1-Mavzu. Korxona iqtisodiyot va menejment fanining maqsadi va vazifalari
Download 131.5 Kb.
|
1-2-mavzu. KI va M fan predm vazifasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1. Fanning predmeti maqsadi va vazifalari
1-Mavzu. Korxona iqtisodiyot va menejment fanining maqsadi va vazifalari.
1.1. Fanning predmeti maqsadi va vazifalari
“Iqtisodiyot” atamasi birinchi bor Aristotel tomonidan kiritilgan hamda odamlarning tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashdagi xо‘jalik faoliyatini anglatgan. Tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va realizatsiya qilish tizimi qanchalik yaxshi tashkil qilingan bо‘lsa, iqtisodiyot kо‘rsatkichlari va aholining turmush tarzi, resurslardan oqilona foydalanish, bahoni shakllantirish, soliqqa tortish, samarali qо‘llanuvchi boshqaruv tizimi kabi omillarni hisobga olgan holda, shunchalik yuqori bо‘ladi.
Iqtisodiyotning inson va jamiyat hayotidagi о‘rni va ahamiyatiga о‘z vaqtida A.Smit yuqori baho berib, u insonni “homo economicus” - “iqtisodiy odam” deb atagan. Haqiqatdan ham, har bir odam iqtisodiyotning mohiyatini, hayot ne’matlari nimalar evaziga berilishini anglamaguncha, mablag‘larni ishlab topish va ulardan samarali foydalanishni о‘rganmaguncha, oila miqyosi va undan yuqori darajadagi iqtisodiyot uchun ma’qul keluvchi sifat va miqdor parametrlariga ega bо‘ladi, deb о‘ylash notо‘g‘ri bо‘lar edi. Demak, iqtisodiyot parametrlari (ham salbiy, ham ijobiy) avvalo insonlar harakati va faoliyatining, oqilona hо‘jalik yuritish, moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, ayirboshlash va taqsimlashni samarali olib borish qobiliyati natijasida yuzaga keladi.
Download 131.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling