1-mavzu: korporativ huquqning umumiy qoidalari


Download 1.6 Mb.
bet1/5
Sana07.03.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1247896
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1- mavzu prezentatsiya

1-MAVZU: KORPORATIV HUQUQNING UMUMIY QOIDALARI

  • 1. Korporativ huquq tushunchasi
  • 2. Korporativ huquqiy munosabatlar tushunchasi va subyektlari
  • 3. Korporativ huquq prinsiplari
  • 4. Korporativ huquq manbalar
  • 5. O’zbek huquq doktrinasida korporatsiyalar

Korporativ huquq tushunchasi.

Korporativ huquq – korporatsiyalarning shakllanishi, faoliyat yuritishi va tugatilishi bilan bog’liq ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi qoidalarni o’z ichiga oladi.

Korporativ huquqning paydo bo ‘lish va rivojlanish tarixi

  • Huquqiy institut sifatidagi shirkat haqida insoniyat bilimlarining paydo bo'lishi eramizgacha bo‘lgan davrlarga borib taqaladi. Shu o‘rinda eramizdan avvalgi 1792-1750 yillarda Bobilda mavjud bo‘lgan Xamurappi qonunlarining 282 ta moddasidan 8 tasi shirkat munosabatlarini tartibga solishga qaratilganligidan uning bu sohada muhim ahamiyat kasb etganligini ko‘rish mumkin.

Korporatsiyalarning qisqacha tarixi.

  • “Korporatsiya” so’zi (qadimgi lotin tilidagi corporation) kasbiy yoki sinfiy manfaatlar asosida birlashgan hamjamiyat, birlashma, shaxslar guruhini bildiradi. “Corpus” atamasi bilan birga – “universitetlar” va “kollegiyalar” Qadimgi Rimda ishlatilgan, jumladan, faqat shaxslar ittifoqi emas, balki qoramol, otlar podasi yoki uy, kema kabi boshqa tushunchalar to’plamini nazarda tutgan.
  • “korporatsiya” tushunchasi lotincha “corpus habere” iborasidan kelib chiqib, yuridik shaxs huquqlarini anglatadi.

Korporativ jamiyat

Korporativ jamiyat - bu yuridik shaxs huquqiga, ta’sischiiari yoki muassislari tomonidan taqdim etilgan alohida mol-mulk kapitaliga, o‘z nomiga ega bo‘lgan va tashqi korporativ munosabatlarda shu nom bilan harakat qiladigan, o‘z majburiyatlari yuzasidan qonunga muvofiq tarzda taqdim etilgan va ro‘yxatga olingan, maxsus soliq

maqomiga ega bo‘lgan, o‘ziga qarashli mulk asosida mustaqil javob beradigan, tashkiliy-huquqiy majburiyatlar va jamiyat mulkdorlari haqidagi ma’lumotlaring sir tutilishi haqidagi alohida ijro tartibiga ega bo‘lgan fuqarolaming birlashmasidir


Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling