1 mavzu m asosiy tushuncha va atamalar
Prizentining 8 iyul 1997 yil №PF 1815 sonli farmoni bilan
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu. Maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi bosqich (1991-1994 yilgacha)
- Ikkinchi bosqich (1994-1999 yillar).
Prizentining 8 iyul 1997 yil №PF 1815 sonli farmoni bilan
“Respublika Bojxona Qo’mitasi” tashkil topdi. O’zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona Qo’mitasi O’zbekiston Respublikasining qonun xujjatlariga va xalqaro shartnomalariga muvofiq bojxona ishi, kontrabandaga, giyohvandlik vositalari, psixatrop moddalarning g’ayriqonuniy muomalasiga qarshi kurash masalalari bo’yicha xorijiy davlatlarning bojxona va boshqa organlari hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi. O’zbekiston Respublikasi bojxona organlarining yagona tizimini tarkib topishi va rivojlanishi uning ish qobiliyatini ta’minlash bosqichlari o’ziga xos davrlarni bosib o’tadi. O’zbekiston hududida birinchi bo’lib 1893-yilda Termizda PattaHisor bojxona posti ochilgan, ikkinchi bojxona posti 1959-yilda Toshkent Xalqaro aeropotida tashkil etilgan, undan so’ng 1970-yilda Toshkent Bojxonasi ochildi va mazkur bojxona posti Termizdagi bojxona postiga bo’ysunmagan holda faoliyat yuritadigan bojxona posti bo’lgan. Birinchi bosqich (1991-1994 yilgacha) O’zbekiston Respublikasining Prizidentining Bojxona Qo’mitasini tashkil qilish xaqidagi 1991 yil 25 oktyabrdagi farmonining qabul qilininshi va O’zbekiston Respublikasida Bojxona xizmatining ahamiyati va organning moxiyati bilan belgilanadi, Keyinchalik bojxona tizimimning vazifalari va shartnomalarning o’zgarishi munosabatlari bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 18 yanvardagi farmoni bilan Davlat Soliq Qo’mitasining Bojxona Bosh Boshqaramasiga aylantirildi. Ikkinchi bosqich (1994-1999 yillar). Mazkur bosqichda Bojxona organlari shakllanishida muhim bo’lgan qadamlar tashlandi. Eng avvalo O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997- yil 8-iyuldagi PF-1815 O’zbekiston Respublikasi “Davlat Bojxona Qo’mitasi”ni tashkil etish to’g’risidagi farmoni muhim qadamlardan biri bo’ldi deb aytishimiz mumkin. Mazkur farmonning 7-bandiga asosan “O’zbekiston Respublikasi Bosh davlat soliq boshqarmasini O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasiga o’zgartirish to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 18-yanvardagi Farmonining ikkinchi bandi o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblansin, shuningdek mazkur Farmonning kirish qismidagi “va bojxona” so’zlari olib tashlansin. Yuqoridagi farmonning qabul qilishdan maqsad: “Bojxona ishini tashkil qilishni yaxshilash, yagona bojxona siyosatini o’tkazish, respublika bojxona organlarining tezkorligini hamda ular faoliyatining samaradorligini oshiris, mamlakat iqtisodiy xavfsizligini mustahkamlashda ularning rolini kuchaytirish, shuningdek, bojxona ishi sohasidagi xalqaro hamkorlikni yanda kengaytirish” Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling