1-Mavzu: logistika fanining predmeti va vazifasi


Logistikaning rivojlanish bosqichlari


Download 38.7 Kb.
bet4/6
Sana08.03.2023
Hajmi38.7 Kb.
#1252000
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-Mavzu Logistika

1.3. Logistikaning rivojlanish bosqichlari

Hozirgi davrda logistika tutgan o’rnining oshishi birinchi navbatda iqtisodiy sabablarga bog’liq. Sanoat ishlab chiqarish hajmining oshishi va milliy, hamda jahon xo’jaligi aloqalarining kengayishi bozor sohasidagi xarajatlaring kamaytirilishiga ko’proq e’tibor qaratilishini talab etmoqda.


G’arb mamlakatlarida xom ashyoning birinchi manbaidan to oxirgi iste’molchigacha bo’lgan mahsulot harakat vaqtining 93%i uning moddiy- texnik ta’minotining turli kanallaridan o’tishiga to’g’ri keladi. Tovar ishlab chiqarilishi umumiy vaqtning atigi 2%ini olsa, uni tashish esa – 5%ini oladi. Tovar harakatining ushbu mamlakatlar mahsulotidagi ulushi milliy daromadning 20%dan ortig’ini tashkil etadi.
1-jadval
G’arb mamlakatlarida tovar harakatining
tarkibiy tuzilmasi



Tovar harakati bosqichi

Ulushi, %

1.

Xom ashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlar va tayyor mahsulotalarni saqlash

44 %

2.

Omborga joylashtirish va dispetcherlash

16 %

3.

Magistral tashish

23 %

4.

Texnologik tashish

9 %

5.

Mahsulotni sotish

8 %

Manba: Umarova D.M. va b. Logistika: O’quv qo’llanma. – T.: TDTU, 2006.
Logistikaning rivojlanishi birinchi navbatda tovar harakati bilan bog’liq bo’lgan vaqtinchalik va pul xarajatlarini kamaytirishga intilish bilan bog’liq.
Shu bilan birga logistikaga bo’lgan qiziqishning ortishi quyidagi omillarga bog’liq:
- savdo bozoridan iste’molchi bozoriga o’tish, bunda iste’molchilar ehtiyoji ishlab chiqarish dasturlarini ishlab chiqishda asos bo’ladi va tovar harakati tizimining yaratilish zaruriyatini asoslab beradi;
- ishlab chiqarish va sotish faoliyatini tashkil etishni logistik asoslarini qo’llayotgan korxonalarning raqobatbardoshligini ta’minlash;
- logistika tizimida texnik rivjlanish yutuqlarini ishlatish uchun obyektiv imkoniyatlar yaratish;
- amallarni o’rganishning yangi uslub va nazariyalarini ishlab chiqish, masalan, logistika jarayonlarini optimallashtirish uchun asos bo’lgan tizimlar va murosalar nazariyasini qo’llash.

Download 38.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling