O`zbekiston Respublikasida bojxona xizmatini shakllanish
bosqichlari va inqiroz davrida amal qilish xususiyatlari
7
1.3.3-rasm
IV. Konsepsiyani amalga oshirish tadbirlari
• Konsepsiyada belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish bo’yicha DBQ sohaviy
boshqarmalari tomonidan Ishlar boshqarmasi bilan kelishilgan holda alohida dasturlar va
rejalar tuziladi.
• Zarur hollarda amaldagi tegishli normativ-huquqiy bazani takomillashtirish yuzasidan
takliflar yoki idoraviy hujjatlar loyihalari tayyorlanadi.
• Konsepsiyaning ustuvor yo’nalishlarida o’zaro yaqin dolzarb ishlar birlashtirilib amalga
oshirilishi mumkin.
• Konsepsiyani amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish bo’yicha DBQ ishchi guruhi
tuziladi.
Bojxona tizimini yanada rivojlantirish va isloh qilishning 5 ta ustuvor yo’nalishlari va
ular qamrab olgan sohalar quyidagilardan iborat:
1. Me’yoriy huquqiy bazani takomillashtirish: bojxona qonunchiligini, huquqiy-me’yoriy
bazasini xalqaro bojxona tartib va qoidalariga moslashtirish;
2. Boshqaruv tizimini takomillashtirish kadrlar siyosati va xalqaro hamkorlik: boshqaruv
tizimi, kadrlar siyosati; oliy harbiy bojxona institutida kadrlar tayyorlash, malaka oshirish
va qayta tayyorgarlik kurslari samaradorligini oshirish; bojxona organlarida
korruptsiyaga qarshi kurashish; xalqaro hamkorlik;
3. Bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini hamda tahlil ishlarini takomillashtirish: bojxona
nazorati mexanizmini takomillashtirish; bojxona rasmiylashtiruvi; boj-tarif siyosati va
fiskal masalalar; bojxona statistikasi va tahlil ishlari; bojxona ekspertizasi;
4. Kontrabandaga qarshi kurashish va surishtiruv ishlarini takomillashtirish: kinologiya
sohasini rivojlantirish; bojxona organlarida tekshiruv va surishtiruv ishlari;
5. Bojxona
infratuzilmasini
va
axborot-kommunikatsion
texnologiyalarini
modernizatsiyalash: bojxona infratuzilmasini rivojlantirish; bojxona organlarida
moliyalashtirish va maxsus fond; moddiy-texnika bazani yaxshilash; zamonaviy bojxona
inshoatlarini qurilishi va ta’mirlanishi; axborot-kommunikatsion texnologiyalarini
samaradorligini oshirish; Bojxona organlari faoliyatini targ’ib etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |