Korporativ boshqaruv fanining predmeti maqsadi va vazifalari
Download 1.11 Mb.
|
Korporativ boshqaruv fanining predmeti maqsadi va vazifalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korporativ boshqaruvning maqsadi
- Korporativ boshqaruvning vazifalari
- Korporativ boshqaruv prinsiplari
- Korporativ boshqaruv prinsiplariga rioya qilishning ahamiyatli jihatlari
- E’tiboringiz uchun rahmat!!!
Korporativ boshqaruv fanining predmeti maqsadi va vazifalariKorporativ boshqaruvning mohiyati, maqsadi va vazifalariBugungi kunga kelib dunyo miqyosida keng qo‘llaniladigan tushunchalardan biri shak-shubhasiz korporativ boshqaruv tushunchasidir. “Korporativ boshqaruv oldindan mavjud, shuningdek ushbu atama yangi hamdir” . Bunga korporativ boshqaruv organlari tomonidan faoliyati samarali tashkil etilib kelinayotgan yirik aksiyadorlik kompaniyalari, transmilliy korporatsiyalar va hokazolarning milliy va jahon iqtisodiyotidagi o‘rni sabab bo‘lmoqda. Shundan kelib chiqqan holda dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida, xususan mamlakatimizda ham korporativ boshqaruv tizimini samarali tashkil etish masalasiga jiddiy e’tibor qaratilib kelinmoqda. Keltirilayotgan jihatlar sabab korporativ boshqaruvning iqtisodiy mohiyati, uning maqsad va vazifalarini to‘g‘ri anglash maqsadga muvofiq. Korporativ boshqaruvning iqtisodiy mohiyati uzoq yillardan buyon o‘rganilib kelinmoqda va bu borada tadqiqotchilarning fikrlari xilma-xilligiga guvoh bo‘lish mumkin.Korporativ boshqaruvning maqsadi :Korporativ boshqaruvning asosiy maqsadi – past qiymatda investitsiyalar jalb qilish, aksiyadorlarga to‘lanadigan dividendlarni maksimallashtirish, kompaniyaning bozordagi ulushi va kapitallashuv darajasini oshirib borishdir. Shuningdek umumiylik nuqtayi nazaridan korporativ boshqaruvning maqsadini korporativ tuzilma mulkidan samarali foydalanish ustidan mulkdorlarning nazorati hamda istiqbolni belgilab berishi sifatida ham ifodalash mumkin.Korporativ boshqaruvning vazifalari :Korporativ boshqaruvning asosiy vazifalari esa quyidagilardir - korporativ tuzilma joriy moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilib borish; - aksiyadorlar (shu jumladan minoritar aksiyadorlar) huquqlarini himoya qilish va qonuniy manfaatlarini ta’minlash - aksiyadorlik jamiyatlari investitsion jozibadorligini oshirib borish orqali biznes qiymatini maksimallashtirish; - rivojlanish strategiyalarini belgilash va ularni amalga oshirib borish ustidan nazorat o‘rnatish va boshqalar. Korporativ boshqaruvning tarixan rivojlanishi korporativ boshqaruv nazariyalari shakllanishiga ham xizmat qildi. Bunday nazariyalar quyidagilar: - aksiyadorlar nazariyasi; - agentlik nazariyasi; - shartnomalar nazariyasi; - manfaatdor tomonlar nazariyasi; - korporativ ijtimoiy mas’uliyat nazariyasi.Korporativ boshqaruv prinsiplariIqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti korporativ boshqaruvning quyidagi prinsiplarini ajratib ko‘rsatadi: 1. Samarali korporativ boshqaruv tuzilmasi uchun asoslarni ta’minlash. Mazkur funksiya davlat tomonidan korporativ boshqaruv samarali amal qilishi uchun shart-sharoit yaratishni nazarda tutadi. 2. Aksiyadorlar huquqlari, aksiyadorlarga nisbatan bir xil munosabatda bo‘lish va asosiy mulkdorlar funksiyalari. 3. Institutsional investorlar, fond bozorlari va boshqa vositachilar. 4. Korporativ boshqaruvda manfaatdor tomonlarning roli. 5. Axborotlar oshkoraligi va shaffofligi. 6. Direktorlar kengashining javobgarligi. Umumiy holda korporativ boshqaruvning prinsiplari quyidagilar: - qonuniylik; - adolatlilik; - hisobdorlik; - javobgarlik; - oshkoralik; - shaffoflik. Korporativ boshqaruv prinsiplariga rioya qilishning ahamiyatli jihatlariYuqoridagi rasmdan ko‘rinib turibdiki, korporativ boshqaruv prinsiplarining ta’minlanishi milliy va xalqaro iqtisodiy taraqqiyoti uchun hamda jamiyat ravnaqi uchun xizmat qiladi. Korporativ boshqaruv ishtirokchilari.Korporativ boshqaruv obyekti sifatida esa korporativ munosabatlar va korporativ mulk qaraladi. Korporativ tuzilmalar o‘z faoliyati davomida turli subyektlar munosabatlarga kirishadi. Bunda munosabatlarga kirishuvchi subyektlar o‘z manfaatlari, faoliyat xususiyatlari va boshqa jihatlarga ko‘ra tasniflanishi mumkin. Umuman korporativ boshqaruv subyektlari quyidagilar: - emitent sifatida aksiyadorlik jamiyatlari; - aksiyadorlar, ya’ni investorlar; - korporativ tuzilma menejerlari; - davlat; - kreditorlar va boshqa manfaatdor shaxslar.E’tiboringiz uchun rahmat!!!Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling