1-mavzu. Korxonalar iqtisodiyoti va menejmenti fanining mohiyati va vazifalari. Reja: «Korxonalar iqtisodiyoti va menejmenti»


Kursning bozor iqtisodiyoti sharoitiga va islohotlar talabiga xos vazifalari


Download 19.74 Kb.
bet3/4
Sana23.06.2023
Hajmi19.74 Kb.
#1651658
1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu

3. Kursning bozor iqtisodiyoti sharoitiga va islohotlar talabiga xos vazifalari
Korxonalar iqtisodiyoti va menejmenti fani - korxonaning istiqbol maqsadi va imkoniyatini xodimlar manfaati bilan uyg`unlashtirishni nazarda tutuvchi uzoq muddatli boshqaruv usullarini o`rganishni talab etadi. Boshqacha qilib aytganda, iqtisodiy boshqaruv strategik maqsadni amalga oshirishga yo`naltirilgan boshqaruv faoliyatidir. Iqtisodiy boshqaruv usulining paydo bo`lishi va amaliyotga qo`llanilish zaruriyati obhektiv sabablar bilan bog`liq bo`lib, bunda eng avvalo, korxonaga ta`sir qiluvchi tashqi muhitning o`zgaruvchanligi muhim o`rin tutadi. Bu usulning rivojlanishi bir necha bosqichni o`z ichiga oladi.
Ijroni nazorat qilish asosida boshqarish usuli. Bu bosqichda korxonada o`zgarishlarga nisbatan aks ta`sir voqea sodir bo`lgandan so`ng yuzaga keladi. Bu reaktiv moslashuv bo`lib, zamon bilan birga qadam tashlamaydigan rahbarlarga xos. Ammo tez sur`at bilan sodir bo`ladigan o`zgarishlar sharoitida bunday usul hech ham qo`l kelmaydi.
Ekstropoliya asosida boshqarish usuli. Bunda o`zgarish sur`ati tezlashadi. Ammo istiqbolni faqat o`tgan davr o`zgarishlari tendensiyasiga asoslanib, ekstropoliya qilish yo`li bilan belgilash mumkin. Hozirgi bozor iqtisodiyoti davrida bu usul ham unchalik qo`l kelmaydi. Chunki bozor iqtisodiyotini kelajakni o`rganishni, oldindan bozorni o`rganib, keyin mahsulot ishlab chiqarishni talab etadi. O`zgarishlarni oldindan bashorat qilish asosida boshqarish usuli. Bu usul o`zgarishlar sur`ati tezlashib, kutilmagan hodisa sodir bo`lishini nazarda tutib ishlab chiqilgan strategiyani belgilash yordamida amalga oshiriladi. Bu bozor iqtisodiyotiga mos boshqarish usuli bo`lib, ishlab chiqarishni marketing asosida tashkil etishni talab etadi.
Shoshilinch ixcham qarorlarini qabul qilish asosida boshqarish usuli. Bunday usul bozor talablariga javoban korxona faoliyatini tezkorlik bilan o`zlashtirish lozim bo`lgan hollarda qo`llaniladi. Bugun bozor munosabatlari barcha sohalarga shiddat bilan kirib kelyapti. Bunday sharoitda turli-tuman vazifalar favqulodda paydo bo`lishi, tabiiy. Ular faqat uzoqni ko`zlamagan holda rejalashtiriladi va boshqarish amalga oshiriladi. Bu usul, ayniqsa, korxona muayyan inqirozga uchraganda ayrim muammolarga duch kelganda qo`l keladi.
Korxonalar iqtisodiyoti va menejmenti strategik modellar qo`llanilganda asosan istiqbol rejasiga ahamiyat berish kerak. Uning juda muhim va zarurligi quyidagilar bilan izohlanadi:
- korxonaning aniq maqsadini belgilashga va shakllantirishga imkon beradi;
- korxonaning tashqi muhitiga moslashishga yordam beradi;
- samarali boshqarish tarkibi va tizimini yaratishga imkon yaratadi;
- korxona tarkibidagi barcha bo`g`inlar faoliyatini muvofiqlashtirishga sharoit tug`diradi;
- korxonaning barcha resurslarini, yahni ishchi kuchi, aylanma mablag` va asosiy fondlarning samarali taqsimotini tahminlaydi va hokazo.



Download 19.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling