1-mavzu. Mafkuraviy tizimning asosiy elementlari Reja
Milliy va umuminsoniy g‘oya, qarashlar
Download 50 Kb.
|
1-mavzu. Mafkuraviy tizimning asosiy elementlari (1)
7.3. Milliy va umuminsoniy g‘oya, qarashlar
Insoniyatning tarixiy taraqqiyoti o‘z-o‘zini anglash mavjudlikning mohiyatini ma’naviy voqelik sha’n qadr- qimmat, obru e’tibor, or-nomus orqali namoyon bo‘lishini ko‘rsatadi. Hayotning ma’no-mazmuni, maqsadini tushunib yetish, o‘zlikni anglashdan boshlanadi. Milliy g‘oyada uning negizlari bu mujassam bo‘lganligi uchun ham o‘zlikni anglashga bir-biri bilan uzviy bog‘liq. “O‘zlikni anglash deganda, men tarixiy xotirani tiklash, nasl-nasabimiz kim ekanini, kimlarning vorisi ekanligimizni anglab yetishni, shundan kelib chiqib, o‘zimizga xos va mos jamiyat barpo etishni tushunaman” degandi Birinchi Prezident I.A.Karimov. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarini yanada demokratlashtirish, avvalambor har bir fuqaroning va butun jamiyatning oliy maxsadlarini o‘zida mujassam etgan milliy g‘oya atrofida jipslasha olishi, o‘zini xalq millatning ajralmas qismi ekanligini anglab yetishiga ham bog‘liq. Zero, buyuk bobokalonimiz Amir Temur o‘git berganlaridek: “Birliksiz kuch bo‘lmas”. Binobarin, “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot” Yangi O‘zbekistonda qurishdek ulug‘ ish, avvalo, o‘zlikni anglamagan joyda amalga oshmaydi. Millat birligida insonni o‘zligini anglash omili alohida o‘ringa ega. I.Karimov ta’kidlaganidek: “Chinakam insoniy fikrlashga ega bo‘lgan yoki ega bo‘lishga intilgan odam demokratiya ne’matlarining oddiy iste’molchisi emas, balki ularning faol yaratuvchisi va himoyachisiga aylanadi. Demokratiya, fuqarolik jamiyati asoslarini amalda barpo etish, inson haq-huquqlari va erkinliklarini ta’minlashi mumkin bo‘ladi. Shundagina inson o‘z mamlakatining tom ma’nodagi munosib fuqarosi bo‘la oladi. Bunda tilga olingan insoniy fazilatlar insonning ma’naviy olamini tashkil etadi. Ma’naviyat esa fikr, so‘z va ish birligida namoyon bo‘ladi. O‘zligini anglamagan odamda imon va e’tiqod zaif bo‘ladi. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot g‘oyasida mujassam bo‘lgan milliy g‘oya oddiy da’vat emas, jamiyatni harakatga keltiruvchi kuchga aylanmog‘i uchun u o‘zligini anglagan har bir fuqaroning ongidan chuqur joy olmog‘i va yashash tamoyiliga aylanmog‘i lozim. Demak, mustaqillik tufayli bir tizimdan ikkinchi tizimga o‘tish davrida o‘zlikni anglashning o‘ziga xos ko‘rinishlarini anglamasdan ma’naviy yuksalish va taraqqiyot darajasini aniqlab bo‘lmaydi. Jamiyat ma’lum bir hududda jamlangan odamlarning oddiy yig‘indisi emas. Inson martabasiga xos bo‘lmagan o‘zligidan mahrum, tarixiy xotirasi zaif o‘zining kelib chiqishi va kimlarning vorisi, avlodlari ekanligini anglamagan, bilmagan odamlarni xalqimiz “to‘da olomon” deb ataydi. Taraqqiyotida barqarorlik, xavfsizlik masalalari bilan hamjihatlikda, tutashgan holda namoyon bo‘ladi. Millat taqdiriga daxldor bo‘lgan g‘oyalar eng avvalo, milliy zamin bilan bog‘liq bo‘ladi. Unga tayanmagan, undan bahra olmaydigan yoki undan uzilib qoladigan g‘oyalar millat manfaatlariga ham xizmat qila olmaydi. Bu jarayonda ikki muhim qonuniyat amal qiladi: Birinchi qonuniyat, millatning o‘ziga xos xususiyatlar va mentalitetga ega ekanligi. Ular millat taraqqiyoti va istiqboli uchun asosiy manba hisoblanadi. O‘z negizlari asosida rivojlanish yo‘lidan bormaydigan millat istiqbolida, o‘zligini yo‘qotadi. Uni hisobga olish, amal qilishini millatning o‘z negizlariga tayanib rivojlanish qonuniyati deb aytish mumkin bo‘ladi. Ikkinchi qonuniyat, har qanday jarayonda bo‘lgani kabi milliy rivojlanishda ham vorislik qonuni amal qiladi. Uning mazmuni shundaki, barcha jarayonlar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi, balki ular shu yo‘nalishda mavjud bo‘lgan oldingilari bilan bog‘liq bo‘ladi. Uning negizida yuzaga keladi, undan keyingi taraqqiyot uchun xizmat qilishi mumkin bo‘lgan elementlarni qabul qilish asosida, yangisi shakllana boshlaydi. Bu jarayon vorislik qonuni hisoblanadi. U millatning o‘z negiziga asoslanib rivojlanishi shart bo‘lgani uchungina emas, balki barcha jarayonlar uchun ham amal qiladi. Bu vorisiylik qonuniyatning xarakterli xususiyatidir. Uning milliy taraqqiyot uchun ahamiyati shundaki, u millatning o‘z negizlari asosida rivojlanishi uchun imkoniyatlar salmog‘ining mustahkam bo‘lishiga xizmat qiladi. Milliy g‘oya shakllanishida ana shu ikki qonuniyatning uyg‘unligi asosiy hisoblanadi. Albatta, milliy g‘oya negizlari faqat millatning tor doiradagi zaminlari bilan cheklanmaydi. Shuning bilan bir qatorda, umumbashariyat erishgan ilg‘or yutuklarga ham tayanadi. Shuning uchun ham birinchi Prezident Islom Karimov mamlakatimiz O‘zbekiston mustaqilligini qo‘lga kiritgandan keyin ijtimoiy rivojlanishning quyidagi to‘rtta asosiy negizini belgilab bergan edi. Bular: - umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, - xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish; - insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi; - vatanparvarlik kabilardir. Ko‘rinib turibdiki, ularda milliy g‘oya tamoyillari umuminsoniy qadriyatlar bilan o‘zaro uyg‘unlashib ketgan. Ana shu negizlar asosida milliy g‘oyamizning asosiy tamoyillari shakllanadi. Xo‘sh, bu prinsip nima? Tamoyil biror bir ta’limot, dunyoqarash yoki faoliyatning qat’iy amal qiladigan qoidasi va me’yorini anglatuvchi tushuncha hisoblanadi. Shu ma’noda ham milliy g‘oyaning o‘ziga xos tamoyillari mavjud bo‘lib, ular asosida milliy rivojlanishning dolzarb vazifalari amalga oshirilmoqda Milliy g‘oyaning asosiy tamoyillarini quyidagilar tashkil qiladi: milliy ong, milliy tafakkurning va milliy o‘zlikni shakllantirishga yo‘naltirilganligi; — millatni birlashtirishga qaratilganligi; — millat manfaatini ifodalashi; —ilg‘or milliy urf-odatlar, an’analar va qadriyatlarning va mustahkamlanishi va rivojlanishiga asos bo‘lishi; —milliy, iftixor va mas’uliyatning shakllanishi mustahkamlanishiga zamin bo‘lishi; —ko‘p millatli mamlakatimiz aholisida yagona Vatan ruhiyatining shakllanishiga asos bo‘lishi; —milliy meros, tarixiy xotirani asrash, o‘zlashtirish va keyingi avlodga yetkazishning ma’naviy-ruhiy manbasi bo‘lishi; —yoshlarimizda Vatanparvarlik millatparvarlik xalqparvarlik va umuminsoniylik ma’naviy, ruhiy salohiyatini shakllantirishga qaratilganligi; mustaqil sub’ekt sifatida voyaga ettirish, millatimizning ozodligi, mustaqilligi va taraqqiyotiga ma’naviyy-ruhiy tayanch bo‘lish; —millatimizning o‘zi bilan yonma-yon yashayotgan millat va elat vakillarini o‘z atrofiga uyushtirish, ular bilan tinch-totuv yashash, ularga hurmat, ehtirom bilan qarash, yordam ko‘rsatish, hamkorlikni mustahkamlash va ular asosida yagona o‘zbekiston xalqi tuyg‘ularining shakllanishiga manba bo‘lishi; —millatimizning zamonaviy sivilizatsiyalariga munosib hissa qo‘shishiga ma’naviy-ruhiy kuch-qudrat va ilhom bag‘ishlashi; —O‘zbekiston xalqida milliy xavfsizlik va milliy taraqqiyot ruhiyatini shakllantirish va mustahkamlashning nazariy asosi bo‘lish; —komil inson g‘oyasini o‘zida aks ettirish kabilarni tashkil qiladi. Milliy g‘oya milliy ong va tafakkur mahsuli hisoblanadi. Ularning rivojlanishi natijasida milliy o‘zlikni anglash yuzaga keladi. Milliy tafakkur millat hayot tarzi, xususiyatlari va faoliyati, uning maqsadlari va manfaatlari negizlarining milliy ongda namoyon bo‘lishidir. Download 50 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling