil qadriyat sifatida idrok qiladi. Uning 
uchun butun guruh va guruh aʼzolarining muammolari birinchi oʼrinda turadi. Shu tufayli individ 
butun guruhning ham, ayrim aʼzolarning ham muvaffaqiyatidan oʼzini manfaatdor, deb biladi. 
Umumiy faoliyatga oʼz hissasini qoʼshishga intiladi. Individda jamoaviy mehnatga nisbatan 
ehtiyoj kuzatiladi. Guruhni idrok etishning bunday tipini «Kollektivistik tip» deb atash mumkin. 
Soʼrovnoma 14 hukmdan iborat. Har bir hukm 3 muqobil variantga ega. Variantlar guruhni idrok 
etishning 3 tipidan biriga mos keladi. 
Koʼrsatma: «Biz taʼlim jarayonini takomillashtirish maqsadida maxsus tadqiqot oʼtkazayapmiz. 
Sizning soʼrovnoma savollariga beradigan javoblaringiz bizga bu borada yordam berishi 
mumkin. Siz soʼrovnomada har bir hukm gapdan keyin berilgan variantlar (a, b, v) dan biridagi 
fikrni tanlashingiz kerak. Tanlangan fikr sizning nuqtai nazaringizni toʼliqroq aks ettirishi lozim. 
Unutmang, javoblar orasida toʼgʼri yoki notoʼgʼrisi yoʼq. Ulardan faqat bittasini tanlang».

Download 2.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling