Korporatsiyalar turlari Eng keng tarqalgan qarashlarni umumlashtirgan holda, korporatsiyalar qatoriga tijorat tashkilotlari – xo’jalik shirkatlari, xo’jalik jamiyatlari, xo’jalik sherikliklari, ishlab chiqarish kooperativlari hamda notijorat tashkilotlar – assotsiatsiya (uyushmalar), iste’mol kooperativlari va ishtirok etish yoki a’zolik tamoyili asosida qurilgan boshqa notijorat tashkilotlarni ham o’z ichiga olishi mumkin. - – o’z faoliyatini boshqarishda ishtirok etish huquqiga ega bo’lgan bir necha ishtirokchi (a’zo) larning sa’y-harakatlarini birlashtirib, foyda olish maqsadida yaratilgan yuridik shaxs bo’lib, ustav kapitali ma’lum qismlarga (ulushlar, aksiyalar, paylarga) bo’linadi.
Notijorat korporativ tashkilot - – ta’sischilari (ishtirokchilari) o’z faoliyatini boshqarishda ishtirok etish huquqini (a’zolik huquqini) qo’lga kiritadigan, o’z faoliyatining asosiy maqsadi sifatida foyda olishni ko’zlamaydigan yuridik shaxs.
Nazariy savollar - 1. Korporatsiya nima? Ingliz va Yevropa huquqida korporatsiya tushunchasi farqlarini tahlil eting.
- 2. Korporatsiya tushunchasini keng va tor maʼnoda ochib bering.
- 3. Tijorat korporativ tashkiloti va notijorat korporativ tashkilotlariga taʼrif bering.
- 4. Korporatsiyalarni vujudga kelish tarixini qisqacha yoriting.
- 5. Korporatsiyaning eng asosiy xususiyatlarini tavsif bering.
- 6. Korporativ huquq alohida huquq sohasi hisoblanadimi kompleks huquq sohasi hisoblanadimi?
- 7. Korporativ huquq printsiplari va kontseptsiyalari bilish nima uchun foydali va ularga misollar keltiring
Kazuslar - 1. “Start” MChJ ishitrokchilari korporativ nizo bo’yicha sudga murojaat qilishdi. Sud ishini ko’rishda qonun hujjatlari bilan birga MChJ ustavida belgilangan qoidalar hamda Oliy sud Plenumi qarorlaridagi ko’rsatmalarni ham qo’ladi. Bundan norozi bo’lgan ishtirokchi mazkur ustav va Oliy sud Plenumi qarori huquq manbasi bo’lolmasligi, ish faqatgina MChJ to’g’risidagi qonunda belgilangan normalar doirasidagina hal bo’lishi lozimligini aytdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |