1-Mavzu: logistika fanining predmeti va vazifasi


Logistika faoliyatini takomillashtirishning 3 bosqichi


Download 38.7 Kb.
bet5/6
Sana08.03.2023
Hajmi38.7 Kb.
#1252000
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-Mavzu Logistika

Logistika faoliyatini takomillashtirishning 3 bosqichi ajratiladi.
Birinchi bosqich – XX asrning 60-yillari – ombor xo’jaligining transport bilan integrasiyalashuvi hamda ularni ishlatishda bir-biriga moslashtirish bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda faqat yuklash-tushirish amallari bilan bog’liq bo’lgan transport bilan ombor yaqin o’zaro aloqalarga ega bo’la boshlaydi. Ular bir grafik va solishtirilgan texnologiya bo’yicha bir iqtisodiy natijaga ishlashni boshlaydi.
Ikkinchi bosqich XX asrning 80-yillari boshiga to’g’ri kelib, bunda omborga joylashtirish va transport ishlarining o’zaro hamjihatligiga ishlab chiqarishni rejalashtirish qo’shila boshlaydi. Ishlab chiqarish sexi, transport va omborlar bir butun mexanizm sifatida ishlashni boshlaydi. Shu yo’l bilan xaridorlarga xizmat ko’rsatish sifatini boshqarish, moslamalarning ishlash samaradorligini oshirish imkoniyati vujudga keladi.
Uchinchi bosqich XX asrning 80-yillari o’rtalariga to’g’ri keladi va material o’tkazuvchi tarmoqni hamma bo’g’inlarining integrasiyalashuvi bilan xarakterlanadi. Logistika konsepsiyasining asosi bo’lgan integrasiyalashuv zaruriyatini, ta’minot, ishlab chiqarish va taqsimot bo’g’inlarining ko’pchilik qatnashchilari tan ola boshlaydi. Moddiy va axborot oqimlarining tez o’tishini ta’minlash va mahsulotning xom ashyoni birinchi manbaidan to oxirgi iste’molchigacha harakatining hamma bosqichlari monitoringini amalga oshirish imkonini beruvchi zamonaviy kommunikasiya texnologiyalari vujudga keladi.


1.4. O’zbekistonning bozor munosabatlariga o’tishi davrida logistikaning tutgan o’rni

O’zbekiston iqtisodiyotining bozor munosabatlariga o’tish sharoitida logistikaning tutgan o’rni oshadi. Bozor munosabatlariga o’tish davrida logistikaning dolzarbligini aniqlab beruvchi 5 ta omilni ajratish mumkin:


1. Iqtisodiy omil. Hozirgi vaqtda ishlab chiqarish xarajatlari va moliya xarajatlarini kamaytirish imkoniyatlarini qidirish birinchi o’ringa qo’yilmoqda. Logistika mahsulot ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarning iqtisodiy qiziqishlarini bog’lash imkonini beradi.
2. Tashkiliy-iqtisodiy omil. Bozor sharoitida tovar harakati jarayonlarini amalga oshiruvchi yangi tashkiliy shakllarning vujudga kelishi va rivojlanishi davomida, boshqaruv va muvofiqlashtirishning integrasion shakllari, hamda ishlab chiqaruvchi, korxonalar, iste’molchilar, omborlar va transportning o’zaro ta’sirining logistik jarayonlarini ta’minlash tobora katta ahamiyatga ega bo’lmoqda.
3. Axborot omili. Bozor iqtisodiyoti axborot aloqalarining rivojlanishiga ko’maklashadi, ular bozor munosabatlarining sababi va natijasi bo’lib, bir-birlarini o’zaro to’ldiradi. Axborot tushunchasi logistika bilan bozorni chambarchas bog’laydi, chunki logistik jarayonlarning predmeti, vositasi va tashkil etuvchilaridan biri axborot oqimlari hisoblanadi.
4. Texnik omil. Bu omil logistikani tizim sifatida o’rganadi, uni boshqarish obyektlari va subyektlari transport, ombor xo’jaligi va boshqarishni kompyuterlashtirishda zamonaviy texnik yutuqlarni qo’llash asosida rivojlanadi.
5. Tovar harakati jarayonlariga davlatning ko’magi. Zamonaviy sharoitlarda tovar harakatini nazorat qilish masalasi nafaqat korxonalar darajasida, balki mintaqalar hamda mamlakat miqyosida vujudga keladi.
Logistika qo’llanilishi yuqori darajadaligi mamlakatimizda tovar – pul munosabatlarining kengayishi va jadallashuvi, korxonalar o’rtasida xo’jalik aloqalarining oshishi, ishlab chiqarish infratuzilmasining rivojlanishi, hamda korxonalar va tashkilotlarning xo’jalik mustaqilligining kengayishi bilan bog’liq.

Download 38.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling