1-Mavzu: logistika fanining predmeti va vazifasi


Logistikaning asosiy atamalari


Download 38.7 Kb.
bet3/6
Sana08.03.2023
Hajmi38.7 Kb.
#1252000
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-Mavzu Logistika

1.2. Logistikaning asosiy atamalari

Logistika o’zining tushunish apparatiga ega bo’lib, uning tarkibiga logistikaga xos bo’lgan kategoriyalar, tushunchalar, atamalar kiradi.


Moddiy oqim tushunchasi logistikada muhim o’rin tutadi.
Moddiy oqim – bu vaqt oralig’iga keltirilgan va har xil logistik amallarni joriy etish jarayonida ko’rib chiqilayotgan tovar-moddiy boyliklarning yig’indisidir.
Moliyaviy oqim – bu logistika tizimlari ichida, ular o’rtasida va tashqi muhitda harakatlanuvchi hamda moddiy oqimlarning samarali harakatini ta’minlovchi moliyaviy mablag’larning maqsadli harakatidir.
Axborot oqimi – bu logistika ichida va tashqi muhit orasida aylanayotgan hamda logistik jarayonlarni boshqarish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar yig’indisidir.
Logistik operasiya – bu moddiy yoki axborot oqimini qayta ishlashga qaratilgan, ixtisoslashgan amallar yig’indisidir.
Moddiy oqimlar ustidan logistik operasiyalarga omborga joylashtirish, tashish, qadoqlash va boshqalarni misol qilish mumkin. Axborot oqimlari ustidan logistik operasiyalar tarkibiga zarur axborotni yig’ish, qayta ishlash va o’tkazish kiradi.
Logistik operasiyalarning ichki va tashqi turlari ajratiladi. Tashqi logistik operasiyalarga ta’minot va tayyor mahsulotni sotish sohasidagi barcha harakatlar taalluqli, ichki operasiyalarga esa – ishlab chiqarishda moddiy oqimni boshqarish kiradi. Bundan tashqari logistik operasiya bir tomonlama yoki ikki tomonlama bo’lishi mumkin, bunda mahsulotga egalik qilish huquqi bir yuridik shaxsdan ikkinchisiga o’tadi.
Logistik funksiya – bu logistik tizimning maqsadlarini amalga oshirishga qaratilgan logistik operasiyalarning yiriklashtirilgan guruhidir. Logisitkaning har bir funksiyasi amallarning bir butun (maqsad nuqtai nazaridan) yig’indisini tashkil etadi.
Logistik funksiyalarning asosiylari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: ishlab chiqarishning moddiy ta’minotini rejalashtirish; ishlab chiqarish buyurtmalarini bajarilish tartibini boshqarish; zahiralarni funksiyalarga bashoratlash va nazorat qilish ham kiradi.
Logistik zanjir. Moddiy oqimni yetkazib beruvchisi va iste’molchisi umumiy holda ikkita mikrologistik tizimni tashkil etadi va logistik zanjir deb ataluvchi tizim orqali bog’langan bo’ladi.
Logistik zanjir – bu ishlab chiqarish iste’molidan tashqi moddiy oqimning bir logistik tizimdan ikkinchisiga yoki shaxsiy noishlab chiqarish iste’molidan oxirgi ite’molchigacha o’tib borishi bo’yicha logistik operasiyalarni amalga oshiruvchi jismoniy yoki yuridik shaxslarning chiziqli keltirilgan miqdoridir.
Logistik zanjirning asosiy bo’g’inlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:

    • material yetkazib beruvchilar;

    • omborxonalar;

    • transport;

    • taqsimot bo’lim (markaz)lari;

    • mahsulot ishlab chiqaruvchilar;

    • mahsulot iste’molchilari.

Logistik tizim u yoki bu logistik funusiyalarni amalga oshiruvchi, teskari aloqaga ega bo’lgan oddiy tizimdan iboratdir. U, asosan, bir nechta tizim ostilardan tashkil topadi va tashqi muhit bilan rivojlangan aloqalarga ega bo’ladi.



Download 38.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling