1-mavzu: Maktab psixologi ishining maqsad va vazifalari
Download 124.38 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maktabda psixolog faoliyatining maqsad va vazifalari
1-mavzu: Maktab psixologi ishining maqsad va vazifalari. Reja: Maktabda psixolog faoliyatining maqsad va vazifalari. Maktab psixologining vazifalari: diagnostika (tashxis), korreksiya, maslahat, psixologik ta'lim. Maktab psixologi faoliyati yonalishlarining xususiyatlari. Maslahatning ijobiy natijasi uchun shart bo'lgan psixolog xatti-harakatlari. Maktabda psixolog faoliyatining maqsad va vazifalari Bugungi kunda о‘quvchilarga ta’lim berish va ularni tarbiyalash mavjud ilmiy psixologik bilimlarga tayangan holda olib borilishi uchun ta’lim tizimida psixologik xizmat tashkil etilmoqda va u ishlab turibdi. Bu xizmatda «psixologiya» mutaxassisligiga ega bо‘lgan oliy ma’lumotli mutaxassislar ishlashi kerak. Bu xodimlar bolaning chaqaloqlik davridan boshlab to yuqori sinfgacha (ilk о‘spirinlik) bо‘lgan davrida uni о‘qitish va tarbiyalash, uning taqdiri bilan bog‘liq bо‘lgan barcha savollarni yechishda ishtirok etadilar. Bola tug‘ilgandan to maktabni tamomlagunga qadar butun hayoti davomida mutaxassis psixolog e’tiborida bо‘lishi kerak. Demak, 16-18 yil davomida bolaning psixologik rivojlanishi tizimli ravishda kuzatilib borilishi kerak. Bu davr mobaynida doimiy psixodiagnostik о‘rganishlar amalga oshiriladi bola psixik taraqqiyotining xarakteri va tezligi baholanadi, bolani о‘qitish va unga tarbiya berish yuzasidan tavsiyalar beriladi, va ularni amalga oshirish nazorat qilinadi. Psixologik xizmat xalq ta’limi tizimining muhim tarkibiy qismi bо‘lib, Xalq ta’limi tizimidagi psixologik xizmat respublikadagi yaxlit psixologik xizmatning eng muhim jabhasi hisoblanadi. Maktablardagi psixologik xizmat о‘rta maxsus ta’limning zaruriy tarkibiy qismidir. Bu xizmatning zaruriyligi maktab ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Har bir о‘quvchida hayotga ijodiy munosabat va individual xususiyatlarning taraqqiyoti ta’minlaganligini psixologik xizmat tо‘g‘ri tashkil etilgan deyish mumkin. Psixolog о‘zining inson hulq-atvori va psixik faoliyati, psixik taraqqiyotning yosh qonuniyatlari haqidagi kasbiy bilimlariga, ularning о‘quvchilar va kattalar, tengdoshlari bilan о‘zaro munosabat xususiyatlariga, о‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishga bog‘liqligiga tayanib, bolaga individual yondashuv imkoniyatlarini ta’minlaydi, uning qobiliyatlarini aniqlaydi, normadan og‘ishishlarning bо‘lishi mumkin bо‘lgan sabablarini psixologik-pedagogik korreksiya qilish yо‘llarini aniqlaydi. Bu bilan psixologik xizmat maktabda о‘quv-tarbiya ishining mahsuldorligini oshirishga, ijodiy faol shaxsni shakllantirishga imkon beradi. Psixologik xizmatning asosiy vazifalari Psixologik xizmat hozirgi zamon ta’lim tizimining ajralmas komponent (bо‘lak)i bо‘lib, bolalarga ta’lim va tarbiya berishda ularning aqliy va shaxsiy imkoniyatlarini, bolada mavjud qobiliyatlarni, qiziqishlarni va intilishlarni о‘z vaqtida aniqlash va ulardan maksimal tо‘liq ravishda foydalanishni ta’minlab beradi. Agar sо‘z о‘z rivojlanishida kо‘pchilik bolalardan orqada qolayotgan bolalar tо‘g‘risida boradigan bо‘lsa, bunday holda psixologning vazifasi taraqqiyotidagi bunday orqada qolishning sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etishga qaratilgan bо‘ladi. Agar psixolog iqtidorli bolalar bilan ishlashiga tо‘g‘ri kelsa, bunday holda bolalarning qobiliyatlarini ertaroq aniqlash va ularni yanada rivojlanishini ta’minlashga kо‘maklashishi psixologning asosiy vazifalaridan biriga aylanadi. Ta’lim tizimidagi psixologik xizmatning yana bitta qiyin vazifasi shundan iboratki, butun bolalik davri davomida ta’lim va tarbiyaning sifatini oshirish maqsadida ta’lim va tarbiya jarayonlarini doimiy ravishda nazoratda ushlab turish kerak. Bu yerda ushbu pedagogik jarayonlar bola psixik taraqqiyotining tabiiy va ijtimoiy qonuniyatlarga tо‘la mos ravishda, ta’lim va tarbiyaning psixologik nazariyalarining asosiy qoidalariga mos ravishda tashkil etish zaruriyati tushuniladi. Bu yerda psixolog ishining amaliy maqsadi о‘quvchilarga ta’lim va tarbiya berish mazmuni va metodlarini psixologiya fani nuqtai nazaridan baholash, turli yoshdagi bolalar taraqqiyoti tо‘g‘risidagi ilmiy ma’lumotlarni hisobga olgan holda ushbu mazmun va metodlarni mukammalashtirish bо‘yicha tavsiyalar berish bilan bog‘lik bо‘ladi. Psixologik xizmatning maqsadi shaxsning har tomonlama shakllanishi, rivojlanishi, samarali ijtimoiylashuvi va moslashuvi, bolalar rivojlanishining barcha yosh davrlarida psixologik salomatligini muhofaza qilish uchun psixologik-pedagogik shart-sharoit yaratishdan iborat. Bu vazifa ushbu odamlarga ta’lim va tarbiya jarayonida bevosita psixologik yordam kо‘rsatishni nazarda tutadi. Bu yerda psixolog pedagog, psixoterapevt, konsultant, korrektor rollarida faoliyat kо‘rsatadi. Yurak qon tomir tizimi, oshqozon ichak trakti tizimi bilan bog‘liq kasalliklarning kо‘pchiligi psixogen asosga ega ekanligini hozirgi kunda isbotlangan. Xuddi shunday odamning endokrin tizimi ham, xatto xulq-atvori ham shunday asosga ega. Bu sohada amaliy ish bilan shug‘ullanar ekan, psixolog bu kо‘rinishdagi kasalliklarning paydo bо‘lishi va zо‘rayishini oldini olishga harakat qiladi, kasallikni davolash uchun yaxshi organik reaksiyalar chaqirish maqsadida odamning psixologiyasiga va xulq-atvoriga ta’sir kо‘rsatadigan maxsus metodlarni qо‘llaydi. Ta’lim tizimining boshqaruv tuzilmasi xodimlari umumiy psixologik yordamdan tashqari guruhdagi va jamoadagi odamlarni boshqarishga taaluqli bо‘lgan boshqaruv psixologiyasi bо‘yicha bilimlarga ham muhtoj bо‘ladilar. Ta’lim tizimining rahbar xodimlariga boshqaruv psixologiyasidan, odamlarning о‘zaro munosabatlaridan, guruh faoliyatining samaradorligidan qо‘shimcha bilimlar zarur. Bolalarni ta’limi va tarbiyasiga bog‘liq barcha katta yoshdagi odamlar bolalarning rivojlanishini va ularni boshqarishni chuqurroq bilishni ta’minlaydigan psixologik bilimlarga muhtojdirlar. Bunday bilimlar minimal - zarur miqdorda pedagogik oliy о‘quv yurtlarida beriladi, ammo vaqt о‘tishi bilan bu bilimlar qisman yoki butunlay eskiradi, unutiladi, ya’ni ularni tо‘ldirish va yangilash zaruriyati tug‘iladi. U yoki bu pedagogning professional ishi davomida bunday bilimlarni korreksiya qilishni ham psixologik xizmat amalga oshiradi. Psixologik xizmatning yana bitta maxsus vazifasi shundan iboratki, ular pedagoglar, defektologlar, sotsiologlar, vrachlar, yuristlar bilan hamkorlikda о‘z tengqurlaridan farq qiluvchi bolalarning taqdiri bilan bog‘liq bо‘lgan qator muammolarni hal qiladilar. Bu yerda sо‘z, eng avvalo, о‘z taraqqiyotida orqada qolayotgan yoki iqtidorli bolalar tо‘g‘risida boradi. О‘z taraqqiyotida orqada qolayotgan bolalar о‘zlarining о‘zlashtirish imkoniyatlariga mos keluvchi soddalashtirilgan, kam murakkabroq ta’lim va tarbiya dasturlariga muhtojlar. Iqtidorli bolalar esa aksincha, ta’limda oddiy bolalarga qaraganda murakkabroq, informatsiyaga tо‘ldirilgan dasturlarga muhtojlar, Rivojlanishdan orqada qolayotgan va iqtidorli bolalar uchun taklif etiladigan о‘quv dasturlari albatta oldindan turli mutaxassis pedagoglarni jalb etgan xolda psixologik pedagogik ekspertizadan о‘tkazilishi kerak. Bu pedagoglar boshqalarga bog‘lanmagan holda taklif etilayotgan dastur mо‘ljallangan bolalarning rivojlanishini ta’minlab beradimi yо‘qmi degan nuqtai nazardan xulosa berishlari kerak. О‘z rivojlanishda orqada qolayotgan bolalar psixologik yoki jismoniy jixatdan nimjon bо‘lib, ular osonlashtirilgan о‘quv dasturlariga muxtoj bо‘lsalarda, taklif qilinayotgan dasturlar ularning orqada qolishini yanada chuqurlashtirmasligi kerak. Aksincha, bu dasturlar orqada qolayotgan о‘quvchilarning rivojlanishini tezlashtirishini ta’minlashi, odatdagi bolalar bilan ular о‘rtasidagi farqni kamaytirishga olib kelishiga mо‘ljallangan bо‘lishi kerak. Soddalashtirilgan, lekin taraqqiyotni tezlashtiruvchi dasturlarni ishlab chiqish iqtidorli bolalarga mо‘ljallangan qiyinlashtirilgan dasturni ishlab chiqishga qaraganda ancha murakkab. Shuning uchun ham psixolog о‘z amaliy faoliyatida iqtidorli bolalar bilan ishlashga qaraganda о‘z vaqtini kо‘proq rivojlanishdan orqada qolgan bolalar bilan ishlashga sarflaydi. Ba’zida о‘quvchilar bilan ishlashda shunday muammmolar yuzaga keladiki, bolaning keyingi hayotiy taqdiri bu muammoning qanday hal qilinganiga tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri bog‘liq bо‘ladi. Bu bolaning jiddiy psixologik - pedagogik jihatdan о‘rnini bosishi mumkin bо‘lmagan aqliy defektlari tufayli oddiy maktabda о‘qiy olish yoki olmaslik imkoniyatiga taalluqli masalalar, shuningdek bolalarni tibbiy-psixologik ekspertiza qilish bilan bog‘liq boshqa masalalar. Bu yerda amaliyotchi psixologning vazifasi shundan iboratki, u boshqa mutaxassislar: pedagoglar, vrachlar, defektologlar fikri bilan bir qatorda hisobga olinadigan ma’sul va savodli ekspert xulosasi berishi kerakki, bu xulosa bolaning keyingi taqdirini hal qilishda hisobga olinadi. Shunday qilib, ta’lim tizimida tashkil etiladigan psixologik xizmatning quyidagi asosiy vazifalarini farqlash mumkin: - turli yosh davrlarda bolalarning shaxsiy, aqliy va ijtimoiy rivojlanishini psixologik jihatdan kuzatib borish, ta’lim-tarbiyadagi psixologik nuqsonlarini aniqlash, ularning aqliy va ijtimoiy taraqqiyotida sodir bо‘lishi mumkin bо‘lgan har qanday salbiy og‘ishlarni oldini olish; - psixologik ma’rifat va tashviqot, psixologik-pedagogik tashxis, korreksion - rivojlantiruvchi, psixoprofilaktika va psixologik maslaxat ishlarini tashkil etish va amalga oshirish; - о‘quvchilarni kasb-hunarga yо‘naltirish va psixologik-pedagogik diagnostika ishlarini tubdan yaxshilash, samaradorligini oshirish; - о‘quvchilarning qiziqishlari, moyilliklari, qobiliyatlarini tashxislash asosida ularning kasbiy о‘zligini anglashini psixologik ta’minlash; - pedagogik jamoalarda sog‘lom psixologik muhitni qо‘llab-quvvatlash, jamoa a’zolarining hissiy-emotsional xolatlarini, shaxslararo munosabatlarini va ziddiyatli hatti-xarakatlarini korreksiyalash, ularning psixologik madaniyatini yuksaltirishga kо‘maklashish; - ta’lim jarayoni barcha subyektlarining psixologik salomatligini saqlash uchun sharoitlar yaratish, oilada, о‘quvchilar va pedagogik jamoalarida nosog‘lom psixologik iqlim muammolarini hal etishda amaliy yordam kо‘rsatish, kelib chiqishi mumkin bо‘lgan nizolarning oldini olish va eng maqbul yechimlarini topish orqali ularni bartaraf etish; - ijtimoiy muammolari va xulqida og‘ishligi mavjud bolalar va о‘smirlarning ijtimoiy ustanovkalari, munosabatlari, xulq-atvor motivlarini о‘rganish ularning maktabga va ijtimoiy muhitga moslasha olmaslik xolatlarini korreksiyalash, ularni ijtimoiy reabilitatsiya qilish bо‘yicha tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish, qonuniy huquq va manfaatlarini himoya kilish; - psixologiya fani yutuqlari, innovatsion psixologik metodika va texnologiyalarni ta’lim jarayoni va psixologik amaliyotiga tatbiq etish; - iste’dodli о‘smir va qizlarni izlab topish, iqtidorli bolalar va о‘quvchi yoshlarni qо‘llab-quvvatlash, ularning qobiliyati va iste’dodini о‘stirish, shaxsiy va intellektual jihatdan rivojlantirish; - ularning qobiliyat, qiziqishlari va layoqatlari hamda kasb-hunarga moyilliklari asosida kelajakdagi kasblarini tо‘g‘ri tanlashlariga yordam kо‘rsatish, kasb tanlashdagi mavjud kamchiliklar, ikkilanishlar, karorsizlik va boshka turli sabablarga kо‘ra kasb tanlashdagi buzilishlarning oldini olish. Download 124.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling