1-mavzu. Makroiqtisodiyot fanining predmeti, maqsadi va tadqiqot usullari 1


Download 18.49 Kb.
bet3/4
Sana21.11.2023
Hajmi18.49 Kb.
#1790792
1   2   3   4
Bog'liq
Makroiqtisodiyot fanining predmeti, maqsadi va tadqiqot usullari-fayllar.org

Ishsizlik darajasi=
Ish bilan bandlik me’yorlari
Ishsizlik darajasining kritik nuqtasi -10%,
Tabiiy ishsizlik darajasi esa – 5-6%.
Ishsizlik darajasi, foizda

Hududlar


2015

2016

2017

2018

2019

2020

2021



O'zbekiston Respublikasi


5,2


5,2


5,8


9,3


9,0


10,5


9,6

Qoraqalpog'iston Respublikasi


5,3

5,4

6,0

9,5

9,1

10,5

10,1

Andijon

5,6

5,6

6,0

9,6

9,2

10,9

9,9

Buxoro

5,5

5,4

5,5

8,7

8,9

10,6

9,8

Jizzax

5,2

5,4

5,0

9,8

9,2

11,0

10,1

Qashqadaryo

5,5

5,3

6,1

9,7

9,3

11,1

10,2

Navoiy

5,0

5,0

5,2

8,7

8,5

9,4

8,8

Namangan

5,2

5,3

5,8

9,6

9,1

10,6

9,7

Samarqand

5,7

5,7

6,5

9,7

9,3

11,0

9,9

Surxondaryo

5,5

5,6

6,7

9,7

9,3

11,1

10,2

Sirdaryo

4,9

4,4

5,1

9,3

9,3

11,0

10,2

Toshkent

4,1

4,1

5,2

9,0

8,9

10,5

9,4

Farg'ona

5,4

5,5

6,4

9,7

9,3

10,9

10,0

Xorazm

5,4

5,5

5,7

9,4

9,1

10,9

9,9

Toshkent sh.

3,8

3,6

4,5

7,9

7,4

8,0

7,0

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida respublika iste’mol sektoridagi inflyatsiya darajasi 12,3 % ni tashkil etdi.



Inflyatsiya darajasining me’yorlari:
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va AQSh uchun – 2,0% ,
Boshqa rivojlangan mamlakatlar uchun – 3,0%,
Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun – < 10%.
Makroiqtisodiyot sub’ektlari
Firmalar
Davlat
Tashqi dunyo
Uy xo‘jaliklari
Makroiqtisodiyot
Moddiy ishlab chiqarish sohasi
Nomoddiy ishlab chiqarish sohasi
Xizmat ko‘rsatish sohasi
Bank tizimi
Moliya tizimi
Sug‘urta tizimi
Soliq tizimi
Bojxona tizimi
Makroiqtisodiyot yalpi ishlab chiqarishining barqaror o‘sishini, resurslarning to‘liq bandliligini, inflyatsiyaning past sur’atlarini va to‘lov balansining muvozanatini ta’minlash nuqtai nazaridan mamlakat iqtisodiyotini bir butun holda tadqiq qiladi va uni makroiqtisodiy tartibga solishning iqtisodiy mexanizmlarini o‘rganadi.
Predmeti
Maqsadi
Makroiqtisodiyot nazariyasi, makroiqtisodiy tahlil va davlatning makroiqtisodiy siyosati to‘g‘risida bir tizimga solingan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.
Makroiqtisodiy muammolarning namoyon bo‘lishi shakllari va sabablari, iqtisodiyot sharoitida makroiqtisodiy siyosat yuritish xususiyatlari to‘g‘risida ilmiy tasavvurlarni shakllantirish, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash, makroiqtisodiy konsepsiya va modellardan foydalangan holda iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish, makroiqtisodiy siyosat natijalarini prognoz qilish usullarini o‘rgatishdan iborat.
Vazifalari
Makroiqtisodiyot fani
2. Makroiqtisodiyot fanining tadqiqot usullari.

Makroiqtisodiyotni o‘rganishda qo‘llaniladigan asosiy usullar


  • Ilmiy abstraksiya

  • Analiz va sintez

  • Deduksiya

  • Induksiya

  • Statistik kuzatuv

  • Iqtisodiy-matematik modellashtirish

Juda murakkab tizim hisoblangan milliy iqtisodiyotni tadqiq qilish o‘ziga xos usullardan foydalanishni talab etadi. Son-sanoqsiz faktlarni, minglab ko‘rsatkichlarni alohida-alohida o‘rganib chiqish va ular borasida ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish o‘ta qiyin vazifadir. Shu sababli ham makroiqtisodiyot fanida agregat kattaliklardan foydalanishga asoslangan tadqiqit usullaridan foydalaniladi.


Agregatlash, ya’ni bir qancha iqtisodiy ko‘rsatkichlar va kategoriyalarni yagona makroiqtisodiy ko‘rsatkich yoki kategoriyaga umumlashtirish orqali milliy iqtisodiyotdagi makroiqtisodiy jarayonlarni tadqiq qilish imkoniyati yuzaga keladi. Agregat ko‘rsatkichlar yordamida minglab alohida bozorlarni mamlakatning yagona bozori sifatida ko‘rib chiqish mumkin bo‘ladi.
Makroiqtisodiy tahlil jarayonida alohida tovarlar va xizmatlarning bahosi, ularga bo‘lgan talab va ularni taklif etish hajmlari ko‘rsatkichlari emas, balki agregat ko‘rsatkichlar hisoblangan baholarning o‘rtacha darajasi, yalpi talab va yalpi taklif ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Davlat obligatsiyalari bo‘ycha foiz stavkalari, Markaziy bankning hisob stavkasi, tijorat banklarining kreditlar uchun belgilagan foiz stavkalari kabi kapital uchun to‘lov stavkalari umumlashtirilib ularningt o‘rtacha miqdori bozor foiz stavkasi deb yuritiladi va makroiqtisodiy tahlil jarayonida bu agregat ko‘rsatkichdan foydalaniladi.
Makroiqtisodiy tahlilda asosiy tadqiqot usuli makroiqtisodiy jarayonlarni agregat ko‘rsatkichlardan foydalangan holda iqtisodiy matematik modellashtirishdir.
Makroiqtisodiy modellar iqtisodiy ko‘rsatkichlar va jarayonlar o‘rtasidagi miqdoriy, sabab- oqibat bog‘lanishlarini matematik formula, grafik va chizmalar ko‘rinishida ifodalaydi.
Bunga yalpi talab-yalpi taklif (AD-AS) modelini, Keyns xochini, Fillips egri chizig‘ini, IS-LM modelini, iqtisodiy o‘sishning Domar, Xarrod va Solou modellarini i keltirish mumkin. Bu modellarni bir vaqtning o‘zida ham grafik ko‘rinishda, ham algebraik formula ko‘rinishida tasvirlash mumkin . Algebraik formulalar kabi makroiqtisodiy modellar o‘am ikki, uch yoki bundan ko‘p o‘zgaruvchili bo‘lishi mumkin.
«Makroiqtisodiyot» fanining boshqa fanlar bilan aloqasi
Pul muomalasi, kredit va moliya
“Makroiqtisodiyot”
Ekonometrika
Soliqlar va
soliqqa tortish
Mikroiqtisodiyot
Iqtisodiy
nazariya
Mehnat
iqtisodiyoti va
sotsiologiyasi
Ehtimollar nazariyasi
va matematik statistka
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar
Makroiqtisodiy
tahlil
Statistika
Ko‘pgina mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlar yordamida korxonalar faoliyatiga baho berilib, ular faoliyatining rivojlanish tamoyillari aniqlansa, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar orqali butun iqtisodiyotning holati, uning o‘sishi yoki pasayishi tahlil qilinib, xulosa chiqariladi.
Ular yordamida davlat o‘z iqtisodiy siyosatini belgilaydi.
Butun milliy iqtisodiyotning holatini tavsiflovchi muhim mak­roiqtisodiy ko‘rsatkichlar - yalpi ichki mahsulot (YaIM), sof milliy mahsulot (SMM), milliy daromad (MD), aholi daromadlari (AD), ishchi kuchi bandligi, ishsizlik, inflyatsiya va boshqa shu kabilar hisoblanadi. Bu ko‘rsatkichlar moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi barcha xo‘jaliklar iqtisodiy faoliyatining umumiy va pirovard natijalarini qamrab oladi.

Download 18.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling