NAZORAT SAVOLLARI
1. Maktabga tayyorlov guruhida loydan buyum yasashga qanday o‘rgatiladi?
2. Tayyorlov guruhida loy ishlarini o‘rgatish dasturi qanday?
3. Tayyorlov guruhida bolalarga idishlar yasashga qanday o’rgatiladi?
Baholash “5” balli tizim asosida amalga oshiriladi.
“Qoniqarsiz” - 55%dan past “Qoniqarli” - 55%-69%
“Yaxshi” - 70%-84% “A`lo” - 85%-100%
Baholash mezonlari
№
|
Mezonlar
|
2
|
3
|
4
|
5
|
1
|
Mazmun
|
|
|
|
|
2
|
Guruh faolligi
|
|
|
|
|
3
|
Dizayn
|
|
|
|
|
4
|
Taqdimot
|
|
|
|
|
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti . 2020 yil 22 dekabr 802 – sonli qarori
2. “O’zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari” Toshkent. O’zRMTV 2018 yil
3. “Ilk qadam” Davlat o’quv dasturi. Toshkent. O’zRMTV 2018 yil3. M.X.Tadjiyeva;
4. M.Nurmatova, SH.Xasanova: Rasm ,buyumlar yasash va tasviriy faoliyat metodikasi. T.2012 y 107-108 bet
5. O.Xasanboyeva “Maktabgacha ta’lim pedagogikasi”. Toshkent. “ILM ZIYO” qo’llanma-2006
16-Mavzu: MTTning maktabga tayyorlov guruhida ijodiy rivojlanish markazlarida plastilin (loy) bilan ishlashni o`rganish va rejalashtirish
Reja:
1. MTTning maktabga tayyorlov guruhida ijodiy rivojlanish markazlarida plastilin (loy) bilan ishlash
2. Do‘stim uchun sovg‘a. Ixtiyoriy loy ishi
3. “Qush yasash” loy ishi
MTTning maktabga tayyorlov guruhida ijodiy rivojlanish markazlarida plastilin (loy) bilan ishlashni o`rganish va rejalashtirishda san’at markazidagi faoliyatlarni tashkil etishga etibor qaratiladi.
San’at markazi
Mavzu: Do‘stim uchun sovg‘a. Ixtiyoriy loy ishi
Maqsad: Do‘sti uchun o‘yinchoq yoki haykal yasash. Do‘sti qiziqishlari haqida biladi. Sovg‘ani tayyorlashda estetik (bezash) tomonlariga ham e’tiborini qaratadi.
Kerakli jihoz va materiallar: oq tuproq va plastilin. Guash ranglari bilan ishlash uchun jihozlar, bo‘yoq cho‘tka.
Faoliyatning borishi:
1. Bolalar kim uchun sovg‘a tayyorlayotganlarini aytishadi.
2. Nima yasashlarini bilishadi;
3. Rang bo‘yicha material tanlash va ishchi zonani tayyorlash;
4. Ishni bajarish.
Qo‘shimcha qism: sovg‘ani bezatish, do‘sti ismi yozilgan tablichka
E’tiborga molik jihati: texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda ishlashga o‘rgatish, tasavvurni va mayda motorikani rivojlantirish.
San’at markazi
Do'stlaringiz bilan baham: |