O`zbekiston Respublikasida bojxona xizmatini shakllanish
bosqichlari va inqiroz davrida amal qilish xususiyatlari
6
yuqori darajada sifatli ijrosini ta’minlash hamda ilg’or axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini barcha jabhalarga tatbiq etib faoliyat samaradorligini oshirishdir.
II. Kontseptsiyaning asosiy vazifasi
Kontseptsiyaning asosiy vazifasi - Kontseptsiyadan ko’zlangan asosiy maqsadga
erishish uchun O’zbekiston Respublikasi bojxona organlarini rivojlantirishning ustuvor
yo’nalishlari va istiqbolini belgilashdir.
III. Bojxona organlarini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari
Quyidagilar bojxona organlarini rivojlantirishning bir-biri bilan uzviy bog’liq ustuvor
yo’nalishlaridir:
• Bojxona boshqaruvi va nazorat mexanizmini takomillashtirish orqali bojxona organlari
faoliyatining samaradorligini oshirish;
• Bojxona organlari vakolati doirasida tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari uchun qulay
shart-sharoitlar yaratish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo’llab-quvvatlash orqali
mamlakat eksport salohiyatini yanada yuksalishiga munosib hissa qo’shish;
• Bojxona to’lovlarini to’liq undirish va davlat byudjetiga tushumlarni ko’paytirish;
• Bojxona organlari faoliyatiga istiqbolli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va
zamonaviy texnik nazorat vositalarini keng tatbiq etish hamda axborot xavfsizligini
ta’minlash;
• Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish hamda surishtiruv
ishlari samaradorligini oshirish;
• Butunjahon bojxona tashkiloti hamda xorijiy davlatlar bojxona xizmatlari bilan o’zaro
manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish;
• Bojxona organlarini Bojxonachi qasamyodiga sodiq munosib kadrlar bilan jamlash,
xodimlar malakasini oshirish ishlarini takomillashtirish;
• Bojxona organlarini Bojxonachi qasamyodiga sodiq munosib kadrlar bilan jamlash,
xodimlar malakasini oshirish ishlarini takomillashtirish;
• Tizimda korruptsiyaga qarshi kurashishni keskin kuchaytirish;
Do'stlaringiz bilan baham: |