NAZORAT SAVOLLARI
1.Katta guruhda rasm chizishga o`rgatishning mazmuni va vazifalari ?
2 Maktabgacha ta‘lim tashkilotida katta guruhlarda dekoativ rasm chizishga
o’rgatishning vazifalari?
Baholash “5” balli tizim asosida amalga oshiriladi.
“Qoniqarsiz” - 55%dan past “Qoniqarli” - 55%-69%
“Yaxshi” - 70%-84% “A`lo” - 85%-100%
Baholash mezonlari
№
|
Mezonlar
|
2
|
3
|
4
|
5
|
1
|
Mazmun
|
|
|
|
|
2
|
Guruh faolligi
|
|
|
|
|
3
|
Dizayn
|
|
|
|
|
4
|
Taqdimot
|
|
|
|
|
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti . 2020 yil 22 dekabr 802 – sonli qarori
2. “O’zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari” Toshkent. O’zRMTV 2018 yil
3. “Ilk qadam” Davlat o’quv dasturi. Toshkent. O’zRMTV 2018 yil3. M.X.Tadjiyeva;
Internet manbalari.
http://www.ziyonet.uz.
9-Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining maktabga tayyorlov guruh yoshidagi bolalarni rasm chizishga o`rgatish
Reja:
1. Tayyorlov guruhida mazmunli rasm chizishga o‘rgatishning mazmuni va vazifalari.
2. Tayyorlov guruhida dekorativ rasm chizishga o‘rgatishning mazmuni va vazifalari.
3. Tayyorlov guruhida bolalarni rangli qalamlardan foydalanishni o‘rgatish.
Tayanch so’z va iboralar: Qalam, akvarеl bo’yoq, rangli bo’r, pastеl, ko’mir qalam
Tayyorlov guruhida mazmunli rasm chizishga o‘rgatishning mazmuni va vazifalari. Katta guruhda bolalar orqali egallangan ko‘nikma va malakalar tarbiyachiga 6—7 yoshli bolaga o‘rgatish vazifalarini murakkablashtirish imkoniyatini beradi. Buning uchun quyidagilar kerak.
Bolalar rasmlarining mazmunini boyitish uchun berilgan ma- vzil bo‘yicha rasm sujetini bolalarni mustaqil holda aniqlashga o‘rgatish.
Sujetda harakat natijasida predmetning shaklini o‘zgartirishga o‘rgatish (masalan, engashishni, yugurishni).
Kompozitsion qobiliyatlarni rivojlantirish; predmetlarning joy- lashishi, yaqindagilarni qog‘ozning pastiga, uzoqdagilarni qog‘oz- ning tepasiga (oichamlarini o‘zgartirmasdan) joylashtirish.
Ranglarni farqlash qobiliyatlarmi rivojlantirish, mustaqil holda sujetga mos rangni berishga o‘rgatish.
Bu yoshda bolalarning analitik fikrlashi yaxshi rivojlangani uchun tarbiyachi berilgan mavzuga mos mazmunni mustaqil holda tanlashga bolalarga imkoniyat yaratib beradi. Masalan, «Uy qurish» mavzusi bo‘lsa, bolalarning o‘zlari qanaqa uy, kim qur- yapti, qayerda kabi savollarga javob beradilar. Bolalar harakatdagi predmetning shakli o‘zgarishini bilishadi, shu o‘zgartirishlarni tas- virlay oladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |