1-mavzu. Korxonalar iqtisodiyoti va menejmenti fanining mohiyati va vazifalari. Reja: «Korxonalar iqtisodiyoti va menejmenti»
Kursning tuzilishi va uning iqtisodiy fanlar tizimida tutgan o`rni hamda boshqa o`quv fanlari bilan bog`liqligi
Download 19.74 Kb.
|
1-mavzu
2. Kursning tuzilishi va uning iqtisodiy fanlar tizimida tutgan o`rni hamda boshqa o`quv fanlari bilan bog`liqligi
Hozirgi kunda bozor iqtisodiyoti ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va korxonalarning mustaqil faoliyat ko`rsatishlariga keng imkoniyatlar ochib berish bilan birga kadrlarga, ularning bilimlari, ko`nikmalari va malakalariga katta talablar qo`ymoqda. Bir tomondan fan- texnika taraqqiyoti, ikkinchi tomondan esa bozor munosabatlari va raqobatchilikning rivojlanib borish sharoitlarida mehnat bozorida faqatgina zamonaviy korxonalar iqtisodiyotini yaxshi biluvchi, uning balansini to`g`ri tushunuvchi, biznes-reja ishlab chiqarishga qodir, investitsion va boshqa xo`jalik faoliyati bilan bog`liq bo`lgan qarorlarni qabul qilishni to`g`ri amalga oshiruvchi mutaxassislar muvaffaqiyatga erishishi mumkin. Bundan ko`rinib turibdiki, asosiy e`tibor korxona mablag`lari va to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiyalar hajmi ko`lamini oshirish va buning natijasida ishlab chiqarishning texnika va texnologik quvvatlarini modernizatsiyalash, mehnat unumdorligini oshirish orqali aholining yuqori daromad olishiga erishish, bularning oqibatida esa, mamlakat farovonligini yuksaltirish maqsad etib qo`yilgan. «Korxonalar iqtisodiyoti va menejmenti» fan sifatida boshqa iqtisodiy fanlar bilan, jumladan, «Iqtisodiy nazariya», «Mikro va makro iqtisodiyot», «Sanoat iqtisodiyoti», «Lizing», «Korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil qilish», «Xom- ashyo yetkazib berish va mahsulotni sotishni o`rganish» bilan chambarchas bog`liq bo`lib, unda korxonalarning tashkiliy tuzilmasidan tashqari joriy va istiqboldagi ishlab chiqarishni rejalashtirish, mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi o`rganiladi hamda mehnatni tashkil qilish va haq to`lashning asoslari ishlab chiqiladi «Korxonalar iqtisodiyoti va menejmenti» korxonalar faoliyati va butun xalq xo`jaligi rivojlanishining miqdor ko`rsatkichlarini sifat ko`rsatkichlaridan ajralmagan holda o`rganuvchi «Iqtisodiy statistika» bilan, Shuningdek, joriy va istiqboldagi ishlab chiqarishni hamda ishlab chiqarish texnologiyalarini rivojlantirish uchun zarur bo`lgan «Korxonalar xo`jalik faoliyatining tahlili» bilan ham bog`liq. Gap shundaki, korxonalar hayotida ro`y berayotgan iqtisodiy jarayonlarni texnika va texnologiyalarni bilmasdan o`rganishning iloji yo`q. Fan-texnika taraqqiyoti sharoitlarida texnika va texnologiyada jadal sur`at bilan yuz berayotgan o`zgarishlar nafaqat ishlab chiqarish xususiyatlarida, balki ayirboshlash, taqsimlash va iste`mol qilish hamda ishlab chiqarishning iqtisodiy natijalarida ham aks etadi va shu sababli mazkur fanni o`rganishda hisobga olinmasligi mumkin emas. Mazkur fanning «Korxonalar xo`jalik faoliyatining tahlili» fani bilan o`zaro aloqasini alohida ko`rsatib o`tish kerak. Bunda ishlab chiqarishning moliyaviy va boshqa jihatlariga baho berish, zahiralarni aniqlashdan tashqari, bashoratlash yordamida korxona rivojlanishining istiqbollari aniqlanadi. Download 19.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling